“MA`LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMI”
FAN: Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi
Ma`ruza 32 soat
Amaliyot 32 soat
Maruzachi:
1 MAVZU: Kirish. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari. Ma`lumotlar bazasiga qo`yiladigan talablar.. (2 soat) REJA Axborot tizmlari tushunchasi Ko`pgina masalalarni yechish asosida axborotlarni qayta ishlash yotadi. Axborotlarni qayta ishlashni yengillashtirish maqsadida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yaratiladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari deb shunday tizimlarga aytiladiki, ularning tarkibida texnik vositalar, jumaladan shaxsiy kompyuterlar ishtirok etadi. Axborot tizimlari deb keng ma`noda axborotlarni qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab axborot tizimlarni ishlab chiqarish, ta`lim, sog`liqni saqlash, harbiy va boshqa soha tizimlariga ajratish mumkin. Axborot tizimlarini maqsadli ishlatilishiga qarab bir qancha kategoriyalarga bo`lish mumkin. - Ma`lumot beruvchi tizim
- Qidiruv tizimi
- Boshqaruv tizimi
- va boshqa tizimlar. Bularning barchasi avtomatlashtirilgan axborot tizimi bo`la oladi.
Axborot tizimlari asosida ma`lumotlar bazasi(MB) yotadi. MB deganda ma`lumotlarni shunday o`zaro bog`lanishi tushiniladiki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi dasturtiy vositasi yo`rdamida to`ldirilishi, o`zgartirilishi va takomillashtirilishi mumkin. Aniq ma’lumotlarni (masalani) hal qilishda inson real dunyoni u yoki bu sohasi bilan cheklanadi. Bunday hollarda faqat ba’zi bir ob’ektlarni o‘rganishgina qiziqish uyg‘otadi. Bunday ob’ektlarni majmuasini predmet soxa deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |