1-mavzu: kirish. Biozararlanish fanning maqsad va vazifalari biozararlanish ekologik – texnologik muammo sifatida. Bakteriya va zamburug‘lar – biozararlanish manbaalari. Reja


Sulfattiklovchi (sulfatreduksiya qiluvchi, desulfatlovchi) bakteriyalar (STB, DSB)


Download 300.5 Kb.
bet7/16
Sana11.02.2023
Hajmi300.5 Kb.
#1188701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
1-MARUZA.

Sulfattiklovchi (sulfatreduksiya qiluvchi, desulfatlovchi) bakteriyalar (STB, DSB)bu bakteriyalar tuproqda anorganik va organik birikmalar shaklida uchraydi. Sulfattiklovchi bakteriyalar po‘lat, temir va alyuminiyda asosiy anaerob korroziya qo‘zg‘atuvchilaridir. Taxmin qilinishicha, ular qo‘zg‘atadigan korroziyaning mexanizmi ushbu bakteriyalar hayot kechirishi davrida hosil bo‘ladigan qattiq temir sulfidi katod depolyarizatsiyasini jadallashtirishi yoki bakteriyalar polyarizatsiyalangan vodorodni iste’mol qilishidir.
Sulfattiklovchi bakteriyalar sanoatning ko‘p tarmoqlariga, ayniqsa, neft va gaz qazib olishga katta zarar yetkazadi. Ular neft saqlash uchun qo‘llaniladigan po‘lat omborxonalar, turboreaktiv samolyotlarning yonilg‘i asbob-uskunalari, yonilg‘i o‘tkazuvchi trubalar va suv ta’minlovchi teskari gradirnyalarda faol korroziya qo‘zg‘atadi. Yapon tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko‘ra, yer osti tunnellarining temirbeton devorlari yemirilishining asosiy sabablaridan biri bu bakteriyalar vodorod sulfid chiqarishi va keyinchalik temir sulfid hosil bo‘lishidir.
Neftning bakterial bioparchalanishi aerob va anaerob muhitda 800С gacha bo‘lgan haroratda kuzatiladi. Neft sathidan pastki qismida neft asosan anaerob parchalanadi. Neftda erigan sulfat mavjud bo‘lsa, bioparchalanishni sulfattiklovchi, agar erigan sulfat oz bo‘lsa, unda metan bakteriyalar qo‘zg‘atadi. Bakteriyalar hayoti uchun lozim bo‘lgan azot, fosfor va kaliyni suvdan oladi. Neft bioparchalanishi quyidagi o‘ta salbiy natijalarga olib keladi:
– neftning yopishqoqligi kamayadi (bu esa neft chiqishini kamaytiradi);
– neftning solishtirma og‘irligi kamayadi (bu esa olingan neft mahsulotining sifatini pasaytiradi);
– neft tarkibidagi to‘yingan va aromatik uglevodlarga nisbatan asfalt qismi
ko‘payadi;
– ba’zi metallar miqdori ko‘payadi;
– oltingugurt miqdori ko‘payadi;
neft nordonligi oshadi;
– neftda karboksil guruhli kislotalar va fenollar hosil bo‘ladi.

Download 300.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling