1-mavzu: kirish. Biozararlanish fanning maqsad va vazifalari biozararlanish ekologik – texnologik muammo sifatida. Bakteriya va zamburug‘lar – biozararlanish manbaalari. Reja


Litotrof va organotrof bakteriyalar – biozararlanish qo‘zg‘atuvchilari


Download 300.5 Kb.
bet5/16
Sana11.02.2023
Hajmi300.5 Kb.
#1188701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-MARUZA.

Litotrof va organotrof bakteriyalar – biozararlanish qo‘zg‘atuvchilari. Bakteriyalar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, prokariotik tipga mansub hujayrasi murakkab tuzilishga ega. Bakteriya hujayrasi tashqi muhitdan hujayra po‘sti, ba’zan esa faqat sitoplazmatik membrana bilan ajralib turadi. Hujayra ichida har xil strukturalar mavjud. Hujayra tuzilishiga qarab organizmlarning ikki tipi ajratiladi. Bular eukariot va prokariot hujayrali organizmlar.
Yadro apparati sodda (diffuz holdagi yadroga ega) bo‘lgan mikroorganizmlar prokariotlar deyiladi. Eukariotlarga zamburug‘lar, suv o‘tlari, sodda hayvonlar – protistlar kirsa, prokariotlarga bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlari (sianobakteriyalar) kiradi. Eukariotik hujayrada yadro va unda 1-2 yadrocha, xromasomalar (DNK, oqsil), mitoxondriy, fotosintez jarayonini olib boruvchi organizmlarda esa xloroplastlar, Goldji apparatlari mavjuddir. Ribosomalari esa 80S ni tashkil qiladi. Prokariot hujayralarda yadro bilan sitoplazma orasida aniq chegara yo‘q: yadro membranasi bo‘lmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. Shuning uchun prokariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas.
Barcha mikrooraganizmlarning oziqlanishi, nafas olish, bo‘linib ko‘payish jarayonini amalga oshirish uchun oziq moddalar zarur. Mikrooraganizmlar energiya manbai va oziq modda sifatida turli xil organik moddalar va anorganik birikmalardan foydalaniladi, shuningdek normal hayot kechirishi uchun ularga mikroelementlar va o‘sish omillari talab qilinadi.
Bakteriyalarning oziqlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega: birinchidan, oziq moddalar hujayraning butun tanasi orqali qiradi; ikkinchidan, mikrob hujayrasi juda tez boradigan metabolitik reaksiyaga ega; uchinchidan, bakteriyalar yashash muhitini o‘zgartirishga juda tez moslashish xususiyatiga ega. Oziqlanish turi azot va uglerodni o‘zlashtirishiga qarab aniqlanadi. Vodorod va kislorod organogenlarning manbai suv hisoblanadi. Oziq moddalarni parchalanishi uchun bakteriyalarga suv juda zarur, chunki ular hujayraga faqat erigan holda kiradi.
Uglerod elementi bo‘lgan munosabatiga qarab, barcha tirik organizmlar singari, bakteriyalar ham avtotrof va geterotroflarga bo‘linadi.

Download 300.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling