1-mavzu: kirish. Biozararlanish fanning maqsad va vazifalari biozararlanish ekologik – texnologik muammo sifatida. Bakteriya va zamburug‘lar – biozararlanish manbaalari. Reja


Download 300.5 Kb.
bet1/16
Sana11.02.2023
Hajmi300.5 Kb.
#1188701
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-MARUZA.


1-MAVZU: KIRISH. BIOZARARLANISH FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI BIOZARARLANISH EKOLOGIK – TEXNOLOGIK MUAMMO SIFATIDA. BAKTERIYA VA ZAMBURUG‘LAR – BIOZARARLANISH MANBAALARI.


REJA:
1. Fanning maqsad va vazifalari,boshqa fanlar tizimida tutgan o‘rni, fanning dolzarbligi, shakllanishi, asosiy bosqichlari, chet el va o‘zbekistonda shu sohada olib borilayotgan izlanish va tadqiqotlar, olimlar, erishilgan yutuqlar.
2. Biozararlanishlar tushunchasi va predmeti, biozararlanishning kelib chiqish sabablari va ekologo-texnologik konsepsiyasi, hamda biozararlanishning ikkiyoqlamali xususiyati.
3. Bakteriya va zamburug‘larning biosferada tutgan o‘rni, litotrof va organotrof bakteriyalar – biozararlanish qo‘zg‘atuvchilari.
4. Zamburug‘lar va atrof-muhit, zamburug‘larning ekosistemadagi o‘rni, biozararlanishni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning biologik xususiyatlari.
1. Fanning maqsad va vazifalari, boshqa fanlar tizimida tutgan o‘rni, fanning dolzarbligi, shakllanishi, asosiy bosqichlari, chet el va o‘zbekistonda shu sohada olib borilayotgan izlanish va tadqiqotlar, olimlar, erishilgan yutuqlar. Bu fanni o‘qitishdan maqsad talabalarga xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi bino va inshootlarni qurilma, uskuna va materiallarni biologik yemirilishini yuzaga keltiruvchi litotrof va organotrof bakteriyalar, zamburug‘lar, hayvon organizmlarining biologik xususiyatlari, tuzilishi, klassifikatsiyasi haqida bilim berish. Bu fan nazariy va amaliy masalalarni hal etish orqali biologiya, ekologiya va ayrim texnika fanlari yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kengashning asosiy vazifasi sifatida biozararlantiruvchi vaziyatlarni har tomonlama o‘rganish va amaliy tajribalar hamda fundamental tadqiqotlar natijalariga asoslanib biozararlanishdan ekologo-texnologik himoyalanish asosini yaratishdir va shu bilan birga biozararlanish fani xalk xo‘jaligining muhim tarmoqlari, jumladan transport, neft sanoati, qurilish, energetika va aloqa, turli sanoat inshootlari, qurilma va moslamalariga, hamda tarixiy va madaniy yodgorliklarga, omborxona va ularda saqlanadigan zahiralarga zarar keltiruvchi organizmlar bilan tanishtiradi. Zararkunandalarni aniqlash, ularni zararini oldini olish va mavjud kurash choralarini qo‘llash usullarini o‘rganish fanning asosiy vazifalaridir.
Biozararlanish asoslari maxsus fani biologik fanlardan botanika, zoologiya, mikrobiologiya, mikologiya, ekologiya, tabiiy fanlardan fizika va kimyo, hamda xalq xo‘jaligining manfaatdor sohalariga tegishli texnik fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Biozararlanish fani mikroorganizmlar, zamburug‘lar, o‘simliklar, umurtqasiz va umurtqali hayvonlarni, texnik moslamalarni, hom-ashyo, materiallar hamda inson tomonidan yaratilgan qurilmalarni saqlash, tashish, ekspluatatsiya qilish davomida himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan keng qamrovli ilmiy va amaliy dolzarb masalalarni o‘rganadi. Biozararlantiruvchi tirik organizmlaridan himoyalanish bugungi kunning eng dolzarb muammosiga aylandi. Material va buyumlarni primitiv himoyalash oldingi vositalari biozararlanish keskin o‘sishi tufayli yirik ko‘lamdagi talafotlarning oldini ola olmadi.
Biozararlanish muammosi ko‘pqirrali bo‘lib unda bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar, chuvalchanglar, mollyusklar, hasharotlar, qushlar, sut emizuvchilardan texnik moslamalar, xom-ashyo va materiallarni saqlash, tashish va eksplutatsiya qilish davomida himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan keng qamrovli ilmiy va amaliy moslamalarni o‘z ichiga oladi.
Biozararlanish muammosi keng rejali ahamiyat kasb etadi va uni mablag‘da hisoblash qiyinchilik tug‘diradi. Iqtisodiy nuqtai nazardan biozararlanish tufayli taxminiy hisoblarga ko‘ra har yili bir necha o‘n mlrd. dollar zarar ko‘riladi.
Bu muammoga ijtimoiy nuqtai nazardan qaraganda biozararlanish tufayli keltiriladigan talofotni hech qanday baholashning imkoni bo‘lmaydi, chunki har qanday hisoblarga tenglashtirib baholash ham qiyinchilik tug‘diradi. Ammo uning bahosi iqtisodiy zarardan ham yuqori turadi. Bunday talofot sifatida bebaho san’at asarlari (arxiv materiallari, noyob kitoblar, qadimiy ustalarning bebaho san’at asarlari), qushlar bilan to‘qnash kelganda havo laynerlari yo‘lovchi va ekipajlarining nobud bo‘lishi, texnik moslamalar va inshootlarning zarar ko‘rishi, oyna, optika, turli plastmassalar, rezina, apparatura, yo‘l qoplamalari, suv to‘g‘onlari, transport va ko‘pdan-ko‘p boshqa hollarda bakteriya va zamburug‘lar, o‘simliklar, hasharotlar, kemiruvchilar, suv bioqoplamalari va boshqa organizmlar faol hujumiga duchor bo‘lishini ko‘rsatib o‘tishning o‘zi kifoyadir.
1963-yili tashkil etilgan mutaxassis-ekspertlar guruhi kelajak strategiyasida birinchi darajali vazifalarni belgiladi. Ekspertlar tayyorlagan materiallar keyingi barcha tashkiliy harakatlarning asosi bo‘lib, birinchi navbatda, biozararlanish bo‘yicha birinchi xalqaro simpoziumi (BXS)ni 1968-yil Angliyada o‘tkazishga asos soldi. Shunday qilib, biozararlanish muammosi inson faoliyati doirasida muhim ilmiy va amaliy muammo sifatida alohida statusga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida ko‘pchilik mamlakatlar mutaxassislaridan muammo doirasini uzil-kesil aniqlashni, terminlar va metodik yondashuvlarni ishlab chiqishni talab qildi.
Hozirgi davrda muvofiqlashtirish funksiyasini xalqaro doirada shtab kvartirasi Aston universitetida tuzilgan (Angliya) biozararlanishlar bo‘yicha Xalqaro jamiyat amalga oshiradi. Uning huzurida Axborot markazi, Xalqaro ilmiy-tadqiqot kompleksi faoliyat ko‘rsatib, biozararlanishlar bo‘yicha Xalqaro bulletenlar va bibliografik ma’lumotnomalarni chop etadi. Bu barcha tashkilotlar
1968-yili tuzilgan. Xalqaro simpoziumlar muntazam ravishda: II XBS 1971-yil Niderlandiyada o‘tkazilgan bo‘lsa, III XBS 1975-yil AQSH da, IV XBS 1978-yil G‘arbiy Berlinda, V XBS 1981-yil Angliyada, VI XBS 1984-yil AQSH da va har 3 yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda.
Sobiq ittifoq FA qoshida 1967-yil biozararlanish bo‘yicha umumittifoq muvofiqlashtirish kengashi tuzilgan edi.
Kengashning asosiy vazifasi sifatida biozararlantiruvchi vaziyatlarni har tomonlama o‘rganish va amaliy tajribalar hamda fundamental tadqiqotlar natijalariga asoslanib biozararlanishdan ekologo-texnologik himoyalanish asosini yaratishdir. Yuqorida qayd etilgan muammolarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2007 yil 27 avgust 07/1-398 sonli bayoniga asosan “Biozararlanish asoslari” o‘quv qo‘llanmasini yaratishga qaror qabul qilindi va yaratildi.
Shularni hisobga olgan holda, xalq xo‘jaligining aniq tarmoqlariga zarar keltiruvchi ixtisosolashgan obyekt va zararkunandalar turlarini biladigan, umuman olganda muammoni hal qilishga ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlash maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida qayd etilgan muammolarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-avgust 07/1-398 sonli bayoniga, Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish to‘g‘risidagi qarori, 2012-yil 2-fevraldagi 27-sonli 9-bandida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, Respublikadagi Oliy ta’lim muassasalarida biologiya, tabiatshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish ixtisosliklari bo‘yicha tayyorlanayotgan bakalavr va magistrlar o‘quv dasturlariga “Biozararlanish” maxsus kursini kiritish va tegishli darsliklar bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Biozararlanish ekologik –-texnologik muammo sifatida.
Biozararlanish – atrof muhitni inson tomonidan unga kiritilgan yangiliklarga javob reaksiyasidir. Inson yaratgan materiallar va mahsulotlar biosferada sodir bo‘layotgan tabiiy jarayonlarga kirishib ketib, tabiiy biotsenozlar tarkibiga qo‘shiladi. Biozararlanish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha holatlarda bir tarafdan organizm va atrof muhit boshqa tarafdan inson qo‘li bilan yaratilgan bunyodkorlik mahsuli bir-biriga ta’sir qiladi. Bu komponentlarning o‘zaro ta’sirini avvalambor ularning xo‘jalik faoliyati va inson turmushi nuqtai nazaridan o‘rganishda biozararlanish muammosi kompleks ekologik-texnologik yondoshishlarga asoslanadi.

Download 300.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling