1-mavzu. Kirish. Elektr apparatlari va avtomatlashtirish to’g’risida umumiy ma’lumotlar Reja


Download 36.22 Kb.
bet2/3
Sana17.08.2023
Hajmi36.22 Kb.
#1667844
1   2   3
Bog'liq
1-maruza

Elektr apparatlari - turli qurilmalar, mashinalar, mexanizmlar va boshqalarning elektr va noelektr parametrlarini oʻzgartirish, rostlash, oʻlchash, nazorat qilish hamda ularni ortiqcha kuchlanishlardan himoya qilish uchun moʻljallangan elektr qurilmalardir. Vazifasiga koʻra, kommutatsion, ishga tushiruvchi-rostlovchi, rostlovchi, cheklovchi, oʻlchovchi, nazorat qiluvchi turlarga boʻlinadi. Ishi qanday fizik hodisaga asoslanganligiga qarab, elektr apparatlarni elektromagnit, issiqlik, Induktsion va boshqa turlarga ham boʻlish mumkin. Baʼzan, bir apparatning ishi bir necha fizik hodisalarga asoslangan boʻladi. Avtomatik va noavtomatik elektr apparatlar ham farqlanadi. Elektr apparatlar jumlasiga boshqarish tugma (кнопка) lari, uzgich(рубильник)lar, ajratgichlar, o’chirgich (выключатель) lar (kommutatsion elektr apparatlar), kontaktorlar, kontrollyorlar, magnitli ishga tushirgichlar, reostatlar va boshqalar (ishga tushiruvchi-rostlovchi elektr apparatlar), rostlagichlar, stabilizatorlar va boshqalar (rostlovchi elektr apparatlar), elektr reaktorlar, eruvchan saqlagichlar, razryadniklar va boshqalar (cheklovchi elektr apparatlar), tok transformatorlari, kuchlanish transformatorlari (oʻlchovchi elektr apparatlar) va boshqa qurilmalar kiradi. Elektr apparatlar elektr tarmoqlarini himoya qilish tizimlarida, ishlab chiqarish jarayonlarida qoʻllaniladigan ishga tushirish-rostlash qurilmalarida, transport vositalarida, avtomatika va telemexanika tizimlarida, aloqa, radio va televideniye tarmoqlari va boshqa koʻp sohalarda ishlatiladi.
Avtomatlashtirish vositalari - turli jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beruvchi asbob va qurilmalar. Vazifasi: a) texnologiya jarayonidagi parametrlarning o‘zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish, b) axborotni uzatish, v) axborotni o‘zgartirish va saqlash, uni dasturdagi axborot bilan taqqoslash va buyruq axborotini tuzish (axborotni ishlab chiqish), g) buyruq axborotini texnologik jarayonga tatbiq qilish. Nazorat axborotni qabul qilish vositalari (asboblar, qurilmalar, datchiklar) nazorat qilinuvchi parametr ta’sirini sezuvchi va shu parametrni mexanik issiqlik, optik va elektr parametrlarga aylantirib beruvchi organlardan iborat. Axborotni uzatish vositalari – aloqa liniyalari. Datchiklardan chikadigan signallar aloqa liniyalari orqali uzatiladi. Signallarni uzoq masofaga uzatish uchun datchikdan chiqadigan signallar maxsus o‘zgartirgichlar (преобразователь) yordamida uzatishga mos shaklga keltiriladi. Axborotni ishlab chiqish vositalari – registratorlar (qayd qilgichlar), signalni o‘zgartiruvchi qurilmalar, hisoblash jihozlari va mashinalari, boshqarish va taqsimlash qurilmalari, kommutatsiya (o‘zgartirish) uskunalari. Buyruq (команда) axborotini uzatish vositalari, asosan, nazorat axborotni uzatish vositalariga o‘xshaydi. Axborotni texnologiya jarayoniga tatbiq etuvchi qurilmalar – buyruq signalini kuchaytiruvchi, uni ijro etuvchi elementlar va rostlovchi organlardan iborat.

Download 36.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling