5. Kirxgofning ikkinchi qonuni elektr zanjiri konturlariga qo‘llaniladi. U shunday ta’riflanadi : konturdagi kuchlanishlar pasayishlarining algebraik yig‘indisi elektr yurituvchi kuchlarning algebraik yig‘indisiga teng
Kirxgofning ikkinchi qonuni bo‘yicha tenglama tuzishda konturni aylanib chiqish yunalishi ixtiyoriy ravishda tanlab olinadi(masalan, soat strelkasining aylanish yo‘nalishida) va konturni aylanib chiqish yo’nalishiga muvofiq holda tok va elektr yurituvchi kuchlarning ishoralari aniqlanadi .Yo‘nalishlari aylanib chiqish yo‘nalib bilan bir xil bo‘lgan tok va elektr yurituvchi kuchlar musbat ishora bilan yoziladi. Aylanib chiqish yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lgan tok va elektr yurituvchi kuchlar esa manfiy ishora bilan yoziladi . Kirxgofning ikkinchi qonuni berk yo‘l bo‘yicha potensial o‘zgarishi nolga tengligida, yani elektrostatik maydonning asosiy xossasidan kelib chiqadi.
2-rasm.
2-rasmda ko‘rsatilgan elektr zanjirining konturi uchun Kirxgofning ikkinchi qonuni bo‘yicha tenglama yozamiz :
Kirxgofning qonunlari asosida ishlab chiqilgan usullar (kontur toklari usuli, tugun kuchlanishi usuli ) zanjirlarni hisoblashni osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |