1-mavzu kirish. Elektr zanjiri va uning elementlari


Download 88.3 Kb.
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi88.3 Kb.
#1430681
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MAVZU


1-MAVZU
KIRISH. ELEKTR ZANJIRI VA UNING ELEMENTLARI

Hozirgi zamondafan va ishlab chiqarish barcha tarmoqlarini elektrotexnik qurilmalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Elektroenergetikaning intensiv rivojlanishiga elektr energiyasining boshqa energiyaturlaridan quyidagi afzalliklari sabab bo’ldi:


1) Ishlab chiqarishning osonligi;
2) Energiyaning boshqa turlariga oson aylanishi (mexanik, issiqlik, yorug’lik, ximik);
3) Elektr qurilmalarining boshqarish osonligi va ularning foydali ish koeffisientining yuqoriligi.
Qurilishda ham elektr energiyasi juda keng qo‘llaniladi. Zamonaviy qurilish maydon-chalarini kranlar, beton aralashtirgichlar, elektrlashtirilgan qo‘l asboblari, payvandlash usku-nalari, ko‘tarish moslamalari va boshqa elektr asbob-uskunalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Qurilishda qo‘llaniladigan elektrotexnik qurilmalarni elektr energiyasi bilan ta’minlash haqidagi fan qurilishda elektr ta’minoti deb ataladi. Bu fan dastavval elektrotexnika fanining bir bo‘limi sifatida paydo bo‘lgan bo‘lib, u elektrotexnika fani bilan chambarchas bog‘langan.. Qurilishda elektr ta’minoti fani qurilish obyektlaridagi elektrta’minot va elektroiste’mol, quri-lishda elektr energiyasini va elektrotexnik qurilmalarni qo‘llash masalalari bilan shug‘ullanadi.
Elektrotexnika, elektrotexnologiya va elektrota’minot–inson bilim va amaliyoti-ning tez rivojlanib borayotgan sohalaridir. Shu sababli har bir mutahassis, shu jumladan, qurilish yo‘nalishlari bo‘yicha mutahassislar ham, elektrotexnologiyalar va elektrota’minot sohasidagi o‘z bilimlarini doim to‘ldirib borishlari zarurdir.
1.1. Elektr zanjiri
Elektr energiyasini olish, uzatish, o‘zgartirish va ishlatish(foydalanish) uchun mo‘ljal-langan qurilmalar to‘plamiga elektr zanjiri deyiladi. Boshqacha aytganda, elektr tokini hosil qiluvchi qurilmalar to‘plamiga (birikmasiga) elektr zanjiri deyiladi. Elektr zanjiri tarkibiga kiruvchi va unda ma’lum bir funksiyani (vazifani) bajaruvchi alohida qurilma elektr zanjiri elementi deb ataladi. Elektr zanjirining asosiy elementlari - elektr energiyasi manbalari va qabul qiluvchilaridir (iste’molchilari). Elektr zanjir umumiy xolda quyidagi elementlarning iborat:
1) Elektr energiyasi manbalari-generatorlar;
2) Elektr qabul qiluvchilar elektr energiyasini boshka turdagi energiyaga aylantiradilar
3)elektr energiyasi manbalarini elektr qabul qiluvchilar bilan bog’lovchi qurilmalar.
Elektr zanjiri tarkibiga kiruvchi va unda ma’lum vazifani bajaruvchi qurilma elektr zanjiri elementi deb ataladi.
Manba yordamida energiyaning biror turi (yoqilg’i energiyasi,tushayotgan suv kinetic energiyasi (mexanik energiya), atom, va yorug’lik (quyosh batareyalari energiyasi) elektr energiyasiga aylantiriladi.
Elektr energiyasi qabul qiluvchilarda teskari aylanish yuz beradi-elektr energiyasi boshqa turdagi energiyaga aylanadi. Masalan ximik (galvanik vannalar), mexanik (elektr dvigatellari), issiqlik( isitgich elementlar), yorug’lik (lampalar).
Qurilishdagi elektr qabul qiluvchilar–bu qurilish mashinalari va mexanizmlari yuritma-larining elektrodvigatellari, elektroisitish texnologik qurilmalari, isitgichlar, payvandlash agre-gatlari, to‘g‘irlash moslamalari, yuqori chastotali qurilmalar, yoritish qurilmalarining elektr lampalari, elektron apparatura.
Qurilishdagi elektr energiyasining iste’molchilari– qurilish maydonchalari, beton, qorishma va lak-bo‘yoq ishlab chiqarish yordamchi korxonalari, remont sexlari, yoritish va maishiy qurilmalardir. Bu iste’molchilar qurilish ishlab chiqarishining korxonalari deb ataladi.
Elektr zanjiri,bundan tashqari, yordamchi elementlarga ega: rezistorlar (reostatlar, tok, kuchlanish va quvvatni o’zgartirish uchun) ulagich va qaytaulagich, saqlagichlar, o’lchov asboblari, himoya qurilmalari va xokazo.
Elektr zanjirlarini turli xildagi sxemalar ko‘rinishida tasvirlash qabul qilingan. Bu sxemalarda asosiy va yordamchi elementlar va ularning ulanishlari ko’rsatiladi. Uch turdagi sxemalar boshqalaridan ko‘ra ko‘proq ishlatiladi. Bular montaj, prinsipial va almashtirish sxemalaridir. Montaj sxemalarida zanjir elementlarining rasmlari (eskizlari) va birlashtiruvchi simlar tasvirlanadilar. Elektr qurilmalar va zanjirlarni tayyorlash, montaj va remont qilishda ko‘p hollarda montaj sxemalardan foydalaniladi. Prinsipial sxemalarda elementlarning shartli grafik tasvirlari va ularning ulanishlari ko‘rsatiladi. Elektr zanjir va qurilmalarni o‘rganishda, remont va montaj qilishda ulardan foydalaniladi. Almashtirish sxemasi – bu elektr zanjirining hisoblash uchun ishlatiladigan modelidir. Unda real elementlar hisoblash modellari (ideallashtirilgan elementlar) bilan almashtiriladi va hisoblash natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydigan hamma yordamchi elementlar sxemadan olib tashlanadi.
Elektroenergiyani uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan va podstansiyalar, elektrouzatish liniyalari, taqsimlash moslamalaridan iborat bo‘lgan elektroqurilmalar va moslamalar to‘plami elektr tarmog‘i deb ataladi. Elektr tarmog‘iga havo va kabel elektrouzatish liniyalari, transformator va o‘zgartirish podstansiyalari, taqsimlash punktlari kiradi.
Elektrostansiyalarda elektr energiyasini sinxron generatorlar ishlab chiqaradilar. Qurilish obyektlarining elektrota’minoti uchun mo‘ljallangan elektrostansiyalar, sanoat korxonalarining elektrostansiyalari kabi, issiqlik va gidravlik elektrostansiyalarga bo‘linadilar. Issiqlik elektrostansiyalarida generatorlarning yuritmasi uchun, asosan, ichki yonuv dvigatellari qo‘llaniladi, bular suyuq yoqilg‘ida ishlaydilar (benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi). Gidravlik elektrostansiyalarda generatorlarning yuritmalari daryo yoki sharsharalarning suv oqimlari energiyasi hisobiga amalga oshiriladi.
Yonayotgan yoqilg‘i energiyasi ichki yonuv dvigatellarida dvigatel validagi mexanik energiyaga aylanadi, bu val generator vali bilan biriktirilgan bo‘ladi. Issiqlik elektrostansiya-larida tez yurar generatorlar (turbogeneratorlar) qo‘llaniladi. Turbogenereatorning motori aniqmas qutbli bo‘ladi. Gidravlik elektrostansiyalarda suv oqimlari gidrotrubinaga kelib tushadi. Gidrotrubina sinxron gidrogeneratorni aylantiradi. Gidrogeneratorda aniqqutbli rotor bo‘ladi. Gidravlik elektrostansiyalar bir necha aholi punktlari va shu aholi punktlarida joylashgan turli vazifalar uchun mo‘ljallangan boshqa obyektlarning elektrota’minoti uchun quriladi.

Download 88.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling