1-mavzu kirish. Elektr zanjiri va uning elementlari


Elektr zanjiri klassifikatsiyasi


Download 88.3 Kb.
bet2/5
Sana05.05.2023
Hajmi88.3 Kb.
#1430681
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MAVZU

1.2 Elektr zanjiri klassifikatsiyasi
1. Tok turi bo’yicha klassifikatsiya. Tok turi bo‘yicha zanjirlar o‘zgarmas va o’zga o‘zga-ruv-chan tok zanjirlariga bo‘linadilar. Vaqt o‘tishi bilan kattaligi o‘zgarmaydigan tok o‘zgarmas tok deb ataladi. Vaqt o‘tishi bilan kattaligi o‘zgaradigan tok o‘zgaruvchan tok deb ataladi. Hozirgi zamon elektroenergetik qurilmalarida kattaligi va yo‘nalishi sinus qonuni bo‘yicha o‘zgaradigan o‘zgaruvchan toklar eng ko‘p qo‘llanadilar. Bu toklar sinusoidal toklar deb ataladilar.
2.Elementlar parametrlarining xarakteri bo’yichaklassifikatsiya.
Qarshiligitokvakuchlanishningkattaligivayo’nalishigabog’liqbo’lmaganelementlarchiziqlielementlardebataladi. Chiziqli elementlardan tashkil topgan zanjirning qarshiligi tok va kuchlanishning kattaligi va yo’nalishiga bog’liq bo’lmaydi, shuning uchun bunday zanjirlar chiziqli zanjirlar deb ataladilar.
3.Elektr energiyasi manbalarining borligi yoki yo‘qligi bo‘yicha klassifikatsiya.
Zanjirning kismlari aktiv va passivga bo’linadilar. Elektr energiyasi manbai bor bo‘lgan zanjirning qismi zanjirning aktiv qismi deb ataladi. Elektr energiyasi manbaiga ega bo‘lmagan zanjirning qismi esa zanjirning passiv qismi deb ataladi.
4.Murakkablik bo‘yicha klassifikatsiya. Sodda zanjirlarga xamma elementlari ketma-ket ulangan zanjirlar kiradi. Murakkab zanjirlarga tarmoqlangan zanjirlar kiradi.
1.3. Ba’zi topologik tushunchalar
Tarmoq –elementlari ketma-ket ulangan zanjirning qismi..
Tugun –uchta va undan ortiq tarmoq ulangan nuqta.
Kontur –zanjirning tarmoqlari bo’ylab o‘tuvchi va bitta nuqtadan boshlanib shu nuq-tada tugaydigan yo‘l.
Manbada noelektromagnit tabiatga ega kuchlar ta’sirida elektromaydon hosil qilinadi (kimyoviy, mexanik, issiqlik,atom va boshqa). Manbaning ichida chet maydon kuchlari ta’sirida musbat va manfiy zaryadlar bir-biridan ajratiladilar. EYUK chet maydonning tok hosil qilish qobiliyatini xarakterlaydigan fizik kattalikdir.
Elektr toki erkin elektr zaryadi tashuvchilarining bir yo‘nalishli xarakatidir. Metallarda elektr zaryadining tashuvchilari elektronlardir.

Download 88.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling