1-mavzu kirish. Elektr zanjiri va uning elementlari


Kuchlanish – elektr maydoni kuchlarining birlik musbat zaryadni ikki nuqta orasida ko‘chirishda bajarilgan ishi. Qarshilik


Download 88.3 Kb.
bet3/5
Sana05.05.2023
Hajmi88.3 Kb.
#1430681
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MAVZU

Kuchlanish – elektr maydoni kuchlarining birlik musbat zaryadni ikki nuqta orasida ko‘chirishda bajarilgan ishi.
Qarshilik – elektr zaryadlarining harakatiga o‘tkazgichning to‘sqinlik qilinish xususiyatini xarakterlovchi kattalik.
O‘tkazuvchanlik –qarshilikka teskari bo‘lgan kattalikdir.
1.4. O‘zgarmas tok elektr zanjirlarining asosiy qonunlari
1. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. 1826 yilda nemis fizigi Om (1787 – 1854) tajribalar asosida elektr zanjirining asosiy qonuni – Om qonunini yaratgan va 1827 yilda bu qonunni nazariy jihatdan asoslab bergan . Bu qonunga binoan bir jinsli (passiv) metall o‘tkazgichdan o‘tayotgan tok kuchi o‘tkazgichdagi kuchlanishga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi:

Bir jinsli o‘tkazgich deb, ichida tashqi kuchlar ta’sir etmaydigan (ya’ni ichida elektr yurituvchi kuch mavjud bo‘lmagan) o‘tkazgichga aytiladi. Bu holda U kuchlanish o‘tkaz-gichning uchlaridagi potensiallar ayirmasiga teng bo‘ladi. R kattalik o‘tkazgichning elektr qarshiligi deb ataladi.
2. Umumlashgan Om qonuni (zanjirning aktiv qismi uchun ya’ni EYUK manbai bor zanjir qismi uchun).
Om qonuni EYUK manbaiga ega bo‘lgan zanjir qismi uchun ham yozilishi mumkin, ya’ni zanjirning aktiv qismi uchun. 1.1-Rasmda R qarshilikdagi kuchlanish ning musbat yo‘nalishi tokning musbat yo‘nalishi bilan mos tushadigan qilib tanlab olingan.
1-Rasm

Elektr zanjirlari elementlarining shartli belgilari



Elementning nomlanishi

Shartli belgisi


Download 88.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling