1-mavzu: kirish. Fanning mohiyati va uni ishlab chiqarishdagi o‘rni


Download 0.68 Mb.
bet55/67
Sana10.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1187039
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67
Bog'liq
mehnat tex xarita

Yong‘inga qarshi himoya tizimi – yong‘in o‘chirish jihozlari va texnikalaridan, уоng‘inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan, yong‘in signalizatsiyasi va yong‘in o‘chirish tizimining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, оbyektning konstruksiyalari va materiallariga yong‘indan himoyalovchi tarkibli bo‘yoqlar bilan ishlov berish, tutunga qarshi himoya tizimlari, evakuatsiya уo‘llаri bo‘lishini ta’minlash, binoning yong‘in mustahkamliligi darajasini to‘g‘ri tanlash kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimi – yong‘inga qarshi to‘siqlarni o‘rnatish, qurilmalar va inshoot-larda avariya holatida o‘chirish hamda qo‘shish jihozlaridan va yong‘indan to‘suvchi vositalardan, yong‘in vaqtida yo-nuvchi suyuqliklarning to‘kilishini oldini oluvchi vosita-lardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Tashkiliy-texnik tadbirlarga yong‘indan himoyalanish xizmatini tuzish, uni texnik jihozlar bilan ta’minlash, yong‘in xavf- sizligi bo‘yicha оbyektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong‘in muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni o‘qitish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha уo‘riqnomalar va aholi o‘rtasida turli xil tadbirlar o‘tkazish, yong‘inga qarshi ko‘rsatmalar ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.
Nazorat savollari.

  1. Ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatadigan har bir ishchi va xodim o‘ziga berkitilgan ishni xavfsiz bajarishi uchun nima qilishi kerak?

  2. Kirish уo‘riqnomasi qaysi masalalarni o‘z ichiga oladi?

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. O‘zbekiston Respubiikasining Konstitutsiyasi. Toshkent, «O‘zbekiston», 1992-у.
2. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, «Sharq», 1998 у.
3. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. Toshkent, 1996-у.
4. O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni. Toshkent, l 993-у.

Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi
1.1.O`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling