1-mavzu. Kirish. Fanning o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari Reja


Download 37 Kb.
bet1/3
Sana09.05.2023
Hajmi37 Kb.
#1449365
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu


1-mavzu. Kirish. Fanning o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari
Reja:
1. Adabiyotlar obzori bilan tanishtirish
2. O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
3. O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lkasining hududiy qamrovi
4. O`lkaning o`ziga xos tabiiy xususiyatlari.
1. Adabiyotlar obzori bilan tanishtirish
2. O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Hozirgi zamon tabiiy geografiya fanlari orasida O`rta Osiyo tabiiy geografiyasining muhim o`rni bor. Bu fan mamlakatimiz oliy o`quv yurtlarida malakali geograf mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. O`rta Osiyo tabiatini o`rganish natijasida vatanimiz O`zbekistonni o`rganishda muhim ahamiyat kasb etib, talabalar o`z o`lkasini chuqur o`rganishga imkoniyat yaratadi. Chunki o`lka tor ma’noda talaba yashab turgan joy bo`lsa, keng ma’noda esa ona - Vatandir.Demak, talabalar O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi fanini o`rganish asosida o`z o`lkasi haqidagi bilimlarini yanada chuqur egallaydi va mustahkamlaydi.
O`z mazmuni va mohiyatiga ko`ra O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi ilmiy – nazariy, amaliy va ta’lim – tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan fan bo`lib, uni o`qitishdan maqsad geograf talabalarga O`rta O`rta Osiyo tabiiy geografiyasining ning o`ziga xos xususiyatlari haqida keng ma’lumot berish, o`lkaning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishni tadqiq qilish, hamda o`lkaning tabiatidagi ichki tafovutlarini ochib berishdan iboratdir.
Fanning mohiyati va mazmunidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, O`rta Osiyoning tabiiy sharoiti, tabiiy resurslari, uning tabiati haqida chuqur bilimga ega bo`lgan geograflar o`z o`lkasini o`rganib vatanga muhabbat tuyg`usini tuyishi mumkin. O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi fani talabalarda ona – Vataniga, uning go`zal tabiatiga va tabiiy boyliklariga nisbatan muhabbat va milliy g`urir hissini uyg`otishda muhim o`rin tutadi. Bu fanni o`qitish davomida mamlakatshunoslik, o`lkashunoslik va tabiatga oqilona munosabatda bo`lish tamoyillariga katta e’tibor beriladi.
O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi fanini o`rganish davomida O`ta Osiyo o`lkasidagi tabiiy rayonlarning bir – biriga o`xshash tomonlarini va tafovutlarini ham o`rganiladi. Shu o`lkadagi vatanimiz O`zbekistonning tabiiy imkoniyatlarini yanada oshirish tadbirlarini ishlab chiqishda ushbu fanning ham ahamiyati kattadir.
O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi o`quv kursida o`lkaning geologik tuzilishi, orografiyasi va asosiy relyef turlari hamda shakllari, foydali qazilmalari, ichki suvlari, tuproqlari, o`simliklari, hayvonot dunyosi o`rganiladi. O`rta Osiyo tabiatini o`rganilishining tarixiy bosqichlariga alohida to`xtalinib, ayniqsa mahalliy olimlar tomonidan hududning geografik jihatdan o`rganilishi, ularning o`lka geografiyasiga va geografiya sohasiga qo`shgan hissalari haqida chuqur ma’lumot beriladi.
O`rta Osiyo tabiiy geografiyasining ikkinchi qismida o`lka landshaftlarining kenglik zonalari bo`yicha va balandlik mintaqalari bo`yicha tabaqalanishi, o`lka tabiiy resurslari va ulardan oqilona foydalanish, asosiy geoekologik muammolar va ularni yechish masalalari yoritiladi. O`rta Osiyo hududini tabiiy geografik rayonlashtirish masalalari, o`lkaning tabiiy geografik regionlari: provinsiyalar, okruglar, ularni tog` va tekislik qismlari alohida tavsiflanadi. Ularni tabiiy hududiy xususiyatlari o`rganiladi.

Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling