1-mavzu. Kirish. Fanning o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari Reja


O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lkasining hududiy qamrovi


Download 37 Kb.
bet2/3
Sana09.05.2023
Hajmi37 Kb.
#1449365
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu

3. O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lkasining hududiy qamrovi
O`rta Osiyo tabiiy - hududiy jihatdan Yevrosiyo materigining shunday bir yaxlit va noyob tabiiy qurilmasiki, u boshqa tabiiy o`lkalardan tubdan farq qiladi. O`rta Osiyo materikning markazida, okeanlardan uzoqda, berk ( Kaspiy – Orol – Balxash ) havzada joylashganligi, shimol va g`arb tomonga ochiqligi, sharq va janubdan qudratli tog` tizmalari bilan o`ralganligi o`lkaning eng muhim xususiyatlaridan hisoblanadi.
O`lka chegarasining umumiy uzunligi 9950 km atrofida bo`lib, shundan 1650 km quruqlik orqali, qolgani esa suv orqali o`tadi. Suv orqali o`tadigan chegaraning asosiy qismi o`lkaning g`arbiga, ya’ni Kaspiy dengizi ( 1300 km ) qirg`oqlariga to`g`ri keladi.
O`rta Osiyo o`lkasining g`arbiy chegarasi janubda Kaspiy dengizining janubi – sharqiy chekkasidagi ( Astrobod qo`ltig`i, 540 shq.u.) Kurd mahalla qishlog`idan boshlanib, dengizning sharqiy qirg`og`i bo`ylab Mang`ishloq qo`ltig`iga qadar davom etadi. So`ngra g`arbiy chegara Mang`iztovning shimoliy etaklari, Do`niztov chinki, Shogiray platosining g`arbiy qismi, Cho`chqa, Mug`ojar tog`larining suvayirg`ichi va Ural – To`rg`ay daryolari suvayirg`ichi bo`ylab Bredi shahrigacha davom etadi. G`arbiy chegaraning umumiy uzunligi taxminan 3750 km shundan 1300 km qismi Kaspiy dengizi qirg`og`iga to`g`ri keladi.
O`rta Osiyoning shimoliy chegarasi Bredi shahridan boshlanib Semipalatinsk shahridan so`ng janubi-sharqiy tomon Char vodiysi va Ko`kpekti shahri orqali Zaysan ko`liga, undan Qora Irtish o`zani bo`ylab Burchum qishlog`iga 30 km. yetmasdan o`lkaning eng sharqiy chekka nuqtasiga tutashadi. Sharqiy chekka nuqtasi 860 461 shq.u va 470 441 shm.k.da joylashib, u yerda Serekti tog` (460 m mutlaq baland) bor. Shimoliy chegarasining uzunligi 2150 km ni tashkil qiladi.
O`rta Osiyo sharqiy va janubi chegaralari baland tog`larning suvayirg`ichidan o`tadi. Serekti tog`dan boshlangan sharqiy chegarasi Saur, Sharqiy Torbog`atay, Urnashar, Jamo, Maylitov hamda Jung`oriya Olatovi tizmalarining o`q qismi bo`ylab o`tib, Ko`k ko`l dovonigacha janubi - g`arb tomonga yo`naladi. Keyin Pomir tog` tizmasining janubi – sharq qismidagi Beik dovonigacha Boroxoro, Iren – Xabarga, Norat, Holiqtov, G`alaba, Xon – Tangri tog` tuguni, Ko`kshag`altov, Sariko`l tizmalarining o`rkachlari orqali o`tadi. Sharqiy chegarasining uzunligi 2650 km.
Janubiy chegara Beik dovonidan (4665 m) janubi-g`arb va g`arb tomonga yo`nalib, Astrobod qo`ltig`iga tutashadi. Janubiy chegara Hindikush, Safedko`h, Jahon, Nishopur, Saroy, Elbrus, Kun Gurgon tog` tizmalarining baland qismlari orqali o`tadi. sharqiy chekka nuqtasi bilan g`arbiy chekka nuqtasi orasidagi masofa uzunligi 2800 km.
O`rta Osiyoning shimoliy chekka nuqtasi Ayritov 530501 shimoliy kenglik va 680301 sharqiy uzoqlikda, janubiy chekka nuqtasi 340 301 shimoliy kenglik va 630451 sharqiy uzoqlikda Safedko`h tizmasidagi Besha qishlog`ida joylashgan. O`lkaning sharqiy chekka nuqtasi (Serektitov) 470441 shimoliy kenglik va 860461sharqiy uzoqlikda, g`arbiy chekka nuqtasi Tubqarag`ay bo`rni 440371 shimoliy kenglik va 500151 sharqiy uzoqlikda joylashgan.
O`lkaning yer maydoni 3 mln. 450 ming kv km ni tashkil etadi. O`lkada dengiz sathidan eng pastda (132 m) joylashgan Qoragiyo (Botir) botig`i va dengiz sathidan eng balandda joylashgan Tirichmir (7690 m) cho`qqisi mavjud. O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lkasi ma’muriy jihatdan O`zbekiston, Qozoqiston, Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmanistonni, qisman esa Rossiya, Xitoy, Afg`oniston, Eron davlatlari hududini qamrab oladi.

Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling