1-Mavzu: Kirish. Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari. Qadimgi Rim va Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi
Download 80.91 Kb.
|
FT sirtqi1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy adabiyotlar
- Qo‘shimcha adabiyotlar
- Fan va texnika tarixi fanining predmeti.
1-Mavzu: Kirish. Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari. Qadimgi Rim va Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi; Reja Fan va texnika tarixi fanining predmeti. Qadimgi Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi Qadimgi Rimda ilmiy bilimlarning taraqqiy etishi Asosiy adabiyotlar 1. Ревко П.С. Введение в историю науки и техники. Учебное пособие. – Таганрог: Изд-во Кучма, 2010. – 128 с. 2. Баходиров Р. Из истории классификатсии наук на средневековом Востоке. Т., 2000. 3. G’arb falsafasi. T., 2004. 4. SHermuxamedova N. Falsafa va fan metodologiyasi. T., 2005. 5. История науки и техники. Учебно-методическое пособие./Под ред. Ткачева А.В. – СПб.: СПБ ГУ ИТМО, 2006. – 143 с. Qo‘shimcha adabiyotlar 6. Alimova D.A. O‘rta Osiyoda jadidchilik. Yangilanish yo‘llari, islohotlar, mustaqillik uchun kurash. T., 2000 7. Алимова Д.А. История как история, история как наука. Т., ―Ўзбекистан‖ 2008. 8. Axmedov B. «Ulug’bek» T., 1994. 9. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 50 yilligi. T., 1993. Fan va texnika tarixi fanining predmeti. Eng qadim zamonlardan hozirgi kungacha kishilik tarixida yig‘ilgan bilimlarning taraqqiyot darajasi, uning bosqichlari, fanning rivojlanishi yo‘lida buyuk mutafakkirlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, shuningdek hayot haqidagi fan erishgan yutuqlari natijalarinint hayotdagi o‘rni, texnika sohasidagi yutuqlar, texnikaning inson mehnatini yengillashtirishdagi o‘rni, ilmiy-texnika inqilobining ro‘y berishi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Fanning o‘tilishidan asosiy maqsad fan va texnika sohasida erishilgan qiziqarli yutuqlarni bayon qilish orqali talabalarda fanning turli sohalarini chuqur o‘rganishga qiziqish hosil qilish, barcha ilm bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan kishilarga dalda bo‘lishdir. Fan va texnika tarixining asosiy vazifasi shundan iboratki, ushbu fanni o‘qigan-o‘rgangan kishi olam, borliq, mavjudodlar haqida elementar (dastlabki) tushunchalar hosil qiladi. O‘quvchi o‘zida inson olamning zarrasi ekanligiga ishonchni shakllantiradi. Kishida olam xaqida ilmiy tasavvurlar, hosil qiladi. Fan va texnika tarixi fanining dars sifatida o‘tilishi dolzarbligi. Muxtaram Prezidentimiz Islom Karimov fanni rivojlantirish dolzarbligi haqida gapirganlarida quyidagilarni ta’kidlagan edilar: “Ilmga intilish yo‘qolsa, fan taraqqiy etmaydi, ilmu fan rivojlanmasa- jamiyatning kelajagini tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu dahshatni barcha teran xis qilmog‘i darkor”. Barcha, avvalo yoshlar, fan yutuqlaridan xabardor bo‘lishlari, fanni rivojlantirish fidoiylarini vujudga keltirishi, tarbiyalab voyaga yetkazishi zarur. Bunda fan va texnika tarixi fanining o‘z o‘rni bor. Ilmiy va amaliy ahamiyati. O‘zbekistonda buyuk yangilanish jarayonlari davom etayotgan ekan, ishlab chiqarishning barcha sohalari ham, fikr-mulohaza qilish ham ilmiylikka asoslanishi lozim. Fanning yutuqlari yillar davomida olib borilgan ilmiy izlanishlar, amaliy tadqiqotlarning ijobiy va samarali natijalariga bog‘liq. Fandagi yutuqlar esa, jamiyatning porloq istiqbolli va kelajagini belgilaydi. «Ba’zan bittagina ilmiy kashfiyot mamlakatni dunyoga mashhur qilishi mumkin», degan edilar Prezidentimiz Islom Karimov, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining vakillari bilan 1995-yil 2 noyabrdagi uchrashuvida. Fan haqida tushuncha. Inson paydo bo‘lganidan boshlaboq o‘z atrof-muhitini kuzatishni boshlaydi. Kuzatishlar orqali kishilar o‘zida bilim hosil qiladi. Hosil bo‘lgan tushunchalar borliq-mavjudodga yoki muayyan sohadagi tushunchalar yig‘indisi insonda ilmni shakllantiradi. Ijtimoiy hayotda yoki muayyan sohada olib borilgan izlanishlar orqali yig‘ilgan ilmiy-tadqiqodlarning ma’lumotlar majmui fan deb yuritiladi. Masalan: Falsafa fani, Tarix fani, Geologiya fani, Yuqori energiyalar fizikasi fani va hokazolari. "Fan" atamasi o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, tabiat va jamiyatning taraqqiyoti qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar yig‘indisiga aytiladi. Fan haqidagi dastlabki nuqtai nazarlar Qadimgi Sharqda: Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, O‘rta Osiyoda shakllangan. Shu yerda ya’ni Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi jarayonida tabiat va jamiyat haqidagi dastlabki bilimlar to‘plandi, fan darajasida tushunib yetildi, astronomiya, matematika, ahlok, mantiq fanlari nazariy xulosalarning kurtaklari paydo bo‘ldi. Sharq sivilizatsiyasining bu yutuqlarini Qadimgi Yunoniston izchil nazariy sistema sifatida qabul qildi va qayta ishladi, oqibatda diniy va afsonaviy an’analardan ajralib chiqqan, aniq, fanlar bilan shug‘ullanuvchi mutaffakirlar shakllandi. G‘arbda yunon falsafasi va yaratilgan ilmiy merosning katta kismi Rim imperiyasining qulashi (476 y.) bilan XIII-XIV asrlardagi uyg‘onish davr oralig‘idagi “jaholat davri”da yo‘qotildi. Arab-Islom madaniyati ellinistik merosini faol o‘zlashtirdi va ijodiy rivojlantirdi. Bu o‘zlashtirish deb ta’kidlaydi, norvegiyalik olimlar Gunnar Skirbekk va Nils Gilpelar XVI-XVII asrlarda ilm-fan inqilobiga qadar dunyoning juda katta qismidagi intellektual madaniyatda yetakchilik qilgan. Yangi arab tilidagi an’ananing manbasiga aylangan. X-XI asrlarda Sharqda, xususan Islom mamlakatlarida juda ko‘p kitoblar yig‘ilgan yuzlab kutubxonalar mavjud bo‘lib birgina Bag‘doddagi kutubxonada 100 000 ga yaqin, Buxoroda Somonxudot kutubxonasida 15 000, Xorazmdagi “Dorul hikma va maorif” ilmiy muassasasida minglab qo‘lyozmalar saqlanmoqda edi. Noyob bu qo‘lyozmalar Sharqda ilm-fanning rivojlanishiga o‘lkan hissa qo‘shdi. Texnika haqida umumiy tushuncha. Texnika-(ChesNpe-mahorat, san’at) — moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning ehtiyojlarini qondirish maqsadida yon atrofdagi tabiatga ta’sir qilishiga imkon beradigan vositalar va ko‘nikmalar majmuidir. Asosiy vazifasi — inson mehnatini yengillashtirish va mehnat unumdorligini oshirish. U tabiat resurslaridan samarali foydalanishga, Yer qa’rini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni o‘zlashtirishga imkon beradi. «Texnika» termini biror ish (hunar) yoki san’atda qo‘llaniladigan usullarni ham bildiradi (mas, to‘quvchilik texnikasi, etikdo‘zlik texnikasi, shaxmat o‘yini texnikasi va boshqalar). Texnika vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, yangicha mahsulot ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilishi bilan yangidan-yangi texnika yaratiladi. Texnika tarixi ibtidoiy jamiyatga borib taqaladi. Umuman, texnika tarixini quyidagi 7 bosqichga bo‘lish mumkin: 1 - oddiy ishlab chiqarish qurollari va usullarining yaratilishi; 2 - murakkabroq ishlab chiqarish qurollari va usullarining yaratilishi; 3-odam tomonidan boshqariladigan murakkab mehnat qurollarining yaratilishi; 4-manufaktura ishlab chiqarish sharoitida mashina texnikasining yaratilishi; 5-ilg‘or mamlakatlarda bug‘ dvigateli asosida ish mashinalarining paydo bo‘lishi; 6-elektr energiyasi asosidagi mashinalar tizimining yaratilishi; 7-avtomatlashtirilgan mashinalar tizimi va kosmik texnikaning taraqqiy etishi, axborotlar texnologiyasi (mas, internet)ning rivojlanishi. Download 80.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling