1-mavzu. Kirish. Geobotanika fanining rivojlanish tarixi. O‘simliklarning hayotiy shakllari. Reja
Download 234 Kb.
|
геоботаника маъруза
Antropogen omillar. Tabiatdagi o‘simliklar qoplamiga qadim zamonlardan buyon inson u yoki bu darajada ta’sir etib kelmoqda. Inson o‘simliklar qoplamiga ekologik omil sifatida ongli va ongsiz ta’sir etib keladi. Yerda hayot paydo bo‘lgandan buyon insonning biosferadagi ta’siri shunchalik ko‘payib ketdiki, hozirgi vaqtda inson ta’siriga uchramagan o‘simliklar jamoasini topish juda qiyin. Yer yuzida yashayotgan kishilarning ehtiyoji va unga bo‘lgan talabini qondirish muammosini o‘ylasak inson tabiatga juda katta ta’sir etuvchi omil ekanligini bilamiz.
Inson tabiatga, jumladan o‘simliklar qoplamiga ma’lum maqsad bilan ta’sir ko‘rsatadi. Natijada juda katta ijobiy o‘zgarishlar qiladi. Ko‘plab madaniy o‘simliklar yetishtiradi. Ko‘plab turlarni iqlimlashtiradi, serhosil, issiq va sovuqga chidamli, manzarali navlar yaratadi. Insonning barcha yo‘nalishlar yo‘lida qilgan ishlari doimiy ravishda o‘simliklar olamida ijobiy o‘zgarishlarga olib kelavermaydi. Insonning yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun, uy-joy, turli xil imoratlar qurish uchun qilgan harakatlari natijasida O‘zbekiston sharoitida ko‘plab archazor va pistazorlar yo‘qqilib yuborilgan. XX asrning boshlarida Hisor va Turkiston tog‘laridagi archazorlar «ishbilarmonlar» ning «tashabbusi» bilan Germaniyaga, Amerikaga, Chexiyaga qalam ishlab chiqarish sanoatini yuritish maqsadida sotilgan. Natijada birgina Zomin tog‘laridagi minglab gektar archazorlar kesilib ketgan. Yoki temir yo‘llardagi paravozlarni yuritish uchun Zarafshon, Qashqadaryo, Katta O‘ra daryolaridan tog‘ning qanchalab archalari kesib oqizilgan. Tabiatga, o‘simliklar qoplamiga insonning bunday salbiy ta’sirlarni ko‘plab misol tariqasida keltirish mumkin. Insoniyat o‘zining o‘tgan ikki ming yillik faoliyati davomida yer yuzasidagi yuz minglab gektar o‘rmonlarni yo‘qqilib yuborgan. Cho‘llarni o‘zlashtirish natijasida Qizilqum, Mirzacho‘l, Qarshi, Surxon cho‘llarining tabiiy o‘simliklar qoplami keskin o‘zgarib ketgan. Bularning hammasi ongsiz ta’sir natijasida yuzaga kelgandir. O‘simliklar qoplamini o‘zgartirish, florani boyitish maqsadida ko‘plab ongli ijobiy ishlar bajarilmoqda. Asosan antropogen omillar ta’sirida o‘simliklar olamiga ko‘rsatilgan oqibatlar natijasida O‘zbekiston “Qizil kitobi” nashr etildi va bunga 300 dan ortiq tur muhofazaga muhtoj tur sifatida ro‘yxatga kiritildi. Download 234 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling