1-mavzu. Kirish. Geobotanika fanining rivojlanish tarixi. O‘simliklarning hayotiy shakllari. Reja


Download 234 Kb.
bet6/13
Sana08.01.2022
Hajmi234 Kb.
#239369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
геоботаника маъруза

Orografik-relyef omillar. Orografik omillarni relyef, lanshaft omillari deb ham atash mumkin. Bu omil bilvosita ta’sir etib, o‘simlikka to‘gridan to‘g‘ri ta’sir etmaydi. Balki boshqa omillar, iqlim omili orqali ta’sir ko‘rsatadi. Orografik omillar deganda joyning dengiz sathidan balandligi, o‘ziga xosligi, yonbag‘irliligi e’tiborga olinadi. Orografik omillarning ta’siri o‘simliklar qoplamiga yer yuzasining balandligiga qarab o‘zgarib boradi. O‘rta Osiyo sharoitida dengiz sathidan ko‘tarilish darajasiga qarab o‘simliklar qoplami mintaqalar bo‘ylab navbat bilan almashinadi. O‘rta Osiyo sharoitida o‘simliklarning mintaqalar bo‘ylab pastdan yuqoriga qarab ko‘tarilib borishini va bu yerda bo‘ladigan o‘zgarishlarning qonuniyatini akademik Q.Z.Zokirov XX asrning oltmishinchi yillarida ishlab chiqqan edi. O‘rta Osiyoda cho‘l, adir, tog‘, yaylov mintaqalari mavjud.

Dengiz sathidan har yuz metr balandlikka ko‘tarilishi bilan harorat 0,5 °C ga o‘zgarib boradi.Ana shunga ko‘ra o‘simliklar qoplami ham o‘zgarib boradi. Shu bilan birga yer yuzasining ekspozitsiyasi va tomonlari ham o‘simliklar qoplamiga, qoplamdagi turlar tarkibiga ta’sir ko‘rsatadi. Bir xil balandlikdagi shimoliy va janubiy yon bag‘irlarda o‘simliklarning morfologik, biologik, fiziologik, ekologik xususiyatlari ham farqqiladi. O‘simliklar qoplami va qoplamdagi turlarning tarqalishida joyning yonbag‘irligi va qiyalik darajasi ham katga rol’ o‘ynaydi, Janubiy yon bag‘irlarga quyosh nuri ko‘p va tez tushishi natijasida turlar son jihatidan kam, o‘simliklar qoplamining zichlik darajasi ancha past bo‘ladi. Tog‘ mintaqasining shimoliy yon bagrida, asosan, o‘rmon hosil qiladigan daraxtlar va butalarning turlari ko‘p o‘sadi. Daraxt va butalarning qalin-zich o‘sishi joyning mikroiqlimini o‘zgartiradi, ya’ni nam uzoq vaqt saqlanadi, tuproq unumdorligi yuqori bo‘ladi, chirindilar miqdori boshqa tur o‘simlikning o‘sishi uchun qulay muhit yaratadi. Janubiy yonbag‘irlarda yorug‘sevar, issiqsevar turlar ko‘proqo‘sadi.

Orografik omillar mintaqalikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham har bir mintaqa ikkita bosqichdai iborat, ya’ni pastki va balandki-yuqori mintaqalardan iborat bo‘ladi. Misol uchun, pastki tog‘ mintaqasi va yuqorigi tog‘ mintaqasi mavjuddir. O‘simliklarning mintaqalar bo‘ylab tarqalishi hayotiy shakllariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Orografik omilning-relyefning o‘simliklar qoplamiga ta’sir ko‘rsatish darajasiga qarab 3 gruppaga bo‘linadi.

1. Makrorelyef — bular baland tog‘lar bo‘lib, dengiz sathidan har 100 m ko‘tarilishi bilan havo harorati 0,5° C ga pasayib boradi. Natijada o‘simliklar qoplami va turlar soni ham o‘zgarib boradi. Makrorelyef asosan, baland tog‘ mintaqasi bo‘lib, tog‘lar ham uch qismga bo‘linadi. tog‘ etagi-adir bilan tutashgan joyi, tog‘ning asosiy qismi, tog‘ning ustki qismi ya’ni yaylov bilan tutashgan joyi.

2. Mezorelyef — bunga asosan daryo o‘zanlari kirib, bu yerda tuproq namligi, oziq moddalar miqdori va tarkibi o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Yil fasllarining almashinishi, jumladan bahorgi suv toshqinlari vaqtida daryo o‘zanlarining tuproqqatlami va tarkibi o‘zgarib turadi. Daryo suvlarining tezoqishi natijasida boshlanish qismida yirik toshlar va shag‘allar to‘planib qoladi. O‘rta va quyi qismida esa oqim sekinlashib chirindiga boy tuproq zarrachalari-loyqa yig‘iladi. Daryoning boshlanish qismida tuproqg‘ovak bo‘lib, tosh va shag‘allar to‘plangan yerlarda buta va daraxt turlari o‘sadi. Ba’zibir ko‘p yillik boshoqdoshlar vakillari ham uchraydi. Daryo o‘zanining o‘rta oqimida ikki pallalilar sinfining vakillari uchrasa, quyi oqimidagi loyqa tuproqlarda chim hosil qilib o‘suvchi iloq, qo‘ng‘irbosh kabi qo‘ng‘irboshdoshlar oilasining vakillari o‘sadi.

3. Mikrorelyef — uncha katta bo‘lmagan tepachalardan iborat bo‘ladi. Bunday tepachalar cho‘l mintaqasida, adir mintaqasining tekis qismida kemiruvchi jonivorlarning faoliyati natijasida hosil bo‘ladi. Ba’zan shamollar natijasida o‘simliklarning (yantoq, isiriq, achchiq buta) ildizlari bo‘g‘zida qum tepachalar hosil bo‘lib qoladi. Bunday joylarda kserofil tur o‘simliklar bo‘lib, tekis yerlarda o‘suvchi o‘simlik turlaridan bir oz farqqiladi.




Download 234 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling