1-Mavzu: Kirish. Gistologiya va embriologiya faniga kirish. Reja: Kirish


Download 34.63 Kb.
bet4/4
Sana06.04.2023
Hajmi34.63 Kb.
#1331975
1   2   3   4
Bog'liq
222k

TO`QIMALAR TO’G’RISIDA TA’LIMOT

Bir necha xil to`qimalardan tashkil topgan murakkab sistema hisoblanuvchi organizm o`z taraqqiyotini yagona hujayra - zigotadan boshlashi bizga embriologiya kursidan ma`lum. Zigota maydalanish natijasida ko`p hujayrali organizmga aylanadi. Bu maydalanish mitoz bo`linish bo`lib, hosil bo`layotgan hujayralar bir xil genotipga ega. To`qimalar esa hujayralarning organizm taraqqiyoti jarayonida tabaqalanishi (differensiatsiyasi) natijasida hosil bo`ladi. Tabaqalanishni tuxum hujayra sitoplazmasida moddalar taqsimlanishining bir xil emasligi va turli to`qimalar taraqqiy qilayotgan sharoitlarning bir-biridan farq qilishi bilan izohlash mumkin.
To`qima (histos - to`qima) evolyutsion taraqqiyot natijasida vujudga kelgan, morfo-funksional xossalari va moddalar almashinuvining umumiyligi bilan xarakterlanadigan, individual taraqqiyot jarayonida umumiy manbalardan kelib chiqadigan hujayralar va ularning hosilalaridan iborat sistemadir. To`qimalarni o`rganish va tasnif qilishda uch asosiy omilni: to`qimalarning kelib chiqishi hamda tarqqiyoti (genezi)ni, morfologik va funksionalxossalarini hisobga olish lozim. Faqat ana shu uch omilga asoslangan tasnif tabiiy, to`qimalar o`rtasidagi munosabatlarni to`g`ri aks ettiruvchi tasnif bo`ladi. To`qimalar embriongenez davrida paydo bo`lib, tabiiyki keyin ham rivojlanishni davom ettiradi: hujayralar va hujayra shakliga ega bo`lmagan elementlarning differensiatsiyasi doimo yuz berib turadi. Binobarin, to`qimalar tarkibida yetilgan va ma`lum vazifani bajarishga ixtisoslashgan hujayralar bilan birga kam tabaqalangan, ko`payish va differensiatsiya qobiliyati saqlangan yosh hujayralar - kambialelementlar ham mavjud bo`ladi.
To`qimalarning evolyutsion taraqqiyot natijasida kelib chiqishi masalasini o`rganishda mashhur rus olimi I.I.Mechnikovning fagotsitella (parenximella) nazariyasi katta ahamiyatga ega. Bu nazariyaga ko`ra hozirgi zamon ko`p hujayrali hayvonlarining ajdodlari sharsimon koloniyalar shaklidagi organizmlar bo`lgan. Parenximella (fagotsitella) ichi hujayralar bilan to`lgan epitelial shar bo`lib, ovqat hazm bo`lishi hujayra ichida fagotsitoz yo`li bilan yuz bergan. Oziq moddalarni atrof-muhitdan faqat koloniya chetida joylashgan hujayralar qabul qila olgan. Oziq moddalar bilan to`yingan hujayralar koloniya ichiga o`tib, ular o`rniga esa ichki qismdagi hujayralar chiqqan. Chetki hujayralar cho`zinchoq shaklga ega bo`lib, tukchalari bo`lishi ehtimol, ichki hujayralar esa amyobasimon harakat qilishga qobil bo`lgan. Keyinchalik, iborali qilib aytganda, hujayralar o`rtasida mehnat taqsimoti yuz bergan: chetki hujayralar koloniyaning suvda harakat qilishini ta`minlash va oziq moddalarni qabul qilish bilan mashg`ul bo`lsa, ichki hujayralar fagotsitoz yo`li bilan himoya vazifasini amalga oshirgan hamda sodda (primitiv) skelet xizmatini o`tagan. Differensiatsiya yuz berishi bilan koloniyalar ko`p hujayrali va to`qimalarga ega tuzilishli organizmlarga aylangan. Ikki eng qadimgi to`qima - qoplovchi (chegara) to`qima va tayanch-trofik to`qimalar guruhi oliy hayvonlarda ham mavjud. Filogenez natijasida, hayvonlar organizmi harakatining mukammallashuvi oqibatida o`zaro aloqador ravishda muskul va nerv to`qimalari kelib chiqqan.
Ko`pchilik olimlar e`tirof qiladigan va Leydig (1857) tomonidan taklif etilgan tasnifga muvofiq oliy hayvonlar organizmida epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to`qimalar mavjud. To`qimalar evolyutsiyasini o`rganishga A.A.Zavarzin va N.G.Xlopinlar katta hissa qo`shgan. Hayotiy jarayonlarining asosiy tomonlarini ochib beruvchi funksional prinsiplarga asoslanib A..A.Zavarzin himoya vazifani o`tovchi chegara to`qima (epiteliy); moddalar almashinuvi va tayanch-mexanik funksiyalarini bajaruvchi ichki muhit to`qimalari guruhi; qisqarishni ta`minlovchi muskul to`qimasi va reaktiv vazifa bajaruvchi nerv to`qimalarni farq qilishni tavsiya qilgan. To`qimalarning evolyutsiyasi divergent yo`l bilan boradi.
Download 34.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling