1-Mavzu: Kirish. Kasbiy faoliyatda hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Ta’lim tехnоlоgiyasining mоdеli


Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi


Download 0.8 Mb.
bet9/84
Sana09.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1469195
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84
Bog'liq
Хаёт фалоти хавфсизлиги

Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi.
-Hayot faoliyati xavfsizligi fani - ilmiy metodologik fanlar qatoriga kirib, uning asosiy maqsadi, inson hayot faoliyatida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish uslublarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qilish, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan himoyalanishga tayyorlash hamda jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat.
– bo`lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo`qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish qoidalarini o`rgatishdan iborat.
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining markaziy e’tiborida “inson- tabiat-jamiyat” rivojlanishining maqsadlari yotadi.

Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy vazifalari :
1. Xavflarning identifikatsiyasini o‘rganish. Bunda inson faoliyati jarayonida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, uning xususiyatlarini va ko‘ngilsiz oqibatlarini o‘rganish.
2. Ishlab chiqarish jarayonlarida va xizmat ko‘rsatish sohalarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rganish.
3. Ishlab chiqarish jarayonlarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan uslubiyatlarni ishlab chiqish.
4. Fuqarolarni turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o‘rgatish.
5. Mehnat jarayonlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish chora- tadbirlarini o‘rganish.
6. Tabiiy, texnogen va ekologik shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklash ishlarini o‘tkazish.
7. Jarohatlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish.
 Hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o`rganish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o`rganish. SHuningdek, aholini tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o`rgatish, zararlangan shikastlanish o`choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklov ishlarini o`tkazish, yong’inga qarshi xavfsizlik choralarini ko`rish, jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim, ko`nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling