Xavflarning turlari quyidagicha tasnif qilinadi:
Kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: tabiiy, texnogen, antropogen (inson bilan bog‘liq) va ekologik.
Ta’sir xususiyatiga ko‘ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik.
Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong‘in, nurlanish, kuyish va boshqalar.
Keltiruvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy.
Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushda, sportda, yo‘l transportida, ishlab chiqarishda, urush yoki tabiiy ofat natijasida yuzaga keladigan xavflar.
Insonga ta’sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv).
Ta’sir doirasiga ko‘ra: lokal, mahalliy, milliy, global.
Ta’sir etish tezligiga ko‘ra: tasodifiy, shiddatli, mo‘tadil va ravon.
Xavflarning taksonomiyasi.
Taksonomiya - murakkab hodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni yoki obektlarni bir sistemaga solish haqidagi fandir. Xavflar taksonomiyasi - xavflarni tartib bo‘yicha joylashtish degan ma’noni anglatadi. Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Xavflarning taksomaniyasini tuzishni, xavflarning tabiatini chuqur o‘rganish orqaligina amalga oshirish mumkin.
Xavflarning nomenklaturasi
Nomenklatura - muayyan belgi, xususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxatidir. Masalan, tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlar nomenklaturasi birmuncha aniq tuzilgan. Jumladan, antibiotiklarga: tetratsiklin, ampitsilin, oksotsilin, biotsilin, sefozolin va boshqalar kiradi.
Xavflar kvantifikatsiyasi.
Kvantifikatsiya - murakkab tushuncha, (ofat, talafot, yong‘in, nurlanish, shamol va hokazo)larning sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishidir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli, darajali, tezlanishli (m/s, m/soat) va boshqa usullari qo‘llaniladi. Jumladan, er silkinishining kvantifikatsiyasi - ballda yoki magnitudada, shamollar - m/s, er ko‘chkilari - m/soat yoki km/soatda, kuyish, nurlanish, buzilishlar - darajali usullari qo‘llaniladi. Xavflarni baholashda esa «tavakkal» qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |