Xavfsizlikni ta'minlash usullari, ta`riflari
Inson o`z mehnat faoliyati jarayonida boladigan fazo - ish joyi deb ataladi (gomosfera). Xavf mavjud yoki vaqti – vaqti bilan paydo boladigan fazoni noksosfera deyiladi. Xavfsizlikni taininlashga quyidagi 3 xil usullar orqali erishiladi:
Gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqtiy ma'noda ajratib qo`yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashlirish vositalari yordamidan foydalaniladi.
Xavflarni yuqotish yoli bilan noksosferani me'yorlashtirish. Bu usulga ishchilarning shovqin, gaz, changdan, jarohatlanishdan saqlovchi shaxsiy va kollektiv himoya vositalari qo`llash.
V) Bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashishga, uni himoyalash darajasini ko`tarishga yo`natirilgan har xil vositalar va usullarni o`z ichiga oladi, Kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta'sir va (shaxsiy) himoya vositalari qollash. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar (kombinatsiyasi) birgalikda qollaniladi.
Xavfsizlikni ta'minlovchi vositalarga, jamoa (kollektiv) va shaxsiy himoya vositalari kiradi. (JXV va SHXV). Ular o`z yolida xavflarning turiga, tuzilishiga, ishlatish sohasiga nisbatan guruhlarga bolinadi.
Hayotiy faoliyat xavfsizligini boshqarishning - uslubiy asoslari
HFX boshqarilishida - inson - muhit sistemasi tushuniladi.
HFXni boshqarish - bu aqlan (atay) obyektni xavfli holatdan, kam xavfli holatga o`tkazish. Bunda iqtisodiy va texnik maqsadga muvofiqlik shartlariga amal qilinadi. HFXning boshqarish sxemasi 2-rasmda keltirilgan.
Ichki birlamchi ma’lumоt оrqali chiqishsignali
2 – rasm. Hayotiy faoliyat xavfsizligini boshqarish sistemasi
Hayot fоliyati хavfsizligining aspеktlarga lоyiq juda ko`p bоshqaruv vоsitalari mavjud. Bular qatоriga хalq оmmasining ma’rifati, kasbni tanlash va o`rganish, оdamlarda intizоm madaniyatini tarbiyalash, bоshqaruvchi shaхslarga ruhiy ta’sir, shaхsiy va jamоa, himоya хamda tехnik vоsitalar kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |