HFXni boshqarishning vazifalari
Boshqarish vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Obyekt holatining tahlili va bahosi.
2. Boshqarishning tadbirlari.
3. Boshqariluvchi va boshqaruvchi sistemalarni tashkil qilish.
4. Boshqarishning tashkiliy ishlarini nazorat qilish va tekshirish sistemalarini
yaratish.
5. Tadbirlarning ta'sir qilishini, foydasini aniqlash.
6. Rag`batlantirish.
HFX ning boshqarish vositalari
HFXni boshqarish quyidagilardan iborat:
Dunyoqarashlik, fiziologik, ruhiy, ijtimoiy, tarbiyaviy, ekologik, tibbiy, texnik. huquqiy va iqtisodiy.
HFXning aspektlariga loyiq juda ko`p boshqaruv vositalari mavjud. Bular qatoriga xalq ommasining ma'rifati, kasbni tanlash va o`rgatish; odamlarda intizom madaniyatini tarbiyalash; boshqariluvchi shaxslarga (subyektlarga) ruhiy ta'sir: shaxsiy va jamoa himoya va texnik vositalari (SHHV va JHV) va h.k
Xavfsizlikni taminlashga quyidagi usullar orqali erishiladi:
a) gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqt bo`yicha ajratib qo`yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, rabotlashtirish
vositalari yordamidan foydalaniladi;
b) xavflarni yo`qotish yo`li bilan noksosferani me`yorlashtirish. Bu usulga
ishchilarning shovqin, gaz, changdan jarohatlanishidan saqlovchi shaxsiy va
birgalikdagi himoya vositalarini qo`llashi kiradi;
d) bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashtirishga, ularni himoyalash
darajasini ko`tarishga yo`naltirilgan har xil vositalar va usullar: kasbiga qarab
tanlash, ruhiy ta`sir va (shaxsiy) himoya vositalari qo`llashni o`z ichiga oladi.
Amalda esa yuqorida aytilgan usullar birgalikda qo`llaniladi.
Xavfsizlikni ta`minlovchi vositalarga, jamoa (JHV) va shaxsiy (SHHV)
himoya vositalari kiradi. Ular o`z navbatida xavfsizlikning turi, tuzilishi,
ishlatish sohasiga ko`ra guruhlarga bo`linadi.
Mavzuni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan tayanch so’z va iboralar:
Hayot faoliyati, Xavfsizlik, inson, muhit
Do'stlaringiz bilan baham: |