2.9.5.2. Tashish-uyumlash ko’prigini ta’mirlash paytida bir vaqtda avtomatik va qo’l tormozi qurilmalarini yechish taqiqlanadi.
2.9.5.3. Yo’l yaqinidagi uyumlagichlarni pasangilari harakatlanadigan zona, ularga odamlar yaqinlashmasligi uchun to’silishi yoki vertikal signal rejalanishi ko’rsatilishi kerak.
2.9.5.4. Tashish-uyumlash ko’priklari va uyumlagichlar konveyerlari ikki tomonidan to’silgan eni kamida 0,7 m bo’lgan xizmat ko’rsatish maydonchasiga ega bo’lishi kerak.
2.9.5.5. Kuchli yomg’ir, dovul paytida, shuningdek ko’rinish 25 m gacha (tuman, bo’ron) bo’lganda tashish-uyumlash ko’priklari ishlati va harakatlantirish taqiqlanadi.
2.9.5.6. Tashish-uyumlash ko’priklarini qurilma yoki jihozga, shu jumladan ayrilish joylariga 1,0 m dan kam masofoda yaqinlashtirish taqiqlanadi.
Kon-transport jihozlari tepasida tashish-uyumlash ko’priklarini ishlatish taqiqlanadi.
2.9.5.7. Uyumlagichlar qadamlagich va qadamlash-relьsli harakat bilan siljitishda, uni yuk tushirish konsoli tagidan transport, mashina va mexanizm, shuninglek odamlarning o’tishi taqiqlanadi.
2.9.5.8. Tashish-uyumlash ko’prigini uyum konsoli chekkasi va uyum pushtasi orasidagi masofa kamida 3 m, davriy harakatlanadigan konsolli tasmali uyumlagichlar yonidan uzoqligi kamida 1,5 m bo’lishi kerak.
2.9.5.9. Tashish-uyumlash ko’priklarini uyum tayanchlarini drenaj shtreklari bilan siljitish karьer bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan pasportga muvofiq ravishda amalga oshirilishi kerak.
10 - Mavzu. Transport (tashish) mashinalarni boshqarishda hamda ularga xizmat ko`rsatishidagi xavfsizlik
Do'stlaringiz bilan baham: |