1-mavzu kirish. Maxsus va ixtisoslashgan traktorlar. Traktorsozlikda ushbu yo’nalishning rivojlanish tarixi. Ixtisoslashgan traktorlarga qo’yiladigan alohida ekspluatatsion talablar kirish


Download 18.75 Kb.
bet3/5
Sana08.11.2023
Hajmi18.75 Kb.
#1757649
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu kirish. Maxsus va ixtisoslashgan traktorlar. Traktorsozl-fayllar.org

Universallashuv 
Majud traktorlardan imkoni boricha samaraliroq foydalanish uchun uning quvvat
ko’rsatkichlari va mobillik xususiyatlari yaxshilanadi, har xil agregatlarni qo’llab
ishlash imkoniyatlari oshiriladi. Masalan, qishloq xo’jaligida ishlatiluvchi traktorlar
yerga ishlov berishdan tortib to hosilni yig’ib-terib olish va kerakli joyga eltishgacha
bo’lgan ishlarni bajara olishi maqsadga muvofiq. Bunday traktorlar universal traktoralar
deb ataladilar. Konstruktsiyasiga uncha katta bo’lmagan o’zgartirishlar kiritish orkali
qishloq xujaligi traktorlarini umumqurilish, yo’l qurilishi, o’rmonchilik ishlari,
kommunal xo’jalik ishlari va boshqalarda ishlatish mumkin.



Bajaradigan ishlarning turlari qancha kup bo’lsa, traktor shuncha universallashgan


bo’ladi.
Ixtisoslashuv 
Qishloq xo’jaligida va ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlaridagi ishlar
xususiyatlari traktorlarda qo’shimcha ravishda maxsus imkoniyatlar bo’lishini talab
qiladi. Bunday hollarda traktorlar maxsuslashtiriladilar. Masalan, paxtachilikda
ishlatiluvchi traktor-larga qo’yiladigan maxsus talablardan asosiysi ish davomida paxta
g’o’zalariga zarar yetkazmaslikdir. Shu sababli bu traktorlarda yul tirqishi oshiriladi,
g’o’za qator oralarining o’lchamlaridan kelib chiqib koleyasi rostlanadigan qilinadi
(МТЗ-80X, ТТЗ-80-11).
Ko’p hollarda traktorlarni qiyalik joylarda ham ishlatishga to’g’ri keladi. Bunday
sharoitda og’ir ishlarni bajarayotgan traktorning turg’unligini ta'minlash, mexaniztor va
operatorning charchashiga sabab bo’luvchi omillar (o’rindikning doimiy qiya holati
toliqishga sabab bo’ladi) ning oldini olish zarur. Shu sababli ayrim bazoviy traktorlar
yo’l tirqishini kamaytirish (og’irlik markazini yerga yaqinlashtirish), bazasini oshirish
va yurish qismi konstruktsiyasida o’zgartirishlar qilinib, qiyalikdagi turg’unlik
oshiriladi (MTZ-82K, T-40ANK, DT-75K, DT-75N va b.). Bundan tashari o’rindiq
konstruktsiyasiga ham uni domo gorizontal holatda ushlab turuvchi qurilma kiritilishi
mumkin.
Poya balandligi uncha katta bo’lmagan qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda
gildirakli traktorlardan foydalanish qulay. Ammo gildiraklar yerga katta bosim beradi va
tuproqning zichligi oshib ekinlar rivojiga salbiy ta'sir ko’rsatishi mumkin. Bunday
sharoitlarda zanjir kengligi kichraytirilgan zanjirli traktorlardan foydalanish tavsiya
etiladi (masalan, T-70 S). Bu traktor universal MTZ-80 traktori bazasida yaratilgan.
Bundan tashqari ularning bog’dor-chilikka moslashtirilgan modifikatsiyasi ham mavjud
bo’lib, ularning zanjiri tor bo’lishi bilan birga koleyasi ham 20 sm ga kamaytirilgan (T-
70 B). Shuning uchun ularni qator oralari unchalik katta bo’lmagan uzumzor va
bog’larda ishlatish mumkin.
Traktorni botqoq joylarda, qumli cho’l zona-larida va qor sharoitida ishlatish
uchun uning yerga bosimini kamaytirish zarur. Shuning uchun bunday sharoitlarda



asosan bazasi katta bo’lgan zanjirli traktorlar ishlatiladi. Traktor og’irligi va agregatlar


ishlashidan yerga beriladigan bosimni kamaytirishning eng ma'qul yo’li traktor yurish
qismining yerga tegib turuvchi yuzasini oshirishdir. Zaif tuproq sharoitida ishlovchi
ixtisoslashgan traktorlarda zanjir kengligi va bo’ylama bazasi oshiriladi (DT-75B, T-
130B). Bunday traktorlar botqoqlik traktorlari deyiladi.
Kichik hajmdagi yer qazish ishlarida qo’llaniladigan ixtisoslashgan traktorlar ham
mavjud. Bunday ishlarda ish joyini tez-tez o’zgartirib turishga to’g’ri keladi. Shuning
sababli ular asosan mobilligi yuqori bo’lgan g’ildirakli traktorlar bazasiga qo’shimcha
agregat va uskunalar (kovlash cho’michlari va uni harakatga keltiruvchi yuritma
mexanizmlari hamda ish jarayonida turg’unlikni ta'minlovchi tirgaklar) o’rnatish orqali
quriladilar (TTZ-2302SR, T-28XRS va b.).
Ishlab chiqarish tarmoqlari xususiyatlariga qarab, ixtisoslashgan traktorlarning yana
ko’plab turlarini aytib o’tish mumkin.


Download 18.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling