14-Mavzu: sizot suvlari yaqin, sho’rxok va botqoq yerlarda hamda toshloq joylarda bog’ barpo qilish agrotexnikasi reja


Download 17.9 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi17.9 Kb.
#1615242
Bog'liq
14-Mavzu SIZOT SUVLARI YAQIN, SHO’RXOK VA BOTQOQ YERLARDA HAMDA TOSHLOQ JOYLARDA BOG’ BARPO QILISH AGROTEXNIKASI


14-Mavzu: SIZOT SUVLARI YAQIN, SHO’RXOK VA BOTQOQ YERLARDA HAMDA TOSHLOQ JOYLARDA BOG’ BARPO QILISH AGROTEXNIKASI
REJA:

  1. Tog’li yerlardagi mevachilikni tekislikdagi mevachilikdan farqi.

  2. Tog’li yerlarda bog’ barpo etish uchun joy tanlash va daraxtlarni o’tkazish.

  3. Tog’larda mevali ko’chatlarni terrassalarga ekish.

  4. Tog’larda tuproqni eroziyadan saqlash.


1. Tog’li yerlardagi mevachilikni tekislikdagi mevachilikdan farqi. O’zbekistonning tog’ va tog’ etaklari tabiiy sharoiti jihatidan vodiy qismidan sezilarli darajada farq qiladi. Tog’ va tog’ etaklarida yog’in ko’p yog’adi, qishda yer yuzi kor bilan qalin koplanadi va uzoq vaqtgacha kor erimaydi. Havo ko’pincha bulutli, sernam, salkinroq bo’ladi. O’simliklarni usuv davri qisqaroq bo’lib, bahor kechroq boshlanadi va xokazo. YOzda (iyun’-avgustda) ba’zan esa may va senyatbrda yog’ingarchilik umuman bo’lmaydi. Lekin qolgan davrlarda yomgir 1000 mm gacha va undan ham ko’proq yog’adi. Tokka yuqori kutarilgan sari temperatura pasaya boradi. Tog’ va tog’ etaklaridagi yerlar, koya toshlarni hisobga olmaganda, birmuncha unumdordir. Ammo sel va erigan kor suvlari ko’pincha bu tuproqni yuvib, okizib ketadi (tuproq eroziyasi). Tik yonbagirlardagi yerlarga ekin ekish qiyin.Respublikada bunday yerlar necha yuz ming gektarni tashkil etadi. Bunday yerlarning bir qismiga lalmi (so’g’orilmaydigan) ekinlar ekiladi, qolgan qismi esa mol boqish uchun foydalaniladi. Dengiz satxidan 1000-1500 m va undan ham balandda joylashgan, har yili mavsumda 500-600 mm dan ko’proq yog’in tushadigan yerlarda mevazor bog’lar barpo qilinishi mumkin.
Keyingi yillarda O’zbekistonda tog’li yerlarda 6000 gektardan ziyod lalmi (so’g’orilmaydigan) bog’lar va tokzorlar barpo qilindi. Bunday sharoitdagi bog’larning hosildorligi gektaridan o’rta hisobda 50-60 s ga yetadi. Tog’lardagi bog’lar tekisliklardagiga qaraganda bir qismi afzalliklarga ega. Tog’lardagi bog’larni sovuq urmaydi, ular vodiydagiga qaraganda kechroq gullaydi va qora sovuqlardan kam zararlanadi. SHuning uchun barvaqt gullaydigan meva daraxtlari (bodom, o’rik), ko’pincha, har yili hosil qiladi.
Tog’lar va tog’ etaklaridagi lalmikor yerlarda ham, xuddi tekisliklardagi singari, barcha meva turlari bilan birga anjir, anor, unabi (jiyda) o’stirish mumkin. Bu yerlarda bodom, yong’oq, pekan, o’rik, yirik mevali dulana, unabi va pista o’stirish ayniqsa samaralidir.
Tog’dagi bog’lar shartli (1-2 marta) so’g’oriladigan va suvli yerlarda yuqori hosil beradi. Tog’ sharoitida o’stirilgan mevalar, tekisliklarda yetishtirilganiga qaraganda ancha sershira (olmalarniki 2-3 % ko’p), yana ham yaxshi rangdor, uzoq turadigan va vitaminga boy bo’ladi.
2.Tog’li yerlarda bog’ barpo etish uchun joy tanlash va daraxtlarni o’tkazish. Bog’ barpo etish uchun joy tanlashda daraxtlarni o’tkazish va parvarish qilish, jumladan, Tog’ yon bagirlarni terrasalash, yerni xaydash va yumshatish kabi ishlarni mexanizatsiyalash imkoniyatlarini hisobga olish lozim. SHu maqsadda mumkin qadar tekis rel’yefli, jarlik va upkonsiz, yirik toshsiz va boshqa yerlar tanlanadi. Bog’larni so’g’orib turish uchun ularni soy va buloklar yaqinida barpo etish ma’qul kuriladi. Bu xaydashdan oldin uchastka tekislanadi, undagi unkir-chunkirlarga tuproq suriladi, yirik toshlar olib tashlanadi. yer 60-70 sm chuqurlikda xaydaladi. Tuproq unumdorligini oshirish maqsadida unga katta dozalarda ug’it solinadi.
Bog’lar, so’g’oriladigan sharoitda maxalliy meva daraxtlarining payvandtaglarida o’stirilgan bir yillik va ikki yillik ko’chatlardan barpo etiladi. Tik yon bagirlardagi yerlarga meva urug’lari ekib bog’lar barpo etish mumkin, urug’ ko’chatlar keyin xuddi shu joyning o’zida kurtak payvand qilinadi. Urug’ egatlarga ekiladi, bunda har metrga 50-60 ta urug’ sarflanadi yoki uyalab eqishda har uyaga ikki-uchtadan urug’ tashlab ketiladi.
Tog’ mevachiligi tajriba ko’rsatganidek, terrasalar ochish yuqoridan okib tushadigan yomgir suvlarini ushlab qolishda samarali vosita hisoblanadi. Bu tadbir tuproqning kam yuvilib ketish imkonini beradi. Bunda korning erishi bir necha kunga orqaga suriladi va kor suvi ancha yaxshi singadi. SHuning uchun bunday yerlarda tuproq terrasalash o’tkazilmagan uchastkalardagiga qaraganda sernam bo’ladi, bu esa daraxtlarning suv bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, terrasalarda 20 sm chuqurlikdagi tuproq terrasalash o’tkazilmagan uchastkalardagiga nisbatan 1-20 issiqroq bo’ladi. Vegetatsiya davrida terrasalardagi biologik aktiv harorat yigindisi 100-1500 ga ortadi. Bo’larning xammasi meva daraxtlarining o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Bog’ barpo qilinadigan yon bagirlarning qiyaligi 150 gacha bo’lishi yaxshi hisoblanadi. O’rik va bodom 30-350 gacha qiya bo’lgan tik yonbagirlarda usa oladi. YOn bagir kancha tik bo’lsa, meva daraxtlari ekish uchun (suv va oziqlanish rejimi jihatidan) shu qadar yaroqsiz hisoblanadi. SHimoliy yon bagirda ko’p, g’arbiy yon bagirda kamroq, sharkiy va janubiy yon bagirlarda ancha kam kor tuplanadi. Bahorda dastavval janubiy yonbagirning kori erib ketadi. Korning tuplanishi jihatidan qaraganda yonbagirlar o’rtasidagi tafovut 10-20 kunga boradi. YOn bagirlar temperatura rejimi jihatidan ham farq qiladi, chunonchi, yozda janubiy yon bagir issiq, shimoliysi - ancha salkinroq bo’lib, yerning isishidagi tafovut 5-70 gacha boradi. Demak, qolgan yon bagirlar o’rtasidagi tuproq namligi ham (iyulda 3-5 % ga) o’zgaradi.
3. Tog’larda mevali ko’chatlarni terrassalarga ekish. Tog’ yon bagirlarda chuqur terrasalar ham kuriladi. Bundan maqsad - sel okimlari va tuproq eroziyasining oldini olishdir. Bunda terrasalar zinapoya shaklida kurilib, uning orqa devoridan (qiyalikka kundalang qilib) arik ochiladi. Terrasalar orasidan utgan yog’in-sochin suvlar xaligi ariklarga tushadi va ularni tuldirib singib ketadi. Terrasani suv buzib yubormasligi uchun, uning chekkalariga chim, o’tlar ekiladi.
Er ikki usulda: terrasaning ichkari tomonidan (ko’chat o’tkazish chizigidan asosiy yon bagirgacha) ot kul’tivatorida, tashqi tominidan esa (ekish chizigidan kutarma pushtasigacha) ketmonda yumshatiladi.
Terrasalar yon bagirning yuqori qismidan olinadi, bu pastdagi terrasalarni tuproq kumib ketishidan saklaydi. Traktorning burilishini kulaylashtirish uchun ular ketma-ket emas, balki uchtadan oralatib: birinchi-to’rtinchi, so’ngra esa ikkinchi hamda beshinchisi va xokazo tartibda olinadi.
Terrasalar orasidagi masofa katta daraxtlar shox-shabbasining, shuningdek, yon bagirlarning qiyaligiga qarab belgilanadi. Ular odatda yon bagirning kundalangiga qaratib olinadi, bunda ular o’rtasidagi oralik ikki metrga teng bo’ladi. YOn bagirda tez o’sadigan daraxtlar uchun terrasalar orasi 5-7 m belgilanadi; yon bagirlarning qiyaligi 300 gacha bo’lganda bu masofa 9 m gacha oshiriladi. Lekin tajriba ko’rsatganidek, 25-30 0 dan tik bo’lgan yon bagirlardagi terrasalar (erlari yetarli miqdorda o’zlashtirilmagan tumanlarda) iqtisodiy jihatdan foydasizdir.
So’g’oriladigan terrasalar 120-150 m va 250-300 m gacha uzunlikda bo’lishi mumkin. Bundan qisqa terrasalarda yerni ishlash nokulay bo’ladi.
Bog’ bahorda barpo etiladigan bo’lsa, terrasalar daraxt o’tkazishdan 4-5 oy oldin, kuzda barpo etiladigan bo’lganda esa daraxt o’tkazishga bir yil qolganda tugallanishi lozim.
Bahorda ko’chat o’tkaziladigan yer oktyabrning ikkinchi yarmida, kuzda o’tkaziladigan yer esa martning uchinchi o’n kunligi - mayda tayyorlab qo’yilgani yaxshi.
Terrasada daraxtlar bir qator qilib o’tkaziladi. Kvartalning katta-kichikligi, yer rel’yefiga qarab 2-2,5 ba’zan 5-6 gektargacha belgilanadi.
Meva o’simliklarini terrasadan boshqa yon bagir bo’ylab shaxmat tartibida joylashgan 2-2,5 m li maydonchalarga ham o’tkazish mumkin. Ular yon bagirga teskari qiyalikda o’stiriladi. Bunday xolda meva daraxtlarini 70-80 sm kattalikdagi aloxida xanjuvarlarga o’tkaziladi. Maydonchaning yonlariga tuproqdan okib tushgan suvni ushlab qoladigan marza olib qo’yiladi. Daraxt ko’chatlarini o’simliklar yaxshi usgan va nami yetarli bo’ladigan yon bagirlardagi maydonchalargagina o’tkazish mumkin. Tik qiyalik va juda past-baland yon bagirlarda daraxtlar aloxida maydonnchalarga o’tkaziladi.
Terrasalarga yong’oq ko’chatlari 10x8 m, olma, nok, o’rik ko’chatlari 8x6 m, olxuri, Tog’olcha -6x4 m, bodom -6x5 m, olcha - 6x4 m, unabi - 6x4 m, oralikda o’tkaziladi. Asosiy daraxt turlari 5 m oralikda o’tkazilgan qatorlarni tuldirish uchun oralik daraxtlar - past bo’yli payvandtaglarga ulangan shaftoli, olma va nok, buta shaklidagi olcha va ba’zan olxuri o’tkaziladi. Tog’ sharoitida meva daraxtlari uncha katta bo’lmaydi. Masalan, olma daraxti 5,5 m gacha, nok 4,5 m buy berib o’sadi.
4. Tog’larda tuproqni eroziyadan saklash. Tuproqni mustaxkamlash va uni eroziyadan saklash uchun terrasalar orasidagi maydonlarga ekin ekiladi. Ekilgan ekinlar okayotgan suvning yuvib ketishini kamaytiradi. Ko’p yillik o’tlar - beda, ok suxta, raygras, kashkarbeda, esparset va yungichka kabi ekinlar shu maqsadda ekiladi.
Bog’ barpo etish uchun kuz va bahor muddati hisoblanadi.
Kuzda terrasalar PN-40 plugi bilan 35-40 sm chuqurlikda shudgorlanadi va daraxtlarning tagi, oralaridagi polosalar chuqur qilib xaydab yuboriladi. Bahorda yer yumshatiladi. YOz davomida begona o’tlarni yo’qotish bilan bir vaqtda yer KSL-5 kul’tivatori vositasida 8-12 sm chuqurlikda uch-to’rt marta yumshatiladi. yerni yumshatish oldidan daraxtlarning taglaridagi mul’cha olinadi, yumshatib bo’lgandan keyin esa yana yopib qo’yiladi. Kor erib ketgandan keyin darxol yer birinchi marta yumshatiladi, so’ngra har safar yokkan kuchli yomgirdan keyin yumshatib boriladi. YOg’in-sochin tuxtashi bilan to kuzgacha yerga tegilmaydi.
Kuzda meva daraxtlarining tagini PN-40 plugi bilan 35-40 sm chuqurlikda xaydash vaqtida 60-70 kg fosfor, 30-40 kg kaliy va 30 kg azot solinadi, azotli ug’itlar (90 kg) esa bahorda yerni yumshatish oldidan ishlatiladi. Ug’itlarni yerga yozda kurgokchilik davrida solish ma’qul kurilmaydi.
YOn bagirlardagi barcha bedazorlarni bir vaqtda xaydamaslik lozim, bunda bog’ning bitta qator orasi qisqa vaqtgacha chim bosgan xolda, ikkinchisi esa chopiq qilinmaydigan ekinlar bilan band xolda bo’lsin. yerni qora shudgorligicha qoldirib bo’lmaydi, chunki yon bavgirlarni xaydab tashlab, uzoq vaqt davomida yumshok holatda qoldirish eroziya jatumanlarining kechishiga yordam beradi.
A.P.Dragavsev tog’li tumanlardagi bog’larda tuproqni tabakalashtirgan xolda tutish sistemasini tavsiya etadi. 5-60gacha qiya bo’lgan yon bagirlarda qora shudgor va shudgor qilib siderat o’tlar ekish sistemasini qo’llash: 12-150 gacha qiya bo’lgan yon bagirlardagi so’g’oriladigan bog’larda shudgor qilib siderat o’tlar ekish, qator oralatib chim bostirish, qora shudgor va qisqa vaqt chim bostirishni navbatlashni tavsiya etadi. 15-200 qiya bo’lgan terrasalangan yon bagirlarda qator oralariga madaniy chim bostiriladi. Urilgan ko’katni bog’da mul’cha sifatida qoldirish ma’qul kuriladi.
Bog’lar so’g’orib turilsa ularning o’sishi va ayniqsa yosh daraxtlarning meva qilishi yaxshilanadi.
Begona o’tlarni muntazam ravishda yo’qotib turish lozim. SHu maqsadda terrasalarda, ayniqsa maydonlarni mexanizatsiya vositasida ishlash mumkin bo’lmaydian tashqi chetlarida gerbitsidlar ishlatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Savollar:

  1. Tog’ sharoitida asosan mevali o’simliklardan qaysilari yetishtiriladi?

  2. Tog’ning pastki zonasiga qanday mevalardan eksa bo’ladi?

  3. Tog’da mevalar qachon gullay boshlaydi?

  4. Terrasalarda qanday mevali o’simliklarni ekish mumkin?

Download 17.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling