1-mavzu kirish. Maxsus va ixtisoslashgan traktorlar. Traktorsozlikda ushbu yo’nalishning rivojlanish tarixi. Ixtisoslashgan traktorlarga qo’yiladigan alohida ekspluatatsion talablar kirish


Download 287.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana08.03.2023
Hajmi287.5 Kb.
#1250738
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-мавзу ИТ



1-mavzu 
KIRISH. MAXSUS VA IXTISOSLASHGAN TRAKTORLAR. TRAKTORSOZLIKDA 
USHBU YO’NALISHNING RIVOJLANISH TARIXI. IXTISOSLASHGAN 
TRAKTORLARGA QO’YILADIGAN ALOHIDA EKSPLUATATSION TALABLAR 
 Kirish. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda ishlab chiqarish jarayonlarini 
mexanizatsiyalashda yangi davr boshlandi. Ishlab chiqarish texnikasi misli ko’rilmagan 
darajada takomillashdi. Ish unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi texnika 
vositalari paydo bo’ldi, mavjudlari tinimsiz takomillashtirib borildi. Texnika 
samaradorligini oshirishga bo’lgan doimiy talab tarmoqlarda maxsus yondoshuvni talab 
qiluvchi ishlab chikarish jarayonlarining vujudga kelishiga olib keldi. Bu jarayonlar ishlab 
chiqarishda asosiy mobil quvvat vositasi (MQV) hisoblangan traktorlarning ham har 
tomonlama takomillashuvini ta'minladi. Maxsus traktorlar va ixtisoslashtirilgan bazaviy 
traktorlarni ham shunday rivojlanish natijasi deb qarashmumkin.
 
Fanni o’qitishdan maqsad 
–bo’lg’usi mutaxassislarda yerusti transport tizimlari (YUTT), shu jumladan
maxsus traktorlarni loyihlash, ulardan foydalanish, ta'mirlash hamda ularga texnik xizmat 
ko’rsatish, uzel-mexanizm va agregatlarining ishlashi, sozlashlari bo’yicha umumiy kasbiy 
ta'lim olishlarini ta'minlash. 
 
O’quv fanini o’rganishning asosiy vazifalari: 
-canoat va maxsus traktorlar umumiy tuzulishi va tasniflanishi; 
-agregat va boshqarish mexanizmlarining traktorda joylashishi hamda yondosh 
uzellar bilan ta'sirlashishi; 
-har qaysi agregatning tuzilishi, vazifasi, ularga qo’yilgan talablar; 
-traktorlarning energetikasi, kuch uzatmalari va ish qurilmalari kabilar bilan bog’lik 
bo’lgan texnik jihatlar bo’yicha chuqur bilim berishdan iborat.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-bilimlarning bir butun tizimi bilan o’zaro bog’liqlikda bo’lajak kasbining mohiyati 
va ijtimoiy ahamiyati;
-respublikada traktorsozlik sohasidagi islohotlarning natijalari, xududiy muammolar 


hamda fan, texnika va texnologiya yutuqlari;
-maxsus traktorlar konstruktsiyalari rivojining tendentsiyasi tushunchalarga ega 
bo’lishi; 
- maxsus traktorlar tasnifi; 
-uzel-mexanizmlarning tuzilishi, turlari va joylashishi;
-qismlar va ular detallarining materiallari; 
-qismlarning vazifasi, ishlashi, rostlanishlari va texnik xizmat ko’rsatilishi; 
-ishchi va yordamchi jihozlarning vazifasi hamda boshqarilishi; 
-burovchi moment va kuch oqimlarining hosil bo’lish sabablari; 
-uzel va mexanizmlarga texnik xizmat ko’rsatishni bilish va ulardan foydalana 
bilish; 
-maxsus traktorlarni ishlatish ahamiyatini asoslab berish; 
-mehnat xavfsizligi va yong’in xavfsizligi talablarini bajara bilish ko’nikmalariga 
ega bo’lishi; 
-maxsus traktorlarning kinematik va konstruktiv parametrlarini to’g’ri aniqlash 
tajribasiga ega bo’lishi lozim.

Download 287.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling