1-mavzu kirish. Maxsus va ixtisoslashgan traktorlar. Traktorsozlikda ushbu yo’nalishning rivojlanish tarixi. Ixtisoslashgan traktorlarga qo’yiladigan alohida ekspluatatsion talablar kirish
Download 287.5 Kb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу ИТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtisoslashuv
maxsus traktorlar.
Traktorlaning takomillashuvi asosan ikkita bir-biriga qarama-qarshi yo’nilishda sodir bo’ladi: universallashuv va maxsuslashuv. Universallashuv Majud traktorlardan imkoni boricha samaraliroq foydalanish uchun uning quvvat ko’rsatkichlari va mobillik xususiyatlari yaxshilanadi, har xil agregatlarni qo’llab ishlash imkoniyatlari oshiriladi. Masalan, qishloq xo’jaligida ishlatiluvchi traktorlar yerga ishlov berishdan tortib to hosilni yig’ib-terib olish va kerakli joyga eltishgacha bo’lgan ishlarni bajara olishi maqsadga muvofiq. Bunday traktorlar universal traktoralar deb ataladilar. Konstruktsiyasiga uncha katta bo’lmagan o’zgartirishlar kiritish orkali qishloq xujaligi traktorlarini umumqurilish, yo’l qurilishi, o’rmonchilik ishlari, kommunal xo’jalik ishlari va boshqalarda ishlatish mumkin. Bajaradigan ishlarning turlari qancha kup bo’lsa, traktor shuncha universallashgan bo’ladi. Ixtisoslashuv Qishloq xo’jaligida va ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlaridagi ishlar xususiyatlari traktorlarda qo’shimcha ravishda maxsus imkoniyatlar bo’lishini talab qiladi. Bunday hollarda traktorlar maxsuslashtiriladilar. Masalan, paxtachilikda ishlatiluvchi traktor-larga qo’yiladigan maxsus talablardan asosiysi ish davomida paxta g’o’zalariga zarar yetkazmaslikdir. Shu sababli bu traktorlarda yul tirqishi oshiriladi, g’o’za qator oralarining o’lchamlaridan kelib chiqib koleyasi rostlanadigan qilinadi (МТЗ-80X, ТТЗ-80-11). Ko’p hollarda traktorlarni qiyalik joylarda ham ishlatishga to’g’ri keladi. Bunday sharoitda og’ir ishlarni bajarayotgan traktorning turg’unligini ta'minlash, mexaniztor va operatorning charchashiga sabab bo’luvchi omillar (o’rindikning doimiy qiya holati toliqishga sabab bo’ladi) ning oldini olish zarur. Shu sababli ayrim bazoviy traktorlar yo’l tirqishini kamaytirish (og’irlik markazini yerga yaqinlashtirish), bazasini oshirish va yurish qismi konstruktsiyasida o’zgartirishlar qilinib, qiyalikdagi turg’unlik oshiriladi (MTZ-82K, T-40ANK, DT-75K, DT-75N va b.). Bundan tashari o’rindiq konstruktsiyasiga ham uni domo gorizontal holatda ushlab turuvchi qurilma kiritilishi mumkin. Poya balandligi uncha katta bo’lmagan qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda gildirakli traktorlardan foydalanish qulay. Ammo gildiraklar yerga katta bosim beradi va tuproqning zichligi oshib ekinlar rivojiga salbiy ta'sir ko’rsatishi mumkin. Bunday sharoitlarda zanjir kengligi kichraytirilgan zanjirli traktorlardan foydalanish tavsiya etiladi (masalan, T-70 S). Bu traktor universal MTZ-80 traktori bazasida yaratilgan. Bundan tashqari ularning bog’dor-chilikka moslashtirilgan modifikatsiyasi ham mavjud bo’lib, ularning zanjiri tor bo’lishi bilan birga koleyasi ham 20 sm ga kamaytirilgan (T- 70 B). Shuning uchun ularni qator oralari unchalik katta bo’lmagan uzumzor va bog’larda ishlatish mumkin. Traktorni botqoq joylarda, qumli cho’l zona-larida va qor sharoitida ishlatish uchun uning yerga bosimini kamaytirish zarur. Shuning uchun bunday sharoitlarda asosan bazasi katta bo’lgan zanjirli traktorlar ishlatiladi. Traktor og’irligi va agregatlar ishlashidan yerga beriladigan bosimni kamaytirishning eng ma'qul yo’li traktor yurish qismining yerga tegib turuvchi yuzasini oshirishdir. Zaif tuproq sharoitida ishlovchi ixtisoslashgan traktorlarda zanjir kengligi va bo’ylama bazasi oshiriladi (DT-75B, T- 130B). Bunday traktorlar botqoqlik traktorlari deyiladi. Kichik hajmdagi yer qazish ishlarida qo’llaniladigan ixtisoslashgan traktorlar ham mavjud. Bunday ishlarda ish joyini tez-tez o’zgartirib turishga to’g’ri keladi. Shuning sababli ular asosan mobilligi yuqori bo’lgan g’ildirakli traktorlar bazasiga qo’shimcha agregat va uskunalar (kovlash cho’michlari va uni harakatga keltiruvchi yuritma mexanizmlari hamda ish jarayonida turg’unlikni ta'minlovchi tirgaklar) o’rnatish orqali quriladilar (TTZ-2302SR, T-28XRS va b.). Ishlab chiqarish tarmoqlari xususiyatlariga qarab, ixtisoslashgan traktorlarning yana ko’plab turlarini aytib o’tish mumkin. Download 287.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling