d)
o’rmon sanoati va o’rmon xo’jaligi:
O’rmon sanoati traktorlari. Yog’och g’o’lalarini transport vositalariga ortishga
tayyorlovchi trelevka traktorlari.
Zaif tuproq sharoitida o’rmon
maxsulotlarini tayyorlovchi botqoqda yura oluvchi
traktorlar. O’rmon xo’jaligida umumiy ishlarni bajaruvchi traktorlari
Yurish qismining turi bo’yicha:
g’ildirakli;
zanjirli;
yarim zanjirli va zanjir-g’ildirakli turlarga bo’linadi.
G’ildirakli maxsus traktorlar g’ildirak formulasi 4k2, 4k4a, 4k4
b, 3k2 bo’lishi
mumkin.
4K2 (3K2) g’ildirak formulali traktorning ikkita yetaklovchi va ikkita (bitta)
kichik diametrli yetaklanuvchi g’ildirakli ekanini bildiradi.
4K4a, 4K4b- to’rtta
yetaklovchi g’ildiraklar mavjudligini, “
a” harfi boshqarish g’ildiraklarining
diametri
kichik ekanligini “
b”-xarfi esa traktordagi hamma g’ildiraklar bir xil diametrli ekanini
bildiradi.
Yetakch ig’ildiraklari soni ko’p bo’lgan (
8K8, 6K6)
qudratli traktorlar ham
mavjud.
Yarim zanjirli traktorlarda old yetaklovchi g’ildiraklar boshqariluvchi bo’lib, orqada
yetakchi zanjir qilingan bo’ladi.
G’ildirakli-zanjirli traktorlarda ish sharoitiga qarab zanjirli yuritgich oldiga yoki
orqaga o’rnatilgan bo’ladi.
Komponovkalash usuli bo’yicha.
An’anaviy (klassik) yokinoan’anaviy bo’lishi mumkin
Nominal tortish kuchi bo’yicha.
Qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligiga ixtisoslashtirilgan traktorlar o’nta
tortish
sinfiga ajratiladi. Sanoat traktorlari esa sakkizta tortishs infiga ajratiladi (2.1 va 2.2-
jadvallar).
2.1.Qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi traktorlarining tortish sinflari
Tortish sinfi
Nominal tortish kuchi, kN
Tortish sinfi
Nominal tortish kuchi, kN
0.2
1.8 dan 5.4 gacha
3
27 dan 36 gacha
0.6
5.4 dan 8.1 gacha
4
36 dan 45 gacha
0.9
8.1 dan 12.6 gacha
5
45 dan 54 gacha
1.4
12.6 dan 18 gacha
6
54 dan 72 gacha
2
18 dan 27 gacha
8
72 dan 108 gacha
2.2.Sanoat traktorlari tortish sinflari
Tortishsinfi
Konstruktiv massa, kN
Tortish sinfi
Konstruktiv massa, kN
2
4 dan 6 gacha
25
25 dan 35 gacha
6
6 dan 10 gacha
35
35 dan 50 gacha
10
10 dan 15 gacha
50
50 dan 70 gacha
15
15 dan 25 gacha
75
70 dan 90 gacha
Sanoat traktorlari tortish kuchi quruq va qattiq yerda traktor hosil qila oladigan
nominal tortish kuchi orqali belgilanadi. Bu kattalik ko’proq traktor massasiga bog’liq
bo’lgani uchun nominal tortish kuchini massa orqali ifodalash qulayroq bo’ladi.