1-mavzu. Kirish. Mustaqil Vatanimiz iqtisodiy islohotlar yo„lida. O„zbekiston Respublikasining хarakatlar strategiyasi
Yakuniy nazoratda “Yozma ish” larni baholash mezoni
Download 386.85 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. 1-mavzu. Kirish. Mustaqil Vatanimiz iqtisodiy islohotlar yo‘lida.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3 O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha harakatlar
Yakuniy nazoratda “Yozma ish” larni baholash mezoni
Yakuniy nazorat ―Yozma ish‖ shaklida amalga oshirilganda, sinov ko‗p variantli usulda o‗tkaziladi. Har bir variant 2 ta nazariy savol va 2 ta amaliy topshiriqdan iborat. Nazariy savollar fan bo‗yicha tayanch so‗z va iboralar asosida tuzilgan bo‗lib, fanning barcha mavzularini o‗z ichiga qamrab olgan bo‗lishi kerak.
strategiyasi to„g„risida.
Har bir davrning o‗z taraqqiyot omillari, ehtiyojlari, talablari va hayotiy tamoyillari bo‗ladi. Tabiiyki, bularning barchasini shakllantirish va rivojlantirishga, ularga alohida ma‘no-mazmun bag‗ishlashga, bu davrda davlat, jamiyat hayoti, ijtimoiy- siyosiy institutlar faoliyatining aniq yo‗nalishlarini belgilab beradigan ulkan tariхiy voqealar bo‗ladi. 2016 yil 4 dekabrda mamlakatimizda bo‗lib o‗tgan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, hech shubhasiz, yangi tariхimizdagi ana shunday beqiyos hodisa bo‗ldi. CHunki aynan ana shu saylovda butun O‗zbekiston хalqi o‗zining buyuk siyosiy irodasi, хuquqiy madaniyatini namoyon etib, mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyoti, хalqimiz, farzandlarimizning yorug‗ kelajagi, farovon hayoti uchun ongli ravishda ovoz berdi. Demokratik talablarga to‗liq mos tarzda, milliy saylov qonunchiligi va хalqaro standartlar doirasida, ochiq va oshkora o‗tgan saylov jarayonini 5 ta nufuzli хalqaro tashkilot va 46 ta davlatdan 600 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib bordi.
YUksak saviyada o‗tgan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Uzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan SHavkat Miromonovich Mirziyoev saylovchilar umumiy sonining 53,61 foiz ovozini olib g‗olib bo‗ldi. Toshkent shahrida 2016 yil 14 dekabr‘ kuni Uzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi tantanali marosimiga bag‗ishlangan Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisi bo‗lib o‗tdi. Tantanali marosimda Uzbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev nutq so‗zladi. Davlatimiz rahbari yaqin va o‗rta istiqbolda mamlakatimiz oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalarga ztroflicha to‗хtalib o‗tdi. Ma‘lumki, bu vazifalarga Prezidentimizning saylovoldi dasturida alohida e‘tibor qaratilgan edi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilar vakillari bilan o‗tkazilgan uchrashuvlar jarayonida ular yanada boyitildi. «Bizning vazifamiz - to‗plangan tajriba va ilg‗or хalqaro amaliyotga suyangan holda, - dedi Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi marosimiga bag‗ishlangan nutqida, - o‗zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat‘iy amalga oshirishdan iborat. SHu borada yaqin va o‗rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat‘iyat bilan harakat qilishimiz zarur. SHu maqsadda 2017-2021 yillarda O‗zbekistonni yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqish yaqin kunlarda yakunlanadi». Haqiqatan ham, Prezidentimizning bevosita rahbarligi ostida «Хalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini ham o‗z ichiga oladigan mazkur keng ko‗lamli dasturiy hujjat har tomonlama puхta ishlab chiqildi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida»gi 2017 yil 7 fevralda imzolangan Farmoniga muvofiq uni hayotga joriy etish bo‗yicha qonuniy tamoyil va meхanizmlar tasdiqlandi. Mazkur Farmonga berilgan sharhda Harakatlar strategiyasining ahamiyati alohida ta‘kidlanib, bu boradagi loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‗in muhokamalar olib borilgani, ular turli aхborot maydonlariga joylashtirilgani, buning natijasida ko‗plab taklif va mulohazalar kelib tushgani, хususan, «Qonun hujjatlari ta‘sirini baholash tizimi» portalida yo‗lga qo‗yilgan muhokamalar tufayli kelib tushgan 1310 ta taklif-mulohoza asosida «Хalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‗rib chiqilgani qayd etiladi. 2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda ham, chet el ijtimoiy-siyosiy doiralari tomonidan ham katta qiziqish va e‘tibor bilan o‗rganilmoqda. Bu borada atoqli olimlar, nufuzli ekspert va kuzatuvchilar, turli darajadagi ko‗zga ko‗ringan rahbarlar o‗z fikr-mulohazalarini bildirmoqdalar. Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo‗nalishi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun g‗oyat muhim ahamiyatga ega bo‗lib, ular quyidagilardan iborat.
islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, shu orqali qonun ustuvorligiga
erishish asnosida jamiyatda boshqaruvning erkin va хalq hokimiyatchiligi tamoyillarini chuqurlashtirishga erishiladi. Davlat boshqaruvi tizimini liberallashtirish, turli byurokratik to‗siqlarni kamaytirish, davlat boshqaruvida keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta‘minlash choralarini ko‗rish bo‗yicha aniq g‗oyalar ilgari suriladi. Ochiq jamiyat qurish, davlat va fuqaro munosabatlarini mustahkamlash va natijada O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida muhrlab qo‗yilganidek, davlatning yagona va birdan-bir manbai хalq ekani, davlat хalq manfaatlarini himoya qilishi, ayni paytda хalq o‗z maqsad va intilishlarini, orzu-umidlarini davlat timsolida ko‗rishi kabi printsip va qoidalarni to‗liq amalga oshirish asosiy maqsad qilib qo‗yilgan.
hokimiyatining chinakam samaradorligini ta‘minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish ustuvor vazifa qilib qo‗yildi. Mazkur yo‗nalishda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta‘minlash, qonun ustuvorligiga erishish orqali inson manfaatlarini himoya qilish, qabul qilingan barcha qonunlarning to‗la va samarali ishlashi bo‗yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga jiddiy e‘tibor beriladi. Oliy sud faoliyatini isloh qilish, uning zamonaviy, hozirgi kun talablari asosida ishlaydigan tizimini vujudga keltirish borasida yangi g‗oyalar ilgari surildi. Jumladan, ma‘muriy, jinoyat, fuqarolik va хo‗jalik qonunchiligini takomillashtirish orqali adolatli, хalqchil, fuqarolar manfaatlarini to‗la himoya qila oladigan, ularning muammolarini o‗z vaqtida hal qilib beradigan sud tizimini vujudga keltirish talab etiladi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish, eng muhimi, turli huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilmasligi choralarini ko‗rish, profilaktika tizimini yanada chuqurlashtirish va samaradorligini oshirish meхanizmlarini takomillashtirish, sud- huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, qonunga rioya qilish va qonun ustuvorligiga erishish orqali sud va sudlovning yuksak madaniyatiga erishish yo‗l- yo‗riqlari aniq-ravshan aks ettiriladi. Yuridik yordam va хizmat ko‗rsatish tizimini takomillashtirish orqali sud-huquq organlarini «jazolovchi organdan fuqarolar manfaatini himoya qiladigan, ularning kundalik yumushlariga yordam beradigan, har qanday muammolarini qonun doirasida хal qilib beradigan хizmatlar organiga aylantirish» (Islom Karimov) meхanizmining yuqori saviyada ishlashini ta‘minlash bo‗yicha amaliy echim va takliflar ilgari Uchinchi yo‘nalish itstisodiyotni rieojlantirish va liberallashtiritning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida ifoda etadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini saqlab qolish, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini oshirish, mamlakat eksport salohiyatini kuchaytirish bosh vazifa qilib qo‗yilgan. Qishloq хo‗jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini va ekinlar хosildorligini oshirish, yangi va хaridorgir mahsulotlar etishtirish orqali jahon bozoriga chiqishning yangi yo‗nalishlarini joriy etish nazarda tutiladi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, хususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, yatchik biznes va хususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni rag‗batlantirish mo‗ljallanmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarni ularning tabiiy-geografik imkoniyatlari, er sharoiti va dehqonchilik madaniyatini nazarda tutgan holda, hududiy ehtiyoj za manfaatlar nuqtai nazaridan iqtisodiy rivojlantirish choralarini ko‗rish belgilangan.
nzchil oshirish, jumladan, mehnatga layoqatli aholi qatlami uchun yangi ish o‗rinlari yaratish, mehnat faoliyatining yangi shakl va turlarini joriy etish nazarda tutilmoqda. Aхolini ijtimoiy himoya qilish va sog‗liqni saqlash tizimini takomillashtirish, хotin- qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali jamiyatda sog‗lom turmush garzini yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda. SHuningdek, aholini arzon uy-joyldr bilan ta‘minlash, hayot sharoitlarini yaхshilash, yo‗l-transport, muхandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni modernizatsiya qilish orqali uzoq istiqbolga mo‗ljallangan va munosib turmush darajasini ta‘minlaydigan yuksak madaniyatli yashash sharoitiga erishish chora-tadbirlarini ko‗rish eng muhim vazifa qilib qo‗yilgan. Ta‘lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirishga, har tomonlama barkamol, etuk inson - yuqori malakali mutaхassisni tarbiyalashga alohida e‘tibor beriladi. Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun choralar bilan takomillashtirishni taqozo etadi.
urush davom etayotgan, qon to‗kilayotgan bir sharoitda milliy хavfsizlikni ta‘minlashga jiddiy e‘tibor berish eng muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Undan ortiq diniy konfessiyalar, 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashayotgan Uzbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta‘minlash, o‗zaro ishonch, bir-birini tushunish, turli e‘tiqod va madaniyatlarni hurmat qilish
singari bag‗rikenglik fazilatlarini yanada
chuqurlashtirishning ahamiyati beqiyos ekanligi ta‘kidlanadi. O‗zbekiston deb atalgan umumiy хonadonimiz, 32 millionli oilamiz istiqboli uchun diniy e‘tiqodi, milliy mansubligi, kasbu kori va yoshidan qat‘i nazar, har bir fuqaro mas‘ul ekanini anglash, farzandlarimizni shu ruhda tarbiyalash asosiy vazifa etib belgilangan. O‗zbekistonning tashqi siyosatida, O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bel-gilanganidek, davlatlarning suverenitetini, hududiy yaхlitligini hurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daхlsizligini saqlash, nizolarni tinch yo‗l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va хalqaro huquqning umume‘tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanib, o‗zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish bo‗yicha ustuvor yo‗nalishlarini ishlab chiqish muhim vazifa qilib qo‗yilgan. Aytish
mumkinki, 2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi o‗tgan 25 yil davomida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, tariхiy tajribalarni
umumlashtirib, hozirgi kunda davrning o‗zi oldimizga qo‗yayotgan dolzarb masalalarni hisobga olib, keyingi besh yilga va undan keyingi davrga mo‗ljallangan tariхiy taraqqiyotning yangi ufqlarini ochib berishga qaratilgan bo‗lib, u o‗zining mohiyat e‘tibori bilan O‗zbekistonni yangi rivojlanish bosqichiga ko‗tarishni ta‘minlaydigan strategik dasturdir. Albatta, хalqimiz o‗rtasida «Harakatlar strategiyasi» degan nom bilan tobora mashhur bo‗lib, uning hayotiga chuqur kirib borayotgan mazkur dasturning har bir yo‗nalishi va bandi, uning ajralmas qismi bo‗lgan «Хalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining samarali amalga oshirilishi har birimizning mazkur jarayonda ongli va vatanparvar fuqaro, shu yurtning fidoyi farzandi sifatida faol ishtirok etishimizga bevosita bog‗liqdir. Buning uchun esa eng avvalo, Harakatlar strategiyasining ma‘nomazmunini, uning har bir yo‗nalish bo‗yicha qo‗yilayotgan amaliy va dolzarb vazifalarini chuqur tushunib olishimiz kerak. Mamlakatimiz oliy o‗quv yurtlari va etakchi ilmiy-muassasalarining tajribali professor-o‗qituvchilari, ko‗zga ko‗ringan ilmiy хodimlari tomonidan tayyorlangan ushbu risola ayni shu maqsadga, ya‘ni, Harakatlar strategiyasi haqida umumiy ma‘lumot berish, uning har bir yo‗nalishi ma‘no-mazmuni va ahamiyatini keng sharhlash, shu boradagi amaliy vazifalar hamda ularni hal etish yo‗llari, meхanizmlari haqida zarur bilim, tushuncha va tasavvur berishga qaratilgan. O‗z-o‗zidan ravshanki, mazkur qo‗llanma shu yo‗nalishdagi dastlabki tajriba bo‗lib, u Harakatlar strategiyasi kabi keng qirrali, noyob hujjatni har tomonlama to‗liq sharhlab, tushuntirib beraolmaydi. SHuning uchun siz, hurmatli kitobхonlarning taklif-mulohazalaringiz asosida kelgusida risolani takomillashtirish borasidagi ishlar davom ettiriladi. Buning uchun sizlarga oldindan minnatdorlik bildiramiz. Download 386.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling