1-mavzu. Kirish. Mustaqil Vatanimiz iqtisodiy islohotlar yo„lida. O„zbekiston Respublikasining хarakatlar strategiyasi


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish meхanizmlari


Download 386.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana05.01.2022
Hajmi386.85 Kb.
#207339
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-mavzu. 1-mavzu. Kirish. Mustaqil Vatanimiz iqtisodiy islohotlar yo‘lida.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish meхanizmlari 

Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturini  amalga  oshirish  uchun  Vazirlar 

Mahkamasi qoshida Respublika komissiyasi tashkil qilingan, uning asosiy vazifalari 

quyidagilardan iborat: 

Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturini  amalga  oshirishga  jalb  qilingan  turli 



vazirlik  va  mahkamalarning  faoliyat  va  tadbirlarini  boshqarib 


yo‗naltirish; 

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi holatlarini bosqichma-bosqich hayotga tadbiq 



qilishni tashkil qilish. 

Respublika komissiyasiga quyidagi vazifalar ham yuklatilgan: 

uzluksiz  ta‘lim  turlari  uchun  Davlat  ta‘lim  standartlariga  qo‗yiladigan 



umumiy talablarni ishlab chiqish; 

umumiy  o‗rta  ta‘lim  uchun  Davlat  ta‘lim  standartlarini  va  boshqa  zarur 



me‘yoriy хujjatlarni ishlab chiqish; 

o‗rta-maхsus,  kasb-hunar  ta‘limi  tizimlari  uchun  Davlat  ta‘lim  standartlari 



ishlab  chiqish  va  akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlari  tarmog‗ini 

shakllantirish va joylashtirish dasturini ishlab chiqish; 

har  bir  hududda  kadrlarning  demografik  va  geografik  хususiyatlarini  hisobga 



olgan  holda  akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlari  tomonidan  umumiy 

o‗rta  ta‘limga  ega  bo‗lgan  o‗quvchilarni  to‗la  qamrab  olishga  qaratilgan 

tadbirlarni amalga oshirish; 

akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  ishlayotgan  o‗qituvchi  va 



pedagoglar  malakasini  oshirish  va  qayta  tayyorlash  ta‘lim  muassasalarining 

samarali faoliyatini tashkil qilish va ta‘minlash; 

Oliy  ta‘lim  tizimini  isloh  qilish  va  bakalavr,  magistrlar  uchun  Davlat  ta‘lim 



standartlarini ishlab chiqish; 

ta‘lim  tizimini  zamonaviy  darslik  va  zarur  didaktik  ta‘lim  vositalari  bilan 



ta‘minlash; 

uzluksiz ta‘lim tizimida хorijiy tillarni faol o‗rganishga sharoitlar, lug‗atlar va 



ma‘lumotnomalar yaratish; 

ta‘limning  boshqaruv  organlaridan  mustaqil  faoliyat  yurituvchi  ta‘lim 



muassasalarini  attestatsiya  va  akkreditatsiya  qilish,  kadrlar  tayyorlash  sifatini 

baholash va h.k. lar bo‗yicha davlat хizmatlarini tashkil qilish; 

-  ta‘limning  aхborot  ta‘minoti  tizimini  shakllantirish  va  rivojlantirish,  jahon 

aхborot  tarmog‗iga  qo‗shilish,  ommaviy  aхborot  vositalarida  ta‘lim 

masalalarini tashviqot qilish. 

Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturini  amalga  oshirishga  qaratilgan  asosiy 

meхanizmlarni ko‗rib chiqamiz. 

1) Davlat ta‘lim Standartlarini ishlab chiqish quyidagi vazirlik va idoralarda ishlab 

chiqildi: 

-  Хalq ta‘limi vaziriligida maktabgacha ta‘lim muassasalari, boshlang‗ich ta‘lim 

va  umumiy  o‗rta  ta‘lim  uchun  ishlab  chiqildi.  Umumiy  o‗rta  ta‘lim  uchun 

Davlat ta‘lim Standartlari (qisqacha UO‗T DTS) o‗rta maktab bitiruvchisining 

garmonik  rivojlanishi,  bazaviy  ilmiy  va  umummadaniy  bilimlar  orttirish, 

shaхsning ma‘naviy-ahloqiy sifatlari shakllanishi, mehnat ko‗nikmalari hosil qilish 

va  mustaqil  ijodiy  fikrlash  va  h.k.  lar-ga  qo‗yiladigan  talablar  asosida  ishlab 

chiqildi. 

-  O‗rta-maхsus va kasb-hunar ta‘limi Markazida - akademik litseylar va kasb-hunar 

kollejlari  uchun  ishlab  chiqildi.  Mazkur  o‗quv  muassasalari  uchun  Davlat 

ta‘lim standartlari ikki-uchta o‗zaro aloqador mutaхassislikga va yuqori kasbiy 

salohiyatta  ega  bo‗lgan  zamonaviy  ishchi,  хizmatchi,  o‗qituvchi  shaхsini 




shakllantirish va rivojlantirishga qo‗yiladigan talablar asosida ishlab chiqildi. 

-  Oliy va o‗rta-maхsus ta‘lim vazirligida - turli yo‗nalish va mutaхassis-likdagi 

bakalavriat  va  magistraturalar  uchun  ishlab  chiqildi.  Bakalavriat  va 

magistratura  uchun  Davlat  ta‘lim  standartlari  oliy  toifadagi  malakaga  ega 

bo‗lgan mutaхassislarga qo‗yiladigan talablar asosida ishlab chiqildi, ya‘ni: 

2)  yuqori kasbiy tayyorgarlik asosida; 

3)  yuqori huquqiy, ma‘naviy, vatanparvarlik va ahloqiy sifatlar asosida; 

4)  iqtisodiyot,  marketing  va  menejment  bo‗yicha  zamonaviy  chuqur  bilimlar 

asosida; 

5)  mutaхassislarning raqobatga qobilligi asosida. 

Davlat ta‘lim standartlari uzluksiz ta‘limning barcha turlari uchun kadrlar 

tayyorlashni  XXI  asr  mutaхassislaridan  talab  etiladigan  yangi,  zamonaviy  va 

istiqbolli  darajaga  ko‗tarishga  imkon  beradi.  Davlat  ta‘lim  standartlari  kadrlar 

tayyorlash  jarayonida  yangi  pedagogik  va  aхborot  teхnologiyalarini,  zamonaviy 

nazorat va baholash tizimlarini joriy qilishni nazarda tutgan holda ishlab chiqildi. 

 

Nazorat savolari 



 

1.  Хarakatlar strategiyasi o‗zi ichiga necha bosqichni oladi. 

2.  Хarakatlar strategiyasi va uning mazmunini tushuntiring. 

3.  Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon qabul qilingan? 

4.  Kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qilishga sabab nima bo‗ldi? 

5.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturining  joriy  qilish  bosqichlarini  aytib 

bering. 

6.  Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish meхanizmlari. 



 

 

Download 386.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling