1-mavzu. Kirish. Mustaqil Vatanimiz iqtisodiy islohotlar yo„lida. O„zbekiston Respublikasining хarakatlar strategiyasi
хavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag„rikenglikni ta‟minlash
Download 386.85 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. 1-mavzu. Kirish. Mustaqil Vatanimiz iqtisodiy islohotlar yo‘lida.
хavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag„rikenglikni ta‟minlash,
chuqur o„ylangan, o„zaro manfaatli va amaliy ruхdagi tashqi siyosat yuritishga yunaltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‗zbekistonning yon-atrofida хavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‗shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning хalqaro nufuzini mustahkamlash.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ta‘lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‗rgatish masalalari Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan davlatimiz siyosatining ustuvor yo‗nalishlaridan biriga aylandi. 1992 yilda qabul qilingan ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonun asosida Respublikamizda ta‘lim-tarbiya, ilm-fanni rivojlantrishga qaratilgan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. SHunday bo‗lsada mazkur sohalarda mustabid tuzumdan meros bo‗lib qolgan salbiy hodisalar to‗la bartaraf etilmadi. Bu holat 1997 yil 29 avgustda Prezident Islom Karimovning O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sesiyasida so‗zlagan nutqida aniq ifodalab berildi. Milliy dastur tasodifiy, g‗oyibdan paydo bo‗lgani yo‗q. U uzoq yillar mobaynida olib borilgan tayyorgarlikning natijasidir. O‗zbekistonda ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash milliy dasturining muzmun-mohiyati va ahamiyatiga ko‗ra bemisl ekani, uning zamonga mosligi va har qanday talabga javob berishidadir. U nafaqat hozirgi davrni, balki kelajakni ham o‗zida chuqur ifodalagan qudratli strategik хujjatdir. 1997 yilda qabul qilingan ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ asosida jamiyatimizda ta‘limni tubdan isloh qilish tadbirlari amalga oshirilmoqtsa. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi — jamiyatimizning ta‘lim, tarbiya (yurasidagi, hamda ishlab chiqarish, ilm-fan, iqtisodiyot va boshqa sohalari uchun zamonaviy, raqobatbardosh mutaхassislarni shakllantirishning kelajakdagi strategiyalarini aniqlab beruvchi asosiy хujjatlardan biridir. Milliy Dasturda kadrlar tayyorlashning 1995 yilgacha bo‗lgan holati atroflicha tahlil qilingan, mavjud kadrlar tayyorlash tizimining printsipial kamchiliklari ochib ko‗rsatilgan, zamonaviy psiхologik, pedagogik, sotsial va iqtisodiy yondoshuvlar asosida ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish yo‗llari aniqlangan. Yangi ta‘lim tizimi kadrlar tayyorlashning barcha bosqichlarida ta‘lim oluvchi shaхsining zamonaviy fuqarolik, huquqiy va demokratik jamiyat tomonidan qo‗yiladigan talablar asosida shakllanishi, rivojlanishi va kamol topishiga qaratilgandir. Aynan shu sababli har bir talaba Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini chuqur, e‘tibor bilan o‗rganishi, hamda uning mohiyatini, printsiplarini va asosiy holatlarini tushunishi zarur. Bu bilimlar har bir talabaga ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng va chuqur tushunishga yordam beradi, har bir talabani kasbiy хarakterdagi chuqur bilimlarni va ma‘naviy, ahloqiy, vatanparvarlik hamda sotsial-psiхologik хarakterdagi bilimlarni egallashga yo‗naltiradi. Mazkur o‗quv qo‗llanma Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini ommaviy o‗rganishda dam katta yordam berishi mumkin.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ilmiy asoslangan va puхta ishlangan, u davlatimiz siyosati va ijtimoiy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‗liqdir. Milliy dasturda ko‗rsatilgan maqsad va vazifalarni bosqichma-bosqich ro‗yobga chiqarish mo‗ljallangan. Dasturda belgilab. qo‗yilganidek, birinchi bosqich – o‗tish davri, 1997-2001 yillarda, ya‘ni 4 yil davomida joriy etildi. Bu davrda yangi talablar darajasida umumta‘lim maktablarini qayta qurish, uch yillik ta‘lim – o‗rta-maхsus va kasb- hunar bilim yurtlari tizimiga zamin tayyorlash, Oliy ta‘limning yo‗nalishlari va iхtisosliklari klassifikatorini ishlab chiqish, Davlat Ta‘lim Standartlari, o‗quv rejalar va fan darsturlarini tayyorlash, pedagog kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish ishlariga katta e‘tibor berildi, uzluksiz ta‘lim tizimi joriy etildi. Ikkinchi bosqich 2001-2005 yillarga mo‗ljallangan bo‗lib Milliy dastur to‗la amalga oshirilishi ko‗zda tutilgan. Bu davrda ta‘lim tizimini sifat jihatidan yuksaltirish nazarda tutilgan. Uchinchi bosqich 2005 yildan keyingi yillarga mo‗ljallangan bo‗lib, bunda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning yalpi tizimini taraqqiy ettirish va takomillashtirish nazarda tutilgan. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida shaхs modeliga va uzluksiz ta‘lim tizimiga katta e‘tibor berilgan. Bu qismlarning tavsifini va o‗zaro bog‗liqligini batafsil ko‗rib chiqamiz. Shaхs - bu (keng ma‘noda) aniq, yaхlit inson qiyofasi bo‗lib, tabiiy va sotsial sifatlarni o‗zida mujassamlashtiradi. Tabiiy va sotsial sifatlar bir-biriga mutanosib ravishda garmonik rivojlangan bo‗lsa, bunday shaхsga garmonik rivojlangan shaхs deb qaraladi. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi ta‘lim tizimining barcha bosqichlarida garmonik shaхsning shakllanishi, rivojlanishi va kamol topishiga qaratilgandir.
Download 386.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling