Tayanch so‘z va iboralar: termin, ilmiy termin, talablar, ichki imkoniyatlar, boyish usullari, morfologik usulda yasash, sintaktik usulda yasash, sodda termin, qo‘shma termin.
Termin tushunchasi, ularning boshqa so‘zlardan farqi, o‘ziga xos xususiyatlari haqida oldingi mavzularda fikr yuritdik. Bugun yangi termin yasalishi, ularning tuzilish jihatdan turlari haqida to‘xtalamiz.
Bizga ma’lumki, terminlar ham boshqa so‘zlar kabi sodda (bir asosli) va qo‘shma (ikki va undan ortiq asosli) bo‘ladi.
Bir asosdan iborat bo‘lgan terminlar sodda terminlar hisoblanadi.
Mavzuni kengroq tushunish maqsadida bir necha sohaga oid terminlarni keltirib o‘tmoqchimiz.
Biologiyaga oid terminlar: biosfera, zoologiya, miksedema, kapsid, epiderma, bektoz, vena, aorta, tos suyagi, oshqozon osti bezi, leshmaniya, traxeya, tur, oziq zanjiri, biotik omillar, dissimilatsiya, shartli refleks, katta qon aylanish doirasi, biokimyoviy modda, polimer ta’sir, urug‘chilik, kodominantlik kabi
Kimyoga oida terminlar: eritma, valentlik, ishqor, nisbiy atom massasi, tuzlar, butan, katalizator, kavalent bog‘lanish, zichlik, Avagadro qonuni, atom, elektron, bosim, murakkab efir, kislota, kimyoviy peaksiya, termokimyo, ishqoriy yer metallari va boshq.
Fizikaga oid terminlar: atom, zaryad, tok kuchi, kuchlanish, amper, volt, Nyuton qonuni, molekula, anod, Arximed qonuni, dinamika, radiatsiya, barionik zaryad, zichlik va boshq.
Matematikaga oid terminlar: integral, logarifm, noma’lum son, kvadrat tenglama, sinus, diametr, natural son, ayirma, bo‘linuvchi, aksioma, o‘tkir burchak, ko‘pyoq va boshq.
Iqtisodga oid terminlar: kredir, limit, inflatsiya, elektron pul, kapital, biznes reja, bankrot, balans, daromad, sof foyda, tannarx…
Adabiyotga oid terminlar: roman, qofiya, radif, bayt, masnaviy, ruboiy, trilogiya, epopeya, vazn, aruz, sarbast, oq she’r, ramal, tuyuq, qit’a, lirika, epos, felyeton, qissa, doston, noma, lirik chekinish, turoq, kulminatsiya va boshq.
Sodda terminlar o‘z navbatida tub va yasama terminlarga bo‘linadi.
Tub terminlar asosdagi lug‘aviy ma’no saqlangan, yasovchi vositaga ega bo‘lmagan terminlardir: hujayra, oksid, limfa, gormon, oziqa; ruboiy, doston, roman, qissa; ega, gap, urg‘u, termin, ot, sifat, son; tok, massa, jism, harakat va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |