1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja


Download 1.53 Mb.
bet28/67
Sana19.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1623168
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67
Bog'liq
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M

Yasama terminlar yasovchi vosita yordamida yangi tushuncha hosil qilishdir. Yasama terminlar so‘z yasovchi qo‘shimchalar yoki so‘zga so‘zni biriktirish yo‘li bilan hosil qilinadi: oksidlanish, ko‘payish, tenglama, jarangli undosh, ma’nodosh so‘zlar, so‘z yasovchi qo‘shimchalar, buyrakusti bezi, ipsimon so‘rg‘ich, tolador parda, qalqonsimon bez gormonlari, sezgi organi, irsiyat kabi.
Ilmiy terminlar tizimining ichki imkoniyatlar hisobiga boyishi – sermahsul jarayon. Qadimgi adabiy til an’analari asosida rivojlanib kelayotgan o‘zbek tili real borliqdagi voqea-hodisalarni, tushunchalarni ifodalash uchun keng imkoniyatlarga ega. Xususan, keyingi yillarda paydo bo‘lgan va paydo bo‘layotgan jamiki yangi tushunchalarni ifodalash borasida o‘zbek tili o‘zining rivojlangan tillardan biri ekanligini isbotlamoqda. Buni, ayniqsa, o‘zbek tili terminlari tizimlarining ichki manbalar hisobiga rivoj topishi misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Chunki o‘zbek tili terminlari tizimining rivojlanishi, shakllanishi va takomillashuvida shu tilning ichki imkoniyatlari asosiy rolni o‘ynamoqda. Hayotda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar, ya’ni o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va takomili ham tilning ichki imkoniyatlaridan maksimal foydalanishni taqozo etmoqda.
Ichki imkoniyat deyilganda, asosan, morfologik (affiksatsiya) va sintaktik (so‘zlarga so‘zlarni qo‘shish) usul bilan so‘z yasalishi tushuniladi. O‘zbek tili terminlari tizimining boyishida ana shu ikki usul asosiy rol o‘ynaydi.
Terminlarning morfologik usul bilan yasalishi. Morfologik usul bilan termin yoki so‘z yasash shunday usulki, unda o‘zak-negizga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi va yangi terminlar hosil qilinadi.
Bunday so‘z yoki termin yasash ko‘pgina tillarda, jumladan, o‘zbek tilida ham eng mahsuldor usuldir. Masalan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi 60000 dan ortiq so‘zning 75-80% so‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan yasalganligi fikrimizni isbotlaydi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 300 ga yaqin so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud bo‘lib, ularning ba’zilari terminlarning yasalishida ishtirok etadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling