Traxeya va o’pka


Download 0.8 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1563094
  1   2   3   4
Bog'liq
Traxeya va o’pka


Traxeya va o’pka
Reja:

  1. Tashqi parda adventitsiyasi

2. O`pkaning havo yo`llari
3.Bosh bronxlar devorining tuzilishi

Traxeya tog`ay skeletga ega naysimon organdir (184-rasm). Shilliq pardani qoplab turuvchi ko`p qatorli prizmatik tebranuvchi epiteliy tukchali, qadahsimon, endokrin va bazal hujayralarga ega. Tukchali epiteliotsitlarning tukchalari, burun bo`shlig`i tomonga qarab tebranadi. Xususiy qavat elastik tolalarga boy biriktiruvchi tolador to`qima. Shilliq pardasi to`rt qavatli organlar shilliq pardasining muskul qavatiga to`g`ri keladigan joyda elastik tolalar ayniqsa ko`p va uzunasiga joylashgan. Uning ostidagi biriktiruvchi to`qima qavati tog`ay jildi bilan tutashib ketgan. Bu qavatda aralash, mushukda seroz tipdagi traxeal bezchalar mavjud. Tog`ay-fibroz (tog`ay-tolador) parda biriktiruvchi tolador to`qima bo`lib, uning qavatlari orasida gialin tog`ay halqalari joylashgan. Tog`ay halqalarining uchini silliq miotsitlardan iborat traxeal



184-rasm. Traxeya:
I-shilliq parda va II-uning shilliqosti qavati;III-fibroz tog’ay parda; IV-adventitsiya; 1-ko’p qatorli tukchali silindrik epiteliy; 2-qadahsimon hujayralar; 3-shilliq pardaning xususiy qavati; 4-bezlar; 5-tog’ayusti pardasi; 6-gialin tog’ay; 7-mayda silliq miotsitlarning bog’lamchalari (Braus bo’yicha).



muskul tutashtirib turadi. Tashqi parda adventitsiyadir. Traxeyaning innervatsiyasi hiqildoqnikiga o`xshash.



O`pkaning havo yo`llari - daraxtsimon tarmoqlanuvchi bronxlar va respirator bo`lim alveolalar sistemasidir. Alveolalar eng kichik bronxlarning oxirgi ko`r qismlaridir. Kichik bronx (bronxiola)lar - bo`lakcha bronxlari va ularning yanada mayda tarmoqlari - respirator bronxiolalar, alveolalar bilan birgalikda o`pka bo`lakchalarini hosil qiladi. O`pka bo`lakchalari tarkibiga qon tomirlari va kapillyarlar ham kiradi. Ushbu strukturalarni bo`lakcha ichi biriktiruvchi to`qima o`zaro tutashtirib turadi. Bo`lakchaning shakli piramidaga o`xshash bo`lib, bo`lakchalar orasida interstitsial (oraliq) to`qima joylashadi. Piramidaning o`tkir uchi o`pka ichiga qarab yo`nalgan. Bo`lakchali tuzilish cho`chqa va kavsh qaytaruvchilar o`pkasida yaxshi ifodalangan.
Bronxial daraxt. Traxeyaning bifurkatsiyasi natijasida bosh bronxlar hosil bo`lib, ular o`pka to`qimalari ichiga kirib boradi va yirik, o`rta va mayda bronxlarga tarmoqlanadi. O`pka bo`lakchasiga kirib boruvchi bo`lakcha bronxi bronxiola hisoblanadi. Bo`lakcha bronxi mayda bronxning davomi bo`lib, tuzilishiga ko`ra unga o`xshash. Bo`lakcha bronxi bo`lakcha ichida tarmoqlanib terminal, keyin respirator (alveolyar) bronxiolalar hosil qiladi. Respirator bronxiolalarning devorida onda-sonda alveolalar uchraydi. Bu bronxiolalar bir necha marta tarmoqlanib alveolyar yo`llarga ochiladi. Bunday yo`llar 2-3 ta alveolyar xaltacha bilan tugaydi. Alveolyar yo`llar va xaltachalarning devori o`pka alveolalaridan iborat.
Bosh bronxlar devorining tuzilishi traxeyanikiga o`xshash, lekin tog`aylar haqiqiy (uchlari tutash) halqalar hosil qilgan va ularning diametri o`zgarmasdir. Katta bronxlarda tog`aylar to`r shaklida bo`lib, preparatlarda alohida-alohida yotuvchi plastinkalar kabi ko`rinadi. Bronxlar diametri kichiklashishi bilan shilliq pardada asta-sekin o`rta parda xarakterini oluvchi silliq muskul qavat yuzaga keladi va qalinlasha boradi, tog`ay esa kamayadi.






Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling