Traxeya va o’pka


O`pkaning vaskulya-rizatsiyasi


Download 0.8 Mb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1563094
1   2   3   4
Bog'liq
Traxeya va o’pka

O`pkaning vaskulya-rizatsiyasi. O`pka to`-qimasi bronxial arteriya orqali oziqlanadi. Gaz-lar almashinishini esa o`pka arteriyasi siste-masi amalga oshiradi. Ikkala sistema o`rtasida anastomozlar mavjud. O`pka tomirlarga juda boy organ bo`lib, bu uning gaz almashinish vazifasi bilan bog`liq. O`pka arteriyasining tarmoqlari bronxial daraxt bo`ylab alveola-lar asosigacha borib yetadi va kapillyarlar to`rini hosil qiladi. Alveolalarni o`rab tu-ruvchi kapillyarlar alveolalar devori bilan juda yaqin aloqada bo`ladi (188-rasm). Kapillyarlar yig`ilib venalarni hosil qiladi. O`pkaning limfatik sistemasi limfa kapil-lyarlari va tomirlarining yuza va chuqur joylashgan to`rlaridan iborat. Yuza to`r visseral plevrada joylashadi. Chuqur to`r o`pka bo`lakchalari ichida, bo`lakchalararo to`siqlarda, qon tomirlari va bronxlar atrofida joylashadi.
O`pkani simpatik va parasimpatik nervlar innervatsiya qiladi. Harakatlantiruvchi nerv tolalari tomirlar va bronxlarni innervatsiya qiladi. Simpatik tolalar qon tomirlari muskulaturasini qisqartiradi, parasimpatik tolalar bo`shashtiradi, bronxlarda esa bu nervlarning ta`siri aksincha bo`ladi. Sezuvchi nerv tolalari o`pka to`qimasi va qon tomirlari bilan bog`liq. Butasimon, halqalar shaklidagi va boshqa retseptorlar bo`ladi.
O`pka tug`ilishdan keyin gazlar almashinishining boshlanishi natijasida va organizmning o`sishi bilan bog`liq holda katta o`zgarishlarga uchraydi, uning nafas olish yuzasi oshadi, stromasida elastik tolalar ko`payadi. Yosh ulg`ayishi bilan esa respirator yuza kichrayadi, biriktiruvchi to`qima miqdori ortadi, bronxlarda tuzlar o`tirib qolib, gaz almashinish vazifasi susayadi. Shilliq pardadagi kambial elementlar hisobiga fiziologik regeneratsiya amalga oshadi. Organning biror qismi xirurgik yo`l bilan olib tashlansa bu qism tiklanm

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Александровская O.В. и др. Цитология, гистология и эмбриология. M.: “Агропромиздат”М., 1987.


2. Гистология (под ред. Афанасьева Ю.И., Юриной Н.A.). “Медицина” М., 1989.
3. Де Робертис E., Новинский В., Саэс Ф. Биология клетки. Пер. С англ., «Мир», М.,1973.
4. Заварзин A.A. Основы частной цитологии и сравнительной гистологии многоклеточных животных. “Наука”, 1976.
5. Зуфаров K.A. Гистология. Ибн сино номидаги нашриёт Т., 1991.
6. Иванов И.Ф., Ковальский П.А., Цитология, гистология, эмбриология, “Колос”, М., 1976.
7. Куприянов В.В.,Караганов Я.Л., Козлов В.И., Микроциркуляторное русло. “Медицина”, М.,1975.
8. Михайлов И.Н., Структура и функция эпидермиса “Медицина”, М. 1979.
9. Сапин М.Р., Юрина Н.А., Этинген Л.Е., Лимфатический узел. “Медицина”, М.1978.
10. Тиняков Г.Г., Гистология мясопромышленных животных, “Пищевая промышленность”, М.1980.
11. Токин Б.П., Общая эмбриология “Высшая школа”, М. 1970.
12. Хлыстова З.С. Становление системы иммуногенеза плода человека “Медицина”, М. 1987.
13. Хэм А., Кормак Д. Гистология в 5 т., пер. с англ., “Мир”, М. 1982.
14. Петров Р.В. Иммунология., “Медицина”, М. 1983.
15.Panasenko E.D., Umarov E.A. O’zbek tilining imlo lug’ati. T. “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”, 1988.
Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling