Traxeya va o’pka
-rasm. Kalamush o’pka alveolasining rastrlovchi electron mikroskopda ko’rinishi, 3500 marta kat
Download 0.8 Mb.
|
Traxeya va o’pka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi xil alveolotsitlar
Alveolyar epiteliy ostida bazal membrana va elastik tolalar to`ri mavjud. Qon kapillyarlarining to`ri epiteliyning bazal membranasiga zich yopishib turadi. Aero-gematik baryer (havo-qon to`sig`i) kislorod alveola ichidagi havodan qonga, qondagi karbonat angidrid esa alveola ichiga o`tishi yo`lidagi to`siqdir. U morfologik jihatdan respirator epiteliy, kapillyarlar devoridagi endoteliy va ularning bazal membranalaridir. Eng yupqa joyda - alveolotsitlar va endoteliotsitlarning o`zaklari joylashmagan joyda - bu to`siqning qalinligi 0,5 mkm atrofida bo`ladi. Alveolalar devorining tashqi qismida, alveolyar epiteliotsitlardan farq qiluvchi septal hujayralar joylashadi. Ularning kichik limfotsitlarga, fibroblastlarga va plazmotsitlarga o`xshash xillari farq qilinadi. O`pka alveolalari devorida, ba`zan ular bo`shlig`ida makrofaglarni uchratish mumkin. Makrofaglar mononuklear fagotsitlar sistemasiga kirib, sitoplazmasida tutib olingan yot zarrachalar, lipoid tomchilar va vakuolalar bor. Ular alveolalar orasidagi biriktiruvchi to`qimadan alveola ichiga kiradi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling