Traxeya va o’pka
-rasm. Havo yo’lari shilliq pardasi epiteliotsitlari ultramikroskopik tuzilishining sxemasi
Download 0.8 Mb.
|
Traxeya va o’pka
- Bu sahifa navigatsiya:
- 186-rasm. O’pka atsinusi
185-rasm. Havo yo’lari shilliq pardasi epiteliotsitlari ultramikroskopik tuzilishining sxemasi:
1-tukchali hujayralar; 2-qadahsimon hujayralar; 3-endokrin hujayralar; 4-bazal hujayralar; 5-tukchasiz hujayralar; 6-sekretor (Klar) hujayralar; 7-hoshiyali (mikrovorsinkali) hujayralar; 8-nerv tolasi; 9-bazal membrana (Yu.I.Afanasev bo’yicha). Kichik bronxlarda tog`ay juda kam, bronxiolalar devorida tog`ay yo`q. Shilliq pardaning qoplovchi qavati avval ikki, keyin bir qatorli prizmatik epiteliyga aylanadi. Traxeya shilliq pardasini qop-lovchi epiteliyda uchrovchi tukchali, qadahsimon, endok-rin va bazal epiteliotsitlardan tashqari bronxial daraxt distal bo`limlarida sekretor, hoshiyali (cho`tkali) va tukchasiz epiteliotsitlar ham uchraydi. (185-rasm). Sekretor epiteliotsitlarning gumbazsimon uch qismi tukchalar va mikrotukchalarga ega emas, sekretor donachalar bilan to`lgan bo`ladi. O`zagi yumaloq, agranulyar sitoplazmatik to`r yaxshi taraqqiy qilgan. Bu hujayralar surfaktantni parchalovchi fermentlar ishlab chiqaradi. Tukchasiz epiteliotsitlar bronxiolalarda uchrab prizmatik shaklga ega. Ularning uchi qo`shni tukchali hujayralardan sal ko`tarilib turadi, glikogen donachalari, mitoxondriyalar va sekretsimon donachalar saqlaydi. Funksional ahamiyati aniqmas.
Bronxlar shilliq pardasi xususiy qavatining chuqur qismlarida traxeal bezlarga o`xshash bronxial bezlar joylashadi. Ular shilliq-seroz xarakterdagi sekret ishlab chiqarib, epiteliy yuzasiga ochiladi. Bronxial bezlar kavsh qaytaruvchilar va yirtqichlarda yaxshi taraqqiy qilgan, bir tuyoqlilarda kamroq uchraydi. Kichik bronxlar va bronxiolalar bezlarga ega emas. Bo`lakcha bronxi, arteriya va nervlar o`pka bo`lakchasining uchidan kiradi, vena esa chiqadi. O`pka bo`lakchasi yanada maydaroq strukturalar - atsinuslardan (12-158 ta) tuzilgan. Atsinus (186-rasm) o`pka bo`lakchasining bir terminal bronxiola havo bilan ta`minlaydigan qismidir. Ikkala o`pkadagi atsinuslarning soni 20 mingga yaqin va ular bir-biridan biriktiruvchi to`qima vositasida ajralib turadi. O`pka alveolalarining soni voyaga etgan organizmlarda juda katta (masalan, odamda 300-400 mln.) Ularning umumiy yuzasi otda 500 m2, odamda 50-100 m2, mushukda 7,2 m2 ni tashkil qiladi. O`pka alveolalarining devorini gazlar almashinuviga moslashgan respirator epiteliy tashkil qiladi. Bu epiteliy lyuklar, kanallar yoki teshikchalarga ega bo`lmasdan, gazlar almashinishi osmos yo`li bilan boradi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling