Terminning yasalishiga ko‘ra turi
|
Misollar
|
1.
|
Tub terminlar
|
|
2.
|
Sodda yasama terminlar
|
|
3.
|
Qo‘shma (birikmali) terminlar
|
|
№4. Mustaqillikdan so‘ng tilimizga kirib kelgan so‘zlarni alifbo tartibida yozing.
Bakalavr, reyting, konsalting, tadbirkor, birja, investitsiya, marketing, barter, menejer, multimedia, bankomat, raqobatbardosh.
№5. Sohangizga oid terminlar izohidagi xatoliklarni to‘g‘rilab ko‘chiring.
1.Suvsizlanish – organizm qabul qilganiga nisbatan kamroq suv yo‘qotishi.
2.Folat kislotasi – bakteriyaning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladigan moddalar.
3.Antiseptik – faqat mikroskop ostida ko‘rinadigan va turli infeksion kasalliklarga olib keluvchi mikroblar.
4.Bakteriya – maxsus ish bajarish uchun organizmning a’zolarida ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar.
5.Gormonlar – to‘q yashil bargli sabzavotlar tarkibida bor ozuqali modda.
№6.Quyidagi matndan terminlarni ajarting, ularni o‘z va o‘zlashma qatlamga mansubligini aniqlang.
Diagnostika. Hayvon tiriklik vaqtida kasallikning klinik belgilari, epizootologik ma’lumotlar, tezakni gelmintoskopiya usulida tekshirish (kasallikning o‘tkir shaklida yosh trematodalarni ko‘rish uchun) yoki gelmintoovoskopiya natijalari asosida tashhis qo‘yiladi. O‘lgan hayvonni yorib ko‘rib trematodalarni topish orqali tashhis tasdiqlanadi.
Paramfistomatozlarning o‘tkir shaklini pasterellyoz, paratuberkulyoz va eymeriozdan farq qilish kerak.
Davolash. Surunkali paramfistomatozlarda bitionol (0,07 g/kg) yaxshi natija beradi. Alben (granulasi va tabletkasi) va panakur 7,5 mg/kg tirik vaznga ozuqa berish bilan birga berish tavsiya etiladi.
Oldini olish choralari fassiolyozdagi singari o‘tkaziladi. Podada kasallikning o‘tkir shakli ro‘y bersa, hayvonlar bog‘lab boqishga o‘tkaziladi yoki yaylov almashitiriladi. SHartli sog‘lom hayvonlar suvsiz vodiydagi yaylovlarga boqishga o‘tkaziladi. Barcha hayvonlar 10 kun oraliq bilan gijjasizlantiriladi. Kasal hayvonlarga simptomatik davolash tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |