1-mavzu. Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, uni o‘rganishning nazariy-metodologik tamoyillari. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja
Islom Karimov – O‘zbekistonning birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati
Download 65.31 Kb.
|
1 mavzu sirtqi (1)
5. Islom Karimov – O‘zbekistonning birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. XX asrning so‘nggi yillariga kelib SSSR tarkibidagi respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan maʼmuriy buyruqbozlik tizimi o‘z davrini o‘tab bo‘lganligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘la boshladi. Bu hol o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik demokratik davlat qurish asoslari shakllana boshladi. 80-yillarning oxirlarida O‘zbekistonda tinch hayotni taʼminlagan holda davlatni boshqara oladigan, millat ravnaqi yo‘li asoslarini boshlab bera oladigan rahbar respublika uchun zarur edi. 1989-yil 24-iyunda I.А.Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylandi. U O‘zbekiston rahbari etib saylangan kundan boshlab O‘zbekistonda xalqning mustaqillikka erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirishga qatʼiy kirishdi. Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, biri-biriga qarama-qarshi bo‘lgan turli qarashlar shakllandi. Ikkinchi tomondan, o‘sha davrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.
1990-yil boshida O‘zbekistonda boshqaruvning Prezidentlik shakli masalasi ko‘tarildi. Respublikada boshqaruvning shunday shaklining joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga ko‘maklashish vositasi edi. Eng muhimi, Prezident muassasasining joriy etilishi respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o‘tishni bildirar edi. Аlohida shuni taʼkidlash kerakki, o‘sha kezlari keng miqyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarda ijro mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini vaqtida hal etish, fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi barcha muassasalarni nazorat qilish masalalari ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi. Shu obʼyektiv holatni hisobga olib, 1990-yil 24-martda O‘zbekiston Oliy Sovetining birinchi sessiyasi O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini taʼsis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Аbdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekistonning Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘zbekistonda Prezident lavozimining taʼsis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil qadamlaridan ikkinchisi edi. O‘zbekistonning mustaqillika erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadam 1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qo‘yildi. Sessiyada O‘zbekistonning “Mustaqillik Deklaratsiya”si qabul qilindi va uning kirish qismida quyidagicha yozib qo‘yildi: “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy anʼanalari, har bir millatning taqdirini o‘zi belgilash huquqini taʼminlashdan iborat oliy maqsad haqida, O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy masʼuliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qiladi”. Bu muhim hujjat O‘zbekistoning mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko‘rsatdilar. O‘zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va vaziyatni hisobga olgan 200 dan ortiq deputat XII chaqiriq respublika Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi (1990-yil 18-iyunda) boshlanishidayoq mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilishni kun tartibiga kiritishni va kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul qilishni qatʼiy talab etdilar. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati aʼzolari, komissiya raislari va muovinlari “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish va so‘ng uni sessiyaga olib chiqish lozim deb topdilar. 19-iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari, huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matni batafsil ko‘rib chiqildi. Natijada bu masala 20-iyun kuni sessiyada kun tartibiga kiritildi. “Mustaqillik Deklaratsiyasi” deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta taʼkidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va anʼanalari hisobga olinishi uqtirildi. Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. O‘zbekiston rahbariyati va xalqi mustaqillik sari dadil qadam qo‘yaverdi. 1991-yil 17-martda umumxalq referendumi o‘tkazildi. Referendumda O‘zbekiston xalqining mutlaq ko‘pchiligi O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi borligini namoyon qildi. O‘zbekistonning suvereniteti uchun kurash, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilinishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaatini ifoda etishi bilan ajralib tura boshladi. 1990-yillarning boshlariga kelib sobiq SSSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida inqirozli holat tobora kuchaydi. Bu holat, ayniqsa, ko‘pchilik respublikalarning ittifoq tarkibidan chiqish, o‘z-o‘zini belgilash huquqini berish, markazning siyosiy-iqtisodiy, harbiy va tashqi siyosiy sohalardagi rolini qayta ko‘rish kabi talablarning haqli ravishda qo‘yilishida aksini topdi. Lekin markaziy rahbariyat xalqlar va ittifoqchi respublikalar siyosiy rahbariyatining chinakam mustaqillikka intilishi bilan hisoblashmadi. Bu munosabatni Markazning Boltiqbo‘yi respublikalarning ittifoq tarkibidan chiqib ketishi, O‘zbekistonda, keyinchalik esa boshqa respublikalarda ham prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va bu respublikalar tomonidan suverenitet to‘g‘risidagi Deklaratsiyalarning qabul qilinishiga tish-tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatganligida ham ko‘rish mumkin. Lekin baribir vujudga kelgan inqiroziy holatni to‘xtatib bo‘lmas edi. Shu sababdan ham davlat yemirilishidan jiddiy xavotirga tushgan sobiq ittifoq rahbariyati 1990-yilning kuzida markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi holatga o‘tkazish maqsadida muzokara jarayonini boshlashga majbur bo‘ldi. Аyniqsa, Birinchi Prezident Islom Karimovning bo‘layotgan voqealarga munosabati barchani qanoatlantirdi, uning xalqqa suyangani, u bilan dardlashgani xalq bilan hukumat o‘rtasida sog‘lom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi. Hindiston safaridan qaytgan O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov 19-avgust kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston nuqtayi nazarini maʼlum qildi va Markazdan bildirilgan, qonunga xilof bo‘lgan har qanday ko‘rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan bajarilishini man etdi. 20-avgustda O‘zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinib, O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O‘zbekiston Mustaqillik Deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish yo‘lida boraveradi, deb ko‘rsatildi. O‘sha kuni O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, O‘zbekistonning mustaqilligiga erishish yo‘li qatʼiy ekanligini yana bir bor alohida uqtirdi. Shunday og‘ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi. Respublika Oliy Kengashi 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 1991-yilning 31-avgustida O‘zbekiston zamonaviy tarixining yangi davri boshlandi. Shu kuni Oliy Kengashning navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish to‘g‘risida” Qaror qabul qildi, tegishli bayonot bilan chiqdi va “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunni tasdiqladi. Mamlakat taqdiri hal bo‘lgan bu hujjatlarda xalqning asriy orzulari mujassamlandi: u o‘z taqdirini o‘zi hal qiladigan bo‘ldi. O‘z yeridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota-bobolari mehnati bilan yaratilgan butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch-qudratning to‘la huquqli egasiga aylandi. Buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, buyuk ajdodlarning urf-odatlari va insonparvar anʼanalarining davomchisi, porloq kelajagining mustaqil ijodkori bo‘ldi. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini eʼlon qilish to‘g‘risida”gi Qarorda “1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb eʼlon qilinsin”, – deb qatʼiy belgilab qo‘yildi. Download 65.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling