1-Mavzu: Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari
Download 0.56 Mb.
|
tarixdan m aruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belarus Respublikasi
Ozarbayjon Respublikasi bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko’tarilgan.
1991-yildan buyon O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Ozarbayjonga 3 marotaba va Ozarbayjon Prezidenti O’zbekistonga 3 marotaba tashrif buyurgan. Mazkur tashriflar chog’ida ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik munosabatlarini sifat jihatdan yanada yuqori pog’onaga ko’tarishga xizmat qiladigan muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, atrof-muhitni muhofaza qilish, informasion va kommunikasion texnologiyalar, temir yo’l transporti, soliq, maxfiy ma’lumotlar daxlsizligini ta’minlash sohalarida hamkorlikka oid, shuningdeq gumanitar, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolandi. O’zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo’yicha 21,2 million AQSh dollarini tashkil etdi. Ukraina ham O’zbekiston Respublikasining yetakchi tashqi iqtisodiy sheriklaridan sanaladi. O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar mustahkam huquqiy asosga ega bo’lib, turli sohalardagi hamkorlikni tartibga soluvchi 142 shartnoma, bitim va boshqa hujjatlardan iborat. 1991-yildan buyon O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Ukrainaga 6 marotaba tashrif buyurgan va Ukraina Prezidenti O’zbekistonga 4 marotaba tashrif buyurgan. 1994 yili Ukraina Prezidenti L.Kuchma davlat tashrifi bilan O’zbekistonga keldi. Davlat rahbarlari o’rtasidagi o’zaro muloqotda iqtisodiy hamkorliq transport, sanoat, qishloq xo’jaligi, fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlarda o’zaro xamkorlik olib borish bo’yicha tuzilgan bitimlarni amalga oshirish asosiy o’rin egalladi. O’z navbatida O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ham Ukrainaga uch marotaba safar qildi. Bu ikki davlat o’rtasidagi aloqalar xozirgi kunda ham rivojlanib bormoqda. O’zbekiston Ukrainaga rangli metall, gazlama va boshqa turdagi mahsulotlarni yetkazib berayotgan bo’lsa, Ukrainadan O’zbekistonga texnika asbob-uskunalari, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda O’zbekistonda 20 dan ortiq O’zbekston –Ukraina qo’shma korxonalari ishlab turibdi. O’zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo’yicha qariyb 254,1 million AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekiston Respublikasi Belarus Respublikasi bilan har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini to’ldiradi. So’nggi ikki yilda Toshkent va Minskda Hukumatlararo komissiyaning (HK) ikkita yig’ilishi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o’rtasida 2008-2017-yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik to’g’risidagi shartnoma va uning ijrosi yuzasidan Dastur imzolangan. O’zbekiston va Belarus hukumatlari o’rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari o’rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik to’g’risidagi hujjatlar imzolangan. 1994-yil dekabrda Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenkoning O’zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilgan. 2015-yil 11-12-mart kunlari Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi hamda Belarus Respublikasi o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo’yicha Hukumatlararo qo’shma komissiya uchinchi majlisi bo’lib o’tdi. MDH mamlakatlari boshliqlari majlisi doirasida Minsk shahrida 2014-yil oktyabrida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov va Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenko uchrashishdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojalantirishning asosiy masalalari muhokama qilindi. O’zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo’yicha qariyb 113,4 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling