1-Mavzu: Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari
-Ma’ruza. O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li
Download 0.56 Mb.
|
tarixdan m aruza
4-Ma’ruza. O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li.
Reja 1. Islom Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» asari hamda uning tarixiy ahamiyati 2. Taraqqiyotning “O’zbek modeli” Dunyoviy davlat qurishda «O’zbek modeli»ning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi 3. O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishida o’ziga xos yo’li.
1.O’z yo’limizning shart-sharoiti va zaminlari. 2.O’zbekiston demokratikf va itimoiy adolat jamiyati. 3.Milliy manfaatlar ustuvorligi va teng huquqli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat. 4.Ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish – mustaqil O’zbekiston ichki siyosatining negizlari. 5.Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari. Umuman, ana shu asar birinchi Prezidentimiz tomonidan yozilgandan so’ng O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslari va tamoyillarini qabul qlish bilan birga, unda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlari har tomonlama asoslab berildi. Shu asar yozilgandan so’ng jamiyatimizda siyosiy hayotning barcha sohalari, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish jadallik bilan olib borilmoqda. Bizningcha, mazkur asarning tarixiy ahamiyati benihoya katta bo’lib, bu O’zbekiston fuqarolarining mustaqil taraqqiyot yo’lidan sobitqadamlik bilan rivojlanib borishining siyosiy va iqtisodiy yo’nalishlarini belgilab berdi. Xalqimiz o’zining nimalarga qodir ekanligini isbotlamoqda. Haqiqatan ham Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «O’zbek xalqi hyech qachon hyech kimga qaram bo’lmaydi». Men bu asarning tarixiy ahamiyatini shu boisdan ham beqiyos deb bilaman. Dunyoviy va milliy davlatchilik tushunchalari. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy vazifalari. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar jahon maydoniga chiqishda ular dunyoviy davlat qurish yo’lidan borganligi bilan xarakterlanadi. Aslida 1) dunyoviy davlatchilik, 2) milliy davlatchilik va 3) islom davlatchiligi tushunchalari mavjud bo’lib, ularning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling