1-Mavzu: Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari


Download 0.56 Mb.
bet8/103
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#227001
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103
Bog'liq
tarixdan m aruza

Mazkur qarorda:

1) respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O'zbekiston Respublikasi deb atalsin;

2) 1-sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991— yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin, deb qat'iy belgilab qo'yildi.

Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:

• O'zbekiston Respublikasi o'z tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir;

• O'zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o'z hokimiyatini ham bevosita, ham vakOlik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;

• O'zbekiston Respublikasi to'la davlat hokimiyatiga ega, o'zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va bosh-qaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo'linmas bo'lib, uning xalqi o'z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o'zgartirilishi mumkin emas;

Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o'rmon-lar, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respub-likaning ma'naviy boyliklari O'zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb qonunlashtirilib, belgilab qo'yildi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991— yil 30-sentabr kuni "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O'zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g(risida"gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo'yildi.

Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro'yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat -O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi.

Nazorat uchun savollar:

1.XX asr 80-yillar oxirlarida O’zbekiston iqtisodiyotining ahvoli qanday edi?

2. XX asr 80-yillar oxirlarida O’zbekistonda qanday ijtimoiy muammolar mavjud edi?

3.Farg’ona voqeasi kelib chiqishi sabablari nima edi?

4.Islom Karimov qachon O’zbekiston SSR rahbarligiga saylangan edi?

5”Mustaqillik to’g’risida”gi Dekloratsiya qachon qabul qilingan edi?

6. “Davlat tili to’g’risida”gi Qonun qachon qabul qilingan edi?

7. 1991-yil avgust voqealari haqida ma’lumot bering?

8. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilinishining tarixiy ahamiyati haqida fikringizni bayon qiling?


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling