2-§. Me’moriy yodgorliklar tavsifi
IX-XIII asrlarga oid ayrim me’moriy yodgorliklarning qisqacha tavsifi bilan quyida tanishib chiqamiz.
Vobkent minorasi- Buxoro viloyati Vobkent shahridagi me’moriy yodgorlik (XII asr). O‘n ikki qirrali supa asosiga o‘rnatilgan g‘o‘la (quyi qismining diometri 6,19m, yuqori qisminiki 2,81m) shaklida rangdor, pishiq g‘ishtlardan qurilgan. Bir payitlar yonida mavjud bo‘lgan masjid tomonidan kirib, yuqoriga aylanma zinapoya orqali chiqilgan. Bo‘rtma naqshli 10 belbog‘ bilan qismlarga ajratilgan, har bir qismi bir-biriga o‘hshamaydigan qilib g‘isht terib naqshlangan, quyisidagi naqshlar orasida qurilgan yili va qurdirgan shahs (Sadr Burohoniddin Abdulaziz II) ning nomi kufiy uslubida yozilgan. Minoraning uchi kengaytirilib, qafasa ishlangan (diametri 3,66m) g‘isht terib ishlangan 10 ravoq orasida 10 darcha hosil qilingan, darchalarning quyisi g‘isht panjara bilan to‘silgan. Minoraning tashqi ko‘rinishi ko‘p jihatidan Minorai Kalonga o‘xshaydi, lekin muqarnaslari ancha sodda. Minora supasi tuproq ostida qolgan, qurilgan payitida uning balandligi 2,3m bo‘lganligi arxeologik tadqiqotlar ko‘rsatadi. Minoraning umumiy balandligi esa 40,3m.
Do'stlaringiz bilan baham: |