1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari


Download 192.46 Kb.
bet5/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
SMT

1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari

2-mashg’ulot



Reja:

4-§. Moddiy va ma’naviy madaniyat (o‘zaro aloqadorligi va  asosiy belgilari).

5-§. Madaniyatning sohalar bo‘yicha tasnifi va uning turlari. Madaniyatning ko‘rinishlar bo‘yicha tasnifi.

6-§. Madaniy taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari. Madaniy taraqqiyot va ma’naviy meros.

 

4-§. Moddiy va ma’naviy madaniyat

(o‘zaro aloqadorligi va  asosiy belgilari)

Madaniyat tushunchasi keng va tor ma’nolarga ega. Keng ma'nodagi madaniyat tushunchasi o‘ziga butun inson amaliy faoliyati natijasida bunyod etilgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklarni qamrab oladi. Madaniyat bu insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi jarayonida, ya’ni tabiat va jamiyatni o‘zgartirishga qaratilgan mehnat faoliyati jarayonida vujudga keltirilgan barcha boyliklar majmuyidan iboratdir.

Tor ma’nodagi madaniyat tushunchasi insoniyat ma’naviy hayoti sohasini qamrab oluvchi barcha sohalarga nisbatan ishlatiladi. Madaniyat, birinchidan, insonning biologik va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi iste'mol vositaiari shaklida, ikkinchidan, ishlab chiqarish faoliyati mahsuli sifatida olib qaraladi va ikkiga: moddiy hamda ma’naviy madaniyat kabi turga ajratiladi.

Moddiy madaniyat – bu, eng avvalo. mehnat qurollari, transport, aloqa vositalari, uy-joylar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar, har xil buyumlar, xullas, insoniyatning moddiy ehtiyojlarini qondiruvchi barcha narsalar hamda kishilaming ishlab chiqarish tajribalari, ko‘nikmalari va mahoratlaridir.

Ma’naviy madaniyat esa kishilarning bilimlari, tajribalari, urf-odatlari, xulq - atvorlari, fan, adabiyot, san’at, falsafa, axloq, huquq, ilmiy dunyoqarash, diniy e’tiqodlari, ta ’lim-tarbiya, matbuot, xullas, insoniyatning ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi barcha ma’naviy boyliklardir.

Madaniyat o‘z taraqqiyoti jarayonida ayrim tarmoqlarga ham bo‘linib boradi. Masalan, ma’naviy madaniyat, badiiy madaniyat, estetik madaniyat, axloqiy madaniyat, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati va boshqalarga bo’linsa, moddiy madaniyat texnika madaniyati, dehqonchilik madaniyati, qurilish madaniyati, turmush madaniyati kabi tarmoqlarga ajraladi. 0 ‘z navbatida, bu tarmoqlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bolgan turli-tuman tushuncha va xatti harakatlarni qamrab oladi. Masalan, turmush madaniyati uy-joy qurilishidagi ko‘rkamlik, kiyim -kechak, poyafzal, oshxona, uy-jihozlari, ozodalik, pazandalik, oila va jamiyatda maishiy xizmat va dam olishni tashkil etishni qamrab olishini tushunamiz.

Madaniyat dunyoni o'zlashtirish jarayonidir. Inson dunyoni o'zlashtira borib, o‘zining ijodiy kuch-quwati va qobiliyatini namoyon eta boradi, o ‘zi yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarda o‘z mohiyatini moddiylashtiradi. Moddiy va ma’naviy madaniyatlarni bir-biridan ajralgan, alohida holda tasavvur qilish mumkin emas. Aslida, moddiy madaniyat ham. ma'naviy madaniyat ham insoniy faoliyat natijasidir. Lekin har qanday insoniy faoliyat ma’naviy boylik bo‘Ia olmaydi. Shu sababdan ham madaniyat moddiy va ma'naviy madaniyatlarga bo’linadi.

Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish yagona ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni hisoblanib, bu jarayonda moddiy ishlab chiqarish belgilovchi rol o'ynaydi. Chunki moddiy ne’matlar ishlab chiqarish muayyan jamiyatning barcha tomonlarini, shu jumladan, ma ’naviy ishlab chiqarish jarayonini ham belgilab beradi. Aslida ma’naviy ishlab chiqarish - bu ijtimoiy ong shakllarini tashkil etuvchi davlat, oila, mafkura, huquq, axloq, fan, san ’at, diniy e’tiqodlar va boshqalarni ishlab chiqarishdir.




Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling