1-mavzu. Kirish Reja: Kirish


Download 431.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana14.05.2023
Hajmi431.52 Kb.
#1460982
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash 1-dars

Prokatlab payvandlash yo‘li bilan turli vazifalarni bajaruvchi ikki va undan 
ortiq qatlamlar (tarkibiy qismlar)dan tashkil topadigan metall konstruksiyalar hosil 
qilinadi. Kuch elementi vazifasini bajaruvchi qatlam asosiy qatlam deyiladi. 


Konstruksiyalarga qo‘yiladigan talablar bilan belgilanuvchi maxsus xossalarga ega 
bo‘lgan qatlam qoplama qatlam deb ataladi. Qoidaga ko‘ra, asosiy qatlam 
qoplama qatlamga nisbatan qalinroq bo‘ladi va arzonroq, materialdan 
tayyorlanadi. 
Payvandlash jarayoni plastik metallarlan ko‘p qatlamli materiallar olishda 
biriktiriladigan materiallarni qizdirgan holda (issiq usulda prokatlab payvandlash) 
va sovuq holatda (sovuqlayin prokatlab payvandlash) amalga oshirilishi mumkin. 
Prokatlab payvanllash bosim bilan payvandlashning bir turi bo‘lib, bunda 
payvand birikma o‘zaro ta’sirlashuv vaqti kam bo‘lgani holda majburi 
deformatsiyalash sharoitida hosil qilinadi. 
Prokatlab payvandlash sxemasi: 
1 – valik; 2 – payvandlanayotgan tanavorlar. 
Portlatib payvandlash – bosim bilan payvandlashning portlovchan modda 
zaryadi portlaganda ajralib chiqadigan energiya ta’sirida amalga oshiriluvchi bir 
turidir. 
Portlatib payvandlashning umumiy 
sxemasi 
1.1.7-rasmda 
keltirilgan. 
Qo‘zq’almas plastina 4 va harakatlanuvchi plastina (3) burchak uchidan berilgan h 
masofada 

burchak ostida joylashtirilali. Harakatlanuvchi plastinaga portlovchan 
modda zaryadi (2) qo‘yiladi. Burchak uchiga detonator 1 o‘rnatiladi. Payvandlash 
tayanch (5) (metall, qum) ustida bajariladi. Harakatlanuvchi plastinaning yuzi, 
qoidaga ko‘ra, asosiy plastinaning yuzidan katta bo‘ladi. Portlovchan moddaning 
tekis zaryadi juda tez portlaganda (detonatsiya) portlash mahsullarining yon 
tomonga otilish effekti ta’sirini kamaytirish uchun harakatlanuvchi plastina asosiy 
plastina tepasida osilib turishi zarur. 


Portlatib burchak ostida payvandlash sxemasi: 
1 – detanator; 2 – portlavchav moda zaryadi; 3 – harakatlanuvchi qism; 4 – 
qo‘zgarmas qism; 5 – tayanch. 

Download 431.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling