1-mavzu. Kirish Reja: Kirish


Termo-kompression payvandlash


Download 431.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana14.05.2023
Hajmi431.52 Kb.
#1460982
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash 1-dars

Termo-kompression payvandlash – biriktirilayotgan detallarni qizdirib bosim 
ostida mikro payvandlashdir. Termo-kompression payvandlash yarim o‘tkazgichli 
mikro uskunalarni va simli o‘tkazgichli turli korpusli integral sxemalarni yig‘ishda 
juda keng qo‘llaniladi.
Termo-kompression payvandlashning turlari asosan uch alomat bo‘yicha 
tavsiflanadi: 
1) qizdirish usuli bo‘yicha (1.1.9-rasm); 


Qizdirish usuliga nisbatan termokompressiyaning turliligi: 
a – faqatgina ishchi stolining qizdirilishib – ishchi asbobning qizdirilishi; d – 
ishchi stol va asbobni baravar qizdirish; 1 – ishchi asbob; 2 – o‘lanuvchi sim; 3 – 
yarim o‘tkazgichli asbobning kristalli; 4 – ishchi stolcha; 5 – qizdirish uchun 
o‘rama sim. 
2) birikmani bajarish usuli bo‘yicha (1.1.10 - rasm); 
Birikma bajarish usuli bo‘yicha termokompression payvandlash usullari: 
a – ustma-ust; – uchma-uch. 
3) hosil bo‘lgan birikma turi bo‘yicha, ishlatilayotgan asbob shakliga bog‘liq 
bo‘lgan (1.1.11-rasm). 
Sovuq holatda payvandlash - payvandlanadigan qismlarni anchagina plastik 
deformatsiyalagan holda, tashqi issiqlik manbalari bilan qizdirmasdan bosim ostida 
payvandlash. 
Sovuq holatda payvandlash usuli plastik deformatsiyalashdan foydalanishga 
asoslangan. Plastik deformatsiyalash yordamida, payvandlanayotgan yuzadagi 
mo‘rt oksid pardasi, ya’ni metallarning birikishiga halaqit beruvchi asosiy to‘siq 
parchalab tashlanadi. Biriktirilayotgan metallar orasida metalli boglanishlar yuzaga 
kelishi hisobiga yaxlit metall birikma hosil bo‘ladi. Ushbu bog‘lanishlar 
biriktirilayotgan metallar yuzalari (2–8)∙10
-7
mm atrofida yaqinlashtirilganda 


elektron bulut hosil bo‘lishi natijasida atomlar orasida yuzaga keladi. By bulut 
ikkala metall yuzaning ionlangan atomlari bilan o‘zaro ta’sirlashadi. 
Sovuq holatda payvandlash sxemasi: 
1 – payvandlanayotgan detallar; 2 – puanson. 
Ishlatilayotgan asbob shakli bo‘yicha termokompression birikmalarning asosiy 
turlari: 
a – tekis payvand nuqta qo‘rinishida (pona bilan termokompressiya); b - mix 
qalpoq qo‘rinishida; d – mustahkam qirra bilan; e – "baliq ko‘zi" turli. 

Download 431.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling