1-mavzu. Kirish Reja: Kirish
Download 431.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash 1-dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Portlatib payvandlash
Prokatlab payvandlash yo‘li bilan turli vazifalarni bajaruvchi ikki va undan
ortiq qatlamlar (tarkibiy qismlar)dan tashkil topadigan metall konstruksiyalar hosil qilinadi. Kuch elementi vazifasini bajaruvchi qatlam asosiy qatlam deyiladi. Konstruksiyalarga qo‘yiladigan talablar bilan belgilanuvchi maxsus xossalarga ega bo‘lgan qatlam qoplama qatlam deb ataladi. Qoidaga ko‘ra, asosiy qatlam qoplama qatlamga nisbatan qalinroq bo‘ladi va arzonroq, materialdan tayyorlanadi. Payvandlash jarayoni plastik metallarlan ko‘p qatlamli materiallar olishda biriktiriladigan materiallarni qizdirgan holda (issiq usulda prokatlab payvandlash) va sovuq holatda (sovuqlayin prokatlab payvandlash) amalga oshirilishi mumkin. Prokatlab payvanllash bosim bilan payvandlashning bir turi bo‘lib, bunda payvand birikma o‘zaro ta’sirlashuv vaqti kam bo‘lgani holda majburi deformatsiyalash sharoitida hosil qilinadi. Prokatlab payvandlash sxemasi: 1 – valik; 2 – payvandlanayotgan tanavorlar. Portlatib payvandlash – bosim bilan payvandlashning portlovchan modda zaryadi portlaganda ajralib chiqadigan energiya ta’sirida amalga oshiriluvchi bir turidir. Portlatib payvandlashning umumiy sxemasi 1.1.7-rasmda keltirilgan. Qo‘zq’almas plastina 4 va harakatlanuvchi plastina (3) burchak uchidan berilgan h masofada burchak ostida joylashtirilali. Harakatlanuvchi plastinaga portlovchan modda zaryadi (2) qo‘yiladi. Burchak uchiga detonator 1 o‘rnatiladi. Payvandlash tayanch (5) (metall, qum) ustida bajariladi. Harakatlanuvchi plastinaning yuzi, qoidaga ko‘ra, asosiy plastinaning yuzidan katta bo‘ladi. Portlovchan moddaning tekis zaryadi juda tez portlaganda (detonatsiya) portlash mahsullarining yon tomonga otilish effekti ta’sirini kamaytirish uchun harakatlanuvchi plastina asosiy plastina tepasida osilib turishi zarur. Portlatib burchak ostida payvandlash sxemasi: 1 – detanator; 2 – portlavchav moda zaryadi; 3 – harakatlanuvchi qism; 4 – qo‘zgarmas qism; 5 – tayanch. Download 431.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling