1-mavzu. Kirish Reja: Kirish
Termo-kompression payvandlash
Download 431.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash 1-dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovuq holatda payvandlash
Termo-kompression payvandlash – biriktirilayotgan detallarni qizdirib bosim
ostida mikro payvandlashdir. Termo-kompression payvandlash yarim o‘tkazgichli mikro uskunalarni va simli o‘tkazgichli turli korpusli integral sxemalarni yig‘ishda juda keng qo‘llaniladi. Termo-kompression payvandlashning turlari asosan uch alomat bo‘yicha tavsiflanadi: 1) qizdirish usuli bo‘yicha (1.1.9-rasm); Qizdirish usuliga nisbatan termokompressiyaning turliligi: a – faqatgina ishchi stolining qizdirilishi; b – ishchi asbobning qizdirilishi; d – ishchi stol va asbobni baravar qizdirish; 1 – ishchi asbob; 2 – o‘lanuvchi sim; 3 – yarim o‘tkazgichli asbobning kristalli; 4 – ishchi stolcha; 5 – qizdirish uchun o‘rama sim. 2) birikmani bajarish usuli bo‘yicha (1.1.10 - rasm); Birikma bajarish usuli bo‘yicha termokompression payvandlash usullari: a – ustma-ust; b – uchma-uch. 3) hosil bo‘lgan birikma turi bo‘yicha, ishlatilayotgan asbob shakliga bog‘liq bo‘lgan (1.1.11-rasm). Sovuq holatda payvandlash - payvandlanadigan qismlarni anchagina plastik deformatsiyalagan holda, tashqi issiqlik manbalari bilan qizdirmasdan bosim ostida payvandlash. Sovuq holatda payvandlash usuli plastik deformatsiyalashdan foydalanishga asoslangan. Plastik deformatsiyalash yordamida, payvandlanayotgan yuzadagi mo‘rt oksid pardasi, ya’ni metallarning birikishiga halaqit beruvchi asosiy to‘siq parchalab tashlanadi. Biriktirilayotgan metallar orasida metalli boglanishlar yuzaga kelishi hisobiga yaxlit metall birikma hosil bo‘ladi. Ushbu bog‘lanishlar biriktirilayotgan metallar yuzalari (2–8)∙10 -7 mm atrofida yaqinlashtirilganda elektron bulut hosil bo‘lishi natijasida atomlar orasida yuzaga keladi. By bulut ikkala metall yuzaning ionlangan atomlari bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Sovuq holatda payvandlash sxemasi: 1 – payvandlanayotgan detallar; 2 – puanson. Ishlatilayotgan asbob shakli bo‘yicha termokompression birikmalarning asosiy turlari: a – tekis payvand nuqta qo‘rinishida (pona bilan termokompressiya); b - mix qalpoq qo‘rinishida; d – mustahkam qirra bilan; e – "baliq ko‘zi" turli. Download 431.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling