1 Mavzu: Kirish Sana Darsning maqsadi. Ta`limiy


Texnika xavfsizligi qoidalari!


Download 1.25 Mb.
bet2/12
Sana08.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1083759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 sinf texnologiya tehnologiya 2019

Texnika xavfsizligi qoidalari!

  1. H ar bir o’quvchi faqat o’z ish joyida ishlashi lozim.

  2. Ish jamoa ravishda bajariladigan bo’lsa, o’quvchilar o’zlari uchun belgilab berilgan majburiyatlarini yaxshi bilishlari zarur.

  3. Berilgan topshiriq faqat o’qituvchining ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.

  4. Ishni boshlashdan oldin, ish joyingizni tayyorlang, asboblarni to’g’ri va qulay joylashtiring: o’ng qo’l bilan ushlanadigan asboblarni o’ng tomonga(qaychi, qalam, o’chirg’ich va hakozo), chap qo’l bilan ushlanadiganlarini( qog’oz, kley va boshqalar) chap tomonga qo’ying, sanchiladigan, kesadigan asboblarni hech qachon ikkita asbob orasiga qo’ymang, ularni doimo o’z joyiga, o’tkir tomonini o’zingiz tomonga qaratib qo’ying. Asboblarni o’ynamang.

  5. Dars vaqtida ish joyingizni tartibli saqlang.

  6. O’tmas yoki buzuq asbob bilan ishlamang.

  7. Asbobni ishlatganda, uni o’qituvchi ko’rsatganidek ushlang.

  8. Asboblarni asrang, ularni to’g’ri va o’z o’rnida ishlating, ishlatgandan so’ng ularni tozalab, yuviladiganlarini yuvib, artiladigalarini artib qo’ying.

  9. Bajariladigan ishni yaxshiroq, chiroyliroq, tartibliroq qilishga harakat qiling.

  10. Mehnat ta’limi darsida yugurish man etiladi.

  11. Ishni tugatdingizmi, ish joyini tezda tozalab, tartibli qilib qo’ying.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Maqollar
Hunari bor kishining Unumi bor ishining.
Yetti o'lchab bir kes.
Mehnatning tagi rohat.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash. O'quvchilar baholab boriladi . Savollarga ijodiy yondashib javob bergan va yuqori baho olgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa. Texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishib kelish. Mavzu yuzasidan qo’shimcha malumotlar o’rganib kelish.



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling