1 Mavzu: Kirish Sana Darsning maqsadi. Ta`limiy


Asboblardan foydalanish qoidalari


Download 1.25 Mb.
bet4/12
Sana08.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1083759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 sinf texnologiya tehnologiya 2019

Asboblardan foydalanish qoidalari.
Qaychidan foydalanish qoidalari!

  • Qaychini belgilangan joyda, belgilangan holatda saqlang.

  • Qaychining uchini yuqoriga qaratib ushlamang.

  • Qaychini ishlatib bo’lgandan so’ng ochiq holda qoldirmang.

  • Qaychini yurib turganingizda ishlatmang.

  • Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o’rtog’ingizga uzating.

  • Qaychini ishlatayotganda kesilishning yo’nalishini hamda materialni ushlab turgan chap qo’l barmoqlarni kuzatib turing.

  • Yaroqsiz qaychini ishlatmang, uni o’qituvchingizga topshiring.

Bigizdan foydalanish qoidalari!

  • Avvalo bigiz bilan ishlaganingizda ustozingiz yoki ota-onangiz ko’magiga tayaning.

  • Bigizni o’rinsiz ishlatmang.

  • Sirti silliq va sirpanchiq bo’lgan qattiq predmetlarni bigiz bilan teshmang.

  • Teshiladigan predmetni qo’lingizda ushlamang, uni stol, taglik ustiga qo’yib teshing.

Pichoq bilan ishlash qoidalari!

  • Uchi yumaloq maxsus pichoqdan foydalaning.

  • Maxsus pichoqni o’qituvchi ko’rsatganidek ishlating, kesganda qattiq bosmang.

Igna bilan ishlash qoidalari!

  • Ishlatib bo’lgach maxsus igna yostiqchaga sanchib qo’ying.

  • Ignani hech qachon og’zingizga solmang.

  • Ortiqcha ignalarni ignadonda quruq holatda saqlang.

  • Ishdan oldin va ishdan keyin ignalarni sanab ko’ring, yetishmagan ignalarni albatta toping.

  • Qog’oz va kartondan foydalanib bajariladigan ishlarni yasashda, bigiz bilan teshish jarayonini albatta kattalar bilan bajaring.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Maqollar
Hunari bor kishining Unumi bor ishining.
Yetti o'lchab bir kes.
Mehnatning tagi rohat.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling