1-mavzu. Kirish. Suyuqlik haqida umumiy tushuncha. Suyuqliklarning fizik xossalari. Suyuqlikka ta’sir etuvchi kuchlar


Suyuqliklar haqida umumiy ma’lumotlar


Download 40.27 Kb.
bet2/7
Sana14.10.2023
Hajmi40.27 Kb.
#1703074
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu. Kirish. Suyuqlik haqida umumiy tushuncha. Suyuqliklarni-fayllar.org

Suyuqliklar haqida umumiy ma’lumotlar 
Tabiatdagi hamma fizik jismlar qattiq, suyuq va gaz holatlarida uchraydi. 
Suyuqlik – qattiq jism va gaz holati oralig‘i orasidagi faza. U kichik harorat va
suyuqlikning kichik solishtirma hajmida qattiq jism xossasiga yaqin bo‘lsa, katta 
harorat va katta solishtirma hajmda esa gaz xossasiga yaqin bo‘lgan xossalariga
ega.

Suyuqlik – bu oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan va deyarli to‘liq


uzilishga qarshiliklar mavjud bo‘lmagan fizik jism. 
Suyuqlikning oquvchanligi – bu o‘zining shakli mavjud bo‘lmagan, ya’ni u
qaysi idishga solinsa, o‘sha idishning shaklini egallab olish xususiyatiga aytiladi. 
Suyuqliklar gidromexanikada ikki turga bo‘linadi: tomchilovchi va
gazsimon. Tomchilovchi suyuqliklarga suv, neft, benzin, simob, spirt, yog‘ va 
boshqalar kiradi. Ushbu suyuqliklar kichik hajmlarda tomchi shaklini, ular uchun
katta hajmlarda esa erkin sirt – gaz bo‘limi sirti mavjudligini qabul qiladi. 
Tomchilovchi suyuqliklar quyidagicha tavsiflanadi:
 siljishga katta qarshilik ko‘rsatadi (amalda siqilmay-dilar); 

 cho‘zilish va urinma kuchlanishlarga kam qarshilik ko‘rsatadi (suyuqliklar


orasidagi tortishish va ishqalanish kuchlari-ning ahamiyatsizligi); 
 haroratdan kengayishining ahamiyatsizligi;
 suyuqliklar va gazsimon muhitlar orasidagi erkin bo‘limlari – erkin sirtlarning 
mavjudligi.
Gazsimon suyuqliklar – osongina suqiluvchi gazlar (havo, azot, kislorod va 
boshqalar).
Keyinchalik “suyuqlik” degan termin faqat tomchilovchi suyuqliklarni 
tushunamiz.
Gidravlika fanida ikkita tushuncha mavjud: real va ideal suyuqliklar. 
Real suyuqliklar – tabiatda mavjud bo‘lgan suyuqliklar-ni tushunamiz, ideal
suyuqliklar esa siqilmaydigan, kengaymaydigan, zarrachalarning absolyut 
harakatlanishiga ega, ichki ishqalanish kuchlarning mavjud emasligi tushuniladi.
Ushbu tushunchalar gidromexanika masalalarini engillashti-rish echish uchun 
kiritilgan.



Download 40.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling