1-Mavzu. Kirish. Sxemotexnikaning asosiy tushunchalari, terminlari va qullash soxalari. Reja
Download 464.14 Kb. Pdf ko'rish
|
1 Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron qurilmaning passiv komponentlari. Induktiv g’altaklar, transformatorlar va drosselllar. Режа 1.
Nazorat savollari.
1. Raqamli elektron avtomatlariing ishlashi mantiqiy algebra asosida qanday tushunchalarga bo’linadi. 2. Avtomatlashgan tizimlarda axborot almashinishi nimalar yordamida amalga oshadi. Elektron qurilmaning passiv komponentlari. Induktiv g’altaklar, transformatorlar va drosselllar. Режа 1. Elektron qurilmaning passiv komponentlari turlari. 2. Induktiv g’altaklar. 3. Transformatorlar va drosselllar. Sanoat elektronikasi qurilmalari asosan ma’lum radioelementlardan iboratdir. Biroq elementlarga bo’lgan talablar hamda ularning turli sxemalarda bajaradigan vazifasi bir xil emas. Bunday asosiy elementlarga rezistorlar, kondensatorlar, induktivlik g’altaklari, transformatorlar, elektrovakuumli , ionli hamda yarim o’tkazgichli asboblar, integral mikrosxemalar va boshqalar kiradi. Elektron texnikasi mutaxasislari elektron qurilmalarni o’rganishdan oldin yuqorida ko’rsatilgan elementlarning tuzilishi, asosiy xususiyatlari va turlari bilan tanishib chiqishlari lozim Kondensatorlar Elektr energiyasini g’amlash xususiyatida ega bo’lgan elektron sxema elementi (радиодетал) kondensator deyiladi. Sanoatda ishlab chiqarilgan kondensatorlar o’zgarmas, o’zgaruvchan va sozlanuvchan sig’imli bo’ladilar (2.1-rasm). 2.1-rasm. O’zgarmas, o’zgaruvchan va sozlanuvchan sig’imli kondensatorlarning shartli belgilari O’zgarmas sig’imli kondensatorning sig’im miqdori o’zgarmas bo’lsa, o’zgaruvchan sig’imli kondensator sig’imining miqdorini o’zgartirish mumkindir. Sig’im miqdorini kichik qiymatlari oralig’ida C C C katta aniqlik bilan o’zgartirishga mo’ljallangan kondensator sozlanuvchan hisoblanadi. Barcha turdagi kondensatorlarning izohlovchi asosiy parametrlar quyidagilar hisoblanadi, ya’ni sig’imning : a) nominal miqdori (sig’im miqdorini o’lchov birligi – farada); b) nominal miqdordan chetga chiqishi; v) ish kuchlanishi. Kondensator sig’imining nominal miqdori uning sirtiga yozilgan bo’ladi. Uning nominal miqdori raqam va M, П, Н harflari bilan belgilanadi. Bu holda M harfi mikrofaradani (mkF), П harfi pikofaradani (pF), Н harfi nanofaradani (nF) bildiradi. Masalan, 91 П yozilgan bo’lsa, kondensator sig’imi 91 pF deb tushunish kerak. U holda: 20 M – 20 mkF, 22 P – 22пF, 10 Н - 0,01 mkF va hokazo. (1П =1000 pF = 0,001 mkF). Bu yerda harf va raqamlarning yozilish tartiblari ham ahamiyatga egadir; ya’ni: Н 15-150 пF ; 9П1 - 9,1 пF; 1Н8 - 1800 пF va hokazo. Odatda kondensator sig’imi miqdori unnig plastinkalari o’lchamiga, ular orasidagi masofaga, dielektrikning xususiyatiga bog’liqdir. Kondensator sig’imi nominal miqdoridan chetga chiqishi qiymati xuddi rezistor qarshiligining miqdoridan chetga chiqishi qiymatiga o’xshab belgilanadi. Kondensator ish kuchlanishi uning uzoq vaqt mu’tadil ishlashini ta’minlovchi kuchlanish miqdorini ko’rsatadi. Ish kuchlanish miqdori volt bilan kondensator sirtida ko’rsatilgan bo’ladi. Kondensator sirtida, ko’pincha, dielektrikning teshilishi (materiyalning ishdan chiqishi), ya’ni teshib o’tish kuchlanishi (пробивное напряжение) miqdori ko’rsatiladi. O’zgarmas sig’imli kondensatorlarning asosiy turlari quyidagilar: Qog’ozli kondensatorlar (KБ, KБГ, БM ) past chastotalarda filtirlash, blokirovkalash va o’tish kondensatorlari sifatida ishlatiladi. Bu kondensatorlardagi dielektrik – maxsus modda shimdirilgan qog’ozdir. Slyudali kondensatorlar (KСO , KБГ, СГM ) – yuqori ko’rsatkichlarga ega. Ular kichik o’lchamli va arzonligi bilan ajralib turadi . Bu kondensatorlarda dielektrik sifatida slyuda ishlatiladi. Sopol kondensatorlar (KTK, KДK ) - slyudali kondensatorlarga nisbatan ancha yuqori elektr ko’rsatkichlarga ega. Bu ko’ndensatorlarda dielektrik sifatida kuydirish yo’li bilan o’tkazuvchi qatlam yuritilgan sopol ishlatiladi. Ular yuqori chastotali elektron qurilmalarda o’tish, blokirovkalash va kontur kondensatorlari sifatida keng qo’llaniladi. Elektrolitli kondensatorlar (KЭ, KЭГ, ЭM, ЭT ) – filtrlarda, pulsatsiyalanuvchi tokning blokirovka va ajratish zanjirida , shuningdek kuchaytirgichlarda o’tish kondensatori sifatida ishlatiladi. Bu kondesatorlarda dielektrik sifatida, kimyoviy usulda yupqa oksid qatlami yuritilgan alyuminiy lenta xizmat qiladi. Oksid qatlami bir tomonga o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega, shuning uchun elektrolitli kondensatorni ulashda kondensator sirtida ko’rsatilgan qutblilikka qat’iy rioya qilish kerak. Metallangan qog’ozli kondensatorlar (MБТ, MБГO, MБГУ, MБM) - kichik hajmli , lekin katta sig’imga ega. Ular o’zgarmas yoki pulslanuvchi kuchlanish zanjirlarida ishlatiladi. Ularni elektrolitli kondensatorlar o’rnida ham ishlatish mumkin. O’zgaruvchan sig’imli kondesatorlar ko’pincha tebranish zanjiri elementi sifatida ishlatiladi. O’zgaruvchan sig’imli kondensator ikkita paralel plastinkalardan iborat bo’lib, ulardan biri, qo’zg’aluvchan (rotor) ikkinchisi, qo’zg’almas (stator) hisoblanadi. Rotor plastinkalari stator plastinkalari oralig’ida harakatlanib, rotorning burilish burchagiga qarab kondensator sig’imi o’zgaradi. O’zgaruvchan sig’imli kondensatorlarda dielektrik vazifasini havo bajaradi. Kichik hajmli elektron qurilmalarda odatda qattiq dielektrikli ftoroplast, polietilen va boshqa plyonkali ozgaruvchan sig’imli kondensatorlar ishlatiladi. Induktivlik g’altaklari va drossellar O’zgaruvchan elektr tokiga induktiv (reaktiv) qarshilik ko’rsatish xususiyatiga ega bo’lgan sim cho’lg’amli g’altakka induktiv g’altak deyiladi. Induktiv g’altaklar o’zgarmas va o’zgaruvchan bo’ladi. G’altakning induktivligini bir necha usullar bilan o’zgartirish mumkin: masalan, cho’lg’amdagi o’ramlar sonini o’zgartirish yoki g’altakka magnit o’zagi kiritish yordamida. G’altakda magnit o’zaklar ishlatish oldindan berilgan induktivlikni olish yoki induktivlik miqdorini oz oraliqda tekis o’zgartirish jarayonida katta qulayliklar beradi. Magnit o’zakli induktiv g’altak drossel deb ham ataladi. Induktiv g’altaklarning sxemadagi shartli belgilari .2.2-rasmda ko’rsatilgan. 2.2-rasm. Induktiv g’ataklarning shartlli belgilari Induktiv g’altaklarni izohlovchi asosiy parametrlar quiydagilar hisoblanadi: 1. Indukltivlik miqdori (индуктивность). 2. Asilligi (добротность). 3. O’zioga xos yoki xususiy sig’imli (собственния емкость). Induktiv g’altakning induktivlik miqdodori (L) o’ramlar soni n va g’altak diametri D ga bog’liq bo’lib, quyidagicha aniqlanadi: L= Kn 2 D, bu yerda. K- koeffisient. Induktiv g’altak aslligi (Q) uning reaktiv qarshililgini (X L = 2ПƒL , bu yerda ƒ- kuchlanish chastotasi ) sim aktiv qarshiligiga (R) , ya’ni undagi isrofgarchilikka olib keluvchi parametrik nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni: R fL R X Q L 2 Induktiv g’altakning o’ziga xos sig’imi uning o’ramlari orasida hosil bo’ladigan sig’im bo’lib, u induktiv g’altak ishlatiladigan zanjirdagi elektr jaryonlariga salbiy ta’sir etadi. Bu sig’imni yo’qotib bo’lmaydi, biroq uning miqdorini har taraflama kamaytirish lozim. L L L Download 464.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling